К содержанию
РецензированоRU2026

O`QITUVCHINING INNOVASION FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH SHARTLARI

Chinaliyeva Ayjamal · Umirzakova Nurg`aysha

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Основное содержание статьи обогащено мнениями о применении персонализированного образования и целях его использования на основе теоретических и научно-практических данных по подготовке учителей начальных классов к инновационной деятельности. Annotation: The main content of this article is enriched by reflections on the use of person-centered education and the goals of its use, based on the theoretical and scientific-practical data studied on the preparation of primary school teachers for innovative activities Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar faqatgina xalq manfaatlari uchun, uning baxt-saodati uchun xizmat qilmoqda. Shu bois ham biz buni «Mustaqillik in'omi», «Mustaqillik imkoniyatlari» deya baralla aytishimiz mumkin. Chindan ham biz muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida qadrimiz, qadriyatlarimiz, qaddimiz tiklanayotgan davrda yashayotgan ekanmiz, yosh avlodni - o‘sib-ulg‘ayib kelayotgan bolajonlarimizni ilk yoshdan boshlab milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida-Milliy dastur talablari asosida kamolga yetkazmog‘imiz lozim. Miliiy dastur — bu milliy modeldir. Me'yoriy hujjatlarning har birida ta'lim jarayonini isloh etish, buning uchun yangidan-yangi taklif va mulohazalar, tajriba va sinovlarni dadil ishga solish va ularning natijalarini umumlashtirish ko‘zda tutilgan. Bu nafaqat O‘zbekiston, balki jahon ta'lim tizimi tarixida ham misli ko‘rilmagan hodisadir. Ta'lim-tarbiya tizimida keng yo‘lga qo‘yilayotgan pedagogik texnologiyalar, pedagoglar tomonidan ilg‘or texnologiyalar mohiyatining anglab yetilishiga 132 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference erishish, shuningdek, ularda ijodiy yondashuv asosida faoliyat yuritish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish eng muhim vazifalardan sanaladi. Shunday ekan, pedagogning ish ko‘lami kengayib bormog‘i kerak. Darhaqiqat, bu vazifa bugungi kunda o‘qituvchining asosiy faoliyatiga aylandi. O‘qituvchidagi intellektual salohiyat - ishchanlik, mehnatsevarlik, ijodkorlik xususiyatlari ta'lim mazmunining boyishida alohida va muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta'lim jarayonida ilg‘or texnologiyalarning yangi-yangi usullarining qo‘llanilishi darslarning rang-barang qiziqarli tarzda o‘tishiga olib keldi, o‘quv materiallarining chuqur o‘zlashtirilishiga ham keng imkoniyatlar yaratdi. Qolaversa, umumiy o‘rta talim maktablari ham yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish borasida katta imkoniyatlarga ega. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, quyidagi maqolamiz har bir o‘qituvchining o‘qitishning ilg‘or, samarali usullariga, yangilik tarzidagi uslublarga tayyor bo‘lishi xususida boradi. Pedagogikada innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion pedagogika, ta'limda innovatsion jarayonlarni boshqarish kabi tushunchalar XX asrning 60-yillarida dastlab, AQSh va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida «ta'lim texnologiyasi» tushunchasi e'tirof etilgan vaqtda paydo bo‘ldi, o‘sha vaqtdayoq Yevropada pedagogik innovatsiyalar markazi va instituti tashkil etildi. Bu tushunchalarning paydo bo‘lishi va innovatsion ta'lim nazariyasining yaratilishi to‘g‘risida ma'lumot beruvchi manbalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, bu tushunchalar ta'lim tizimini texnologiyalashtirish, pedagogik texnologiyalarni ta'lim tizimiga kiritish orqali ta'lim tizimini isloh qilish; ta'lim samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini ta'minlash, bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishish uchun ta'lim jarayonida bolaga do‘stona munosabatlarni shakllantirishga urinish natijasida vujudga keldi Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida o‘tgan asrning 80-yillari ikkinchi yarmida pedagogik faoliyat bu - ijodiy jarayon va pedagogik innovatsiyalar birlashmasi, degan yangi ilmiy yo‘nalish tarkib topdi. Bu esa o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatining shakllanishi va rivojlanish jarayonini tahlil qilish imkonini berdi. «Innovatsion pedagogik faoliyat» deb bir necha bor tilga olmoqdamiz. Innovatsiya» so‘zining ma'nosi nima? Bu so‘z inglizcha «inoveyshin» so‘zidan olingan bo‘lib, yangiliklar kiritish, degan ma'noni bildiradi. Ta'lim tizimidagi innovatsiyalar, ularni amaliyotga tadbiq etish, innovatsion faoliyatlarni tahlil qilish orqali bu faoliyat tushunchasini ta'riflash imkoniyati paydo bo‘ldi. Demak, innovatsion faoliyat - pedagogik jamoani harakatga 133 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference keltiruvchi, olg‘a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir. Bu faoliyat uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlab, uni takomillashtirib berishdan iboratdir. Biroq ta'lim tizimidagi har qanday yangilik yohud har bir yangilik ham innovatsiya bo‘lolmaydi. Sabab: agar faoliyat jarayonidagi yangilik qisqa muddatli bo‘lsa, ustiga-ustak tizimdagi ayrim elementnigina o‘zgartirsa, u innovatsiya emas, «novatsiya» hisoblanadi. Shunday ekan, o‘qituvchining darsi qiziqarli, samarali o‘tishi uchun u pedagogik innovatsiyalarning yangi-yangi uslublarini izlab topishi, uni chuqur tahlillar ostida eng samaralisini tanlab oli

Доказательный фрагмент

«Основное содержание статьи обогащено мнениями о применении персонализированного образования и целях его использования на основе теоретических и научно-практических данных по подготовке учителей начальных классов к инн…»

Образец извлечения

Демо-превью

Основное содержание статьи обогащено мнениями о применении персонализированного образования и целях его использования на основе теоретических и научно-практических данных по подготовке учителей начальных классов к инн… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
academic modern, modern science, science international, international scientific-online, scientific-online conference, lim jarayonida, innovatsion faoliyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники