К содержанию
РецензированоUZ2026

KIBERHUQUQ: ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR DAVRIDAGI HUQUQIY CHAQIRIQLAR VA HIMOYA MEXANIZMLARI

Shokirov Bobur Tohirjon o’g’li · ASOSIY QISM

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada kiberhuquq tushunchasi, uning zarurligi, asosiy vazifalari va dolzarb muammolari tahlil qilinadi. Kiberjinoyatchilik, yurisdiksiya, maxfiylik, axborot xavfsizligi va qonunchilikdagi kamchiliklar kiberhuquq sohasidagi asosiy muammolar sifatida ko‘rsatiladi. Shuningdek, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif etilgan choralar — milliy qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, texnik vositalardan foydalanish va jamiyatni xabardor qilish zaruriyati asoslab beriladi. Yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi kiberhuquqni doimiy rivojlanishga undaydi hamda barcha manfaatdor tomonlarning hamkorligini talab etadi. Kalit so‘zlar: Kiberhuquq, kiberjinoyatchilik, axborot xavfsizligi, yurisdiksiya, raqamli huquq, texnologik xavf, xalqaro hamkorlik, maxfiylik, qonunchilik, sun’iy intellekt. ASOSIY QISM Kiberhuquq – bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarni tartibga solishga va ushbu munosabatlar doirasida yuzaga keladigan huquqiy nizolarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan huquq sohasi hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, kibermakon, raqamli iqtisodiyot, internet orqali amalga oshirilayotgan faoliyatlar va intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan ehtiyojning ortishi ushbu sohaga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda. Kiberhuquq bugungi kunda mustaqil va muhim huquq tarmog‘i sifatida shakllanmoqda. U boshqa huquq sohalariga bog‘liq bo‘lishi bilan birga, o‘ziga xos normalar va prinsiplarga ham ega. Mazkur huquq sohasining shakllanishi va rivojlanishi, avvalo, kibermakon bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni aniqlash, ularning huquqiy tartibini belgilash, ushbu munosabatlarda ishtirok etuvchi subyektlar va obyektlarning maqomini aniqlash, ularning huquq va majburiyatlarini belgilashni talab etadi. Kiberhuquqning asosiy predmeti kibermakonda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlardir. Ushbu munosabatlar ko‘p hollarda boshqa huquq sohalari bilan kesishadi va shu sababli kompleks yondashuvni talab etadi. Masalan, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, xalqaro huquq va boshqa sohalar kiberhuquqning amaliyotida bevosita ishtirok etadi. Kiberhuquqning asosiy vazifalaridan biri – bu kibermakonda huquqiy tartibni ta’minlashdir. Bu degani, jismoniy va yuridik shaxslarning internetdagi huquqlari va majburiyatlarini aniq belgilash, ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni ishlab chiqish, ularni huquqiy mexanizmlar orqali amalga oshirish va monitoring qilishdir. Shuningdek, yana bir muhim vazifa – bu kibermakonda fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilishdir. Chunki kiberjinoyatchilik, kiberhujumlar, ma’lumotlarning noqonuniy tarqatilishi, axborot xavfsizligiga tahdidlar kabi hodisalar tobora kuchayib borayotgani sababli, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari, intellektual mulklari, biznes manfaatlari xavf ostida qolmoqda. Zamonaviy texnologiyalarning cheksiz rivoji kiberhuquq sohasida qator muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ularning eng dolzarblaridan biri bu yurisdiksiya masalasidir. Kibermakonning virtual va chegarasiz tabiati tufayli jinoyatchilar bir mamlakatda faoliyat yuritib, boshqa davlatlardagi shaxslar yoki tizimlarga zarar yetkazishlari mumkin. Bu holatda 63 qaysi davlatning qonunchiligi qo‘llanilishi lozimligi, qanday qilib jinoyatchilarni javobgarlikka tortish mumkinligi masalalari murakkablashadi. Yana bir dolzarb muammo – bu maxfiylik va shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi bilan bog‘liqdir. Bugungi kunda turli platformalar foydalanuvchilarning katta hajmdagi shaxsiy ma’lumotlarini yig‘moqda va ularni qayta ishlamoqda. Bu esa, shaxsiy hayot daxlsizligi huquqiga tahdid soladi. Shu bilan birga, qonunchilikda shaxsning fikr erkinligi kafolatlangan bo‘lsa-da, axborot tarqatish faqat qonun asosida va zarur holatlarda cheklanishi mumkin. Kiberjinoyatchilik – bu zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar bo‘lib, ularning soni yildan-yilga ortib bormoqda. Jinoyatchilar o‘z uyidan chiqmasdan turib, boshqa mamlakatlardagi tizimlarga hujum qilishi, moliyaviy zarar yetkazishi, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashi mumkin. Bunday jinoyatlarga qarshi kurashish uchun davlatlar axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqishi lozim. Ammo amaldagi qonunchilikda hali ham aniqlik va aniq mezonlar yetarli emas. Masalan, O‘zbekiston qonunchiligida “aqidaparastlik” tushunchasi mavjud bo‘lsa-da, uning huquqiy talqini va aniq chegaralari ko‘rsatilmagan. Bu esa amaliyotda turli talqinlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Avvalo, milliy qonunchilikni takomillashtirish zarur. Bu orqali kiberjinoyatchilik, axborot xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, raqamli iqtisodiyotdagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalar ishlab chiqilishi kerak. Qonunchilikdagi ziddiyatlar va noaniqliklar esa har doim inson manfaatlariga asoslangan talqin asosida hal qilinishi lozim. Ikkinchidan, x

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada kiberhuquq tushunchasi, uning zarurligi, asosiy vazifalari va dolzarb muammolari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada kiberhuquq tushunchasi, uning zarurligi, asosiy vazifalari va dolzarb muammolari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qonunchilik, axborot xavfsizligi, kiberjinoyatchilik, xalqaro hamkorlik, raqamli huquq, sun’iy intellekt., Kiberhuquq, texnologik xavf, yurisdiksiya, maxfiylik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники