К содержанию
РецензированоRU2026

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QISH DARSLIGINI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM KLASTERIDAN FOYDALANISH

Nisanbayeva Akmaral · Muminova Aynur

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Основное содержание статьи обогащено размышлениями об использовании личностно-ориентированного образования и целях его использования, основанными на изученных теоретических и научно- практических данных по использованию образовательных кластеров при формировании учебников для учителей начальной школы. Annotation: The main content of this article is enriched by reflections on the use of person-centered education and the goals of its use, based on the theoretical and scientific-practical data studied on the use of educational clusters in the formation of primary school teachers' textbooks. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “o‘qish darsligini shakllantirish” to‘g‘ri o‘qish, me`yorida o‘qish, ongli va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini egallashini, o‘qilgan matn mazmunini tushunishini, yozuvchi qo‘llagan so‘z va iboralardan foydalangan holda matnni qayta tiklay olishini, matnda tasvirlangan voqealarga o‘z munosabatini bildirishni, muqaddam o‘qiganlariga tayanib turli vaziyatlarda ish ko‘rishni nazarda tutadi. Mazkur ko‘nikmalar egallangach, matn tahlili bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish ta’limiy va tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Matn ustida ishlashda o‘rganilayotgan mavzuga oid biror muammoni qo‘yish va bu muammoni hal qilishga yo‘naltirilgan zamonaviy metod, usul, shakl va vositalardan foydalanish o‘quvchilarni ta’limiy muammo ichiga chuqurroq olib kirish imkonini beradi. Agar XX asrning 2-yarmida boshlang‘ich sinflarning ona tili o‘qitish metodikasida badiiy asarga estetik jihatdan yondashib san’at asari sifatida 137 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference o‘rganish g‘oyasi ilgari surilgan bo‘lsa, psixologik izlanishlar kichik yoshdagi o‘quvchilarning potensial qobiliyati adabiyot dunyosini tanishtirishga boshqacha yondashish kerakligi yuzasidan qizg‘in bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, taniqli rus olimasi N.N.Svetlovskaya o‘quvchining mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish g‘oyasini ilgari surgan bo`lsa, Ye.A.Adamovich, M.S.Vasileva, V.G.Goretskiy, M.I.Omorokov, T.G.Ramzaeva va boshqalar badiiy asarning shakl va mazmunini tahlil qilish, L.A.Gorbushina, O. V.Kubasova, L.N.Mali, L.V.Nefedova va boshqalar o‘quvchilarning ijodiy ishlariga, ayrimlar esa o‘qish texnikasini rivojlantirish kerakligi g‘oyasini tar‘ib qildilar. Shunday qilib, boshlang‘ich sinflarda o‘qish metodikasi metodik fan sifatida shakllanish bosqichlarini bosib o‘tdi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchi o‘qish darslari davomida kitobxonlik ko‘nikmasini egallash uchun nimalarni bilish kerakligini, yaxshi kitob kitobxonda turli xil kechinmalarni (qayg‘urish, tаshvishlanish) yuzaga keltirishini, fikrlashga undashini, o‘zining pozitsiyasini tanlash imkonini berishini bilib borishi lozim. Buning uchun adabiy ta’limni o‘qitishda quyidagilar nazarda tutiladi: 1) adabiy ta’limning maqsadi va mazmun-mundarijasini belgilab olish; 2) kitobxon o‘quvchining badiiy asarni qabul qilishini; 3) maktabda asarni tahlil qilishni; 4) o‘qish texnikasini; 5) o‘qishga bo`lgan qiziqishni; 6) o‘qitishning metod, usul va vositalarini; 7) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini; 8) mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishni1. O‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini egallash bo‘yicha mustaqil izlanishlari va fikrlashlarini ta’minlaydigan metodlardan biri ta`lim klasteridir. Ta’lim klasterini metod sifatida ham tavsiflash mumkin. Ta’lim klasteri o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiya sifatida o‘quvchi intellektini rivojlantiruvchi omillardan sanaladi. Klaster metodi ma’lumotlarni grafik shaklda tartibga keltiruvchi, matndagi asosiy fikrlarni ajratib ko‘rsatuvchi va ularning mantiqiy bog‘lanishini o‘quvchi ko‘z o‘ngida yaqqol gavdalantiruvchi metoddir. O‘qish savodxonligi darslarida ta’lim klasteriga murojaat qilish o‘quv materialini o‘zida aks ettiruvchi, 138 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference sistemalashtiruvchi va umumlashtiruvchi xarakteri bilan boshqa metodlardan farqlanadi. Klaster metodi o‘quvchini olgan bilimlarini qayta tiklashga, matn tahlilida izlanishga, tanqidiy fikrlashga undaydi. O‘qish darslarida o‘rganilayotgan matn tahlili ustida ishlashda xotirlash, tanqidiy va ijodiy fikrlash uch bosqichda amalga oshiriladi: 1) chaqiruv bosqichi; 2) fikrlash bosqichi; 3) refleksiya bosqichi. Chaqiruv bosqichi o‘quvchilar jamoasini o‘quv jarayoniga jalb qiladi va faollashtiradi. Bu bosqichning maqsadi - o‘rganilayotgan mavzuga doir bilimlarni qayta tiklash, o‘quvchilar javobini topishlari lozim bo‘lgan savol- topshiriqlarni shakllantirish va amalda ulardan foydalanishdir. Chaqiruv bosqichida o‘quvchilar mavzu yuzasidan dastlabki tushunchalarini aytadilar va barcha javoblarini klasterda aks ettirib boradilar. Bu o‘quvchilarning bilish faoliyatini barqarorlashtirishga xizmat qiladi, mavzuni o‘rganishgacha bo‘lgan fikrlashlari yangi tushunchalarni o‘zlashtirish motivatsiyasini qo‘zg‘aydi. Mas

Доказательный фрагмент

«Основное содержание статьи обогащено размышлениями об использовании личностно-ориентированного образования и целях его использования, основанными на изученных теоретических и научно- практических данных по использован…»

Образец извлечения

Демо-превью

Основное содержание статьи обогащено размышлениями об использовании личностно-ориентированного образования и целях его использования, основанными на изученных теоретических и научно- практических данных по использован… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
boshlang ich, qish nikmalarini, matn tahlili, ustida ishlashda, rganilayotgan mavzuga, academic modern, modern science
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники