К содержанию
РецензированоUZ2026

SOLIQ MA'MURIYATCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZARURATI VA ASOSIY YOʻNALISHLARI

SOLIQ MA'MURIYATCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING · Xusanov Shoxruh Nigmatullayevich · O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi magistranti

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This scientific thesis examines the issues of improving tax administration. Tax administration is an important component of state financial policy, and its effectiveness is of great importance in increasing the volume of revenues to the state budget, ensuring sustainable development of the economy, and improving relations between taxpayers and the state. The study analyzes the existing problems of tax administration and substantiates the main directions for their solution, including the digitalization of tax control, optimization of the tax burden, creation of convenient services for taxpayers, and application of international experience. At the same time, the theoretical and practical aspects of improving tax administration are highlighted, with special attention paid to the specifics of the conditions in Uzbekistan. The results of the study can serve for more effective management of the tax system. 47 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Keywords: Tax administration, tax policy, tax control, tax burden optimization, digitalization, taxpayers, state budget, international experience, Uzbek tax system, financial management. Asosiy qism Soliq ma'muriyatchiligi har bir davlatning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Uning samaradorligi davlat byudjetiga tushumlar hajmini oshirish, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va jamiyat farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Soliq tizimi qanchalik adolatli, shaffof va samarali tashkil etilsa, davlat va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi munosabatlar ham shunchalik barqaror bo‘ladi. Shu sababli, soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish nafaqat davlat moliyaviy siyosatini rivojlantirish, balki tadbirkorlik muhitini yaxshilash uchun ham muhimdir. Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirishning birinchi va eng muhim yo‘nalishi bu raqamlashtirishdir. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar yordamida soliq ma'lumotlarini yig‘ish, tahlil qilish va soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro muloqotni soddalashtirish imkoniyati mavjud. Masalan, O‘zbekistonda “e- Soliq” tizimi joriy etilib, soliq to‘lovchilar uchun elektron hisobot berish, soliq to‘lovlarini onlayn amalga oshirish va soliq hujjatlarini avtomatik shakllantirish imkoniyatlari yaratilgan. Bunday tizim nafaqat soliq ma'muriyatchiligi jarayonini tezlashtiradi, balki soliq to‘lovchilar uchun ham qulaylik yaratadi. Biroq, soliq tizimining raqamlashtirilishi faqat texnologiyalar bilan cheklanmasligi kerak. Soliq nazoratining adolatli va shaffof bo‘lishi ham muhimdir. Nazorat tizimi shunday tashkil etilishi kerakki, soliq to‘lovchilar o‘z majburiyatlarini tushunarli va aniq bilib, ularga rioya qilishdan manfaatdor bo‘lsinlar. Soliq nazorati xavf tahliliga asoslangan bo‘lishi, ya'ni yuqori xavf guruhiga kiruvchi soliq to‘lovchilar ko‘proq tekshiruvlarga jalb qilinishi kerak. Shu bilan birga, halol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish va ularga kamroq ma'muriy yuk tushishini ta’minlash lozim. Soliq yukini optimallashtirish esa soliq ma'muriyatchiligining yana bir muhim jihatidir. Davlat soliq stavkalarini ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda belgilashi zarur. Kichik biznes va innovatsion korxonalar uchun soliq imtiyozlari taqdim etilishi, iqtisodiyotning muhim sohalarini qo‘llab- quvvatlash uchun soliq yengilliklari berilishi soliq tizimining ijtimoiy yo‘naltirilganligini ta’minlaydi. Misol uchun, O‘zbekistonda kichik biznes sub'ektlariga soliq stavkalarini kamaytirish orqali ularga yordam ko‘rsatilmoqda. 48 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Shuningdek, soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirishda xalqaro tajribadan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Dunyoning rivojlangan davlatlari, masalan, Singapur va Estoniya, soliq tizimini to‘liq raqamlashtirgan va soliq to‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratgan. Ushbu tajribalarni o‘rganish va milliy sharoitga moslashtirish orqali O‘zbekiston soliq tizimini yanada samarali va shaffof qilish mumkin. Soliq ma'muriyatchiligining muvaffaqiyati faqat texnik yoki nazariy yondashuv bilan chegaralanib qolmasligi kerak. Eng muhimi, davlat va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashdir. Soliq organlari faqat soliq yig‘uvchi emas, balki soliq to‘lovchilar uchun maslahat beruvchi va ularga yordam ko‘rsatuvchi tashkilot sifatida faoliyat yuritishi lozim. Bunday yondashuv soliq to‘lovchilarni qonuniy yo‘l bilan soliq to‘lashga undaydi, soliqdan qochish darajasi kamayadi va davlat byudjeti barqaror moliyaviy tushumlar bilan ta’minlanadi. Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish – bu murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u davlat va tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, byudjet daromadlarini oshirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. Shu sababli, davlat soliq tizimini raqamlashtirish, soliq yukini optimallashtirish va soliq to‘lovchilarga qulay xizmatlar yaratish orqali doimiy ravishda ta

Доказательный фрагмент

«This scientific thesis examines the issues of improving tax administration.»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific thesis examines the issues of improving tax administration. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tax administration, tax policy, tax control, tax burden, soliq siyosati, raqamlashtirish, soliq to'lovchilar, moliyaviy boshqaruv., xalqaro tajriba, O'zbekiston soliq tizimi, soliq nazorati, davlat byudjeti, soliq yukini optimallashtirish, Soliq ma'muriyatchiligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники