К содержанию
РецензированоUZ2026

AFG‘ONISTONDAGI FIQHIY MAZHABLAR VA TASAVVUF TARIQATLARI TARIX VA HOZIRGI ZAMON

Wakil Ahmad Abbandwal

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Afg‘onistonga islomning kirib kelishi, shuningdik Afg‘onistonda fiqhiy mazhablarining tarqalishi va tasavvuf haqida tahlil qilinadi. Shuningdek, Afg‘oniston davlat tizimidagi shia va sunniy mazhablarining ro‘lini bayon qiladi hamda Afg‘oniston fiqhiy olimlarining hayoti va ularning yozilgan asarlarini tahlil qilinadi. Afg‘oniston jamiyatida fiqhiy mazhablari va tasavvufning ro‘li, hamda sufiy tariqatlarining o‘zaro munosabatlari ijtimoiy hamjihatlikni shakllantirishda o‘rganiladi. Bu ikki diniy oqim o‘rtasidagi ijobiy o‘zaro munosabat Afg‘onistondagi erqiy etnik va diniy keskinliklarni kamaytirishda muhim ro‘l o‘ynagan. Kalit so‘zlar: Islom dinining Afg‘onistonga kirib kelishi, fiqhiy mazhzablar, tasavvuf, Afg‘onistanning fiqiy olimlar hamda ularning asralari. Kirish. Afg‘oniston islomiy davlat sifatida uzoq tarixiy merosga ega bo‘lib, har doim diniy, madaniy va irfoniy aloqalar markazi bo‘lib kelgan. Bu mamlakat o‘zining diniy va fiqhiy xilma- xilligi bilan mintaqada islomiy tafakkurning kengayishi va chuqurlashishida muhim ro‘l o‘ynagan. Turli fiqh mazhablari, xususan hanafiylik mazhabi, Afg‘oniston jamiyatining keng qatlamlari uchun eʼtiqodiy asos bo‘lib xizmat qilgan. Shu bilan birga, naqshbandiya, qodiriya va chishtiya kabi tasavvuf tariqatlari maʼnaviy va irfoniy oqimlar sifatida bu mamlakatning hayoti, madaniyati va sanʼatiga sezilarli taʼsir ko‘rsatgan. Tasavvuf va fiqh Afg‘oniston xalqining diniy identitetining ikkita muhim tayanchi bo‘lib, ular tarix davomida shariat va maʼnaviyat o‘rtasida muvozanat o‘rnatish va ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlashga hissa qo‘shgan. Biroq, so‘nggi siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlar bu maʼnaviy merosni saqlash uchun yangi qiyinchiliklar tug‘dirdi. Asosiy qism. Islom dinining Afg‘onistonga kirib kelishi milodiy VII-asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. O‘sha paytda Xolid ibn Valid va boshqa qo‘mondonlar qo‘l ostidagi musulmon qo‘shinlari Eronning sharqiy hududlari va Movarounnahr tomon yurish qilganlar. Afg‘oniston, o‘sha davrda Sosoniylar imperiyasining sharqiy qismlaridan biri bo‘lib, asta-sekin bu fathlar ta’sirida qoldi. Islomning bu hududga birinchi kirib kelishi Hirot, Balx va G‘azni kabi yirik shaharlar orqali bo‘ldi, ular o‘sha paytda muhim madaniy va savdo markazlari hisoblangan. Xalifa Usmon ibn Affon (r.a.) davrida musulmonlar Balx va Hirot kabi hududlarda o‘z ta’sirini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishdi va musulmonlar bilan mahalliy aholi o‘rtasida savdo va madaniy almashinuv boshlandi. Shuningdek, bu davrda musulmon elchilar Afg‘onistonning turli hududlariga yuborilib, mahalliy aholini Islom dini bilan tanishtirishdi. Bu jarayon asta- sekin Afg‘onistonning turli hududlarida Islomning tarqalishiga olib keldi. Bu davrda Islom nafaqat yangi din sifatida, balki Afg‘onistonning ijtimoiy va madaniy tuzilmasini o‘zgartiruvchi muhim omil sifatida ham namoyon bo‘ldi. O‘sha davrda keng tarqalgan fiqh mazhablaridan biri bo‘lgan hanafiy mazhabi Afg‘onistonda keng qabul qilindi va ko‘plab sud va ta’lim muassasalari hanafiy fiqh tamoyillari asosida shakllandi. Shunday qilib, Islomning Afg‘onistonga kirib kelishi nafaqat diniy tizimni o‘zgartirdi, balki bu mamlakatning 85 ijtimoiy, madaniy va siyosiy sohalarida chuqur o‘zgarishlarni ham keltirib chiqardi. Afg‘onistonda sunniy va shia fiqh mazhablarining paydo bo‘lish tarixi Afg‘onistonda sunniy va shia fiqh mazhablari, bu mamlakatning uzoq davom etgan diniy, ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar tarixiga ega bo‘lganligi sababli, doimo bir-biri bilan aloqada va o‘zaro taʼsir qilib kelgan. Afg‘oniston islom dinining kirib kelgan vaqtdan boshlab turli fiqh mazhablarining tarqalishi va rivojlanishiga guvoh bo‘lgan muhim islomiy hududlardan biridir. Bu jarayonda hanafiy mazhabi Afg‘onistonda sunniylarning asosiy mazhabi, jaʼfariy mazhabi esa shialarning asosiy mazhabi sifatida tanilgan. Va mamlakatdagi ikkinchi asosiy mazhab hisoblanadi. Islomning Afg‘onistonga kirib kelishi va milodiy VII-asrda uning tarqalishi bilan sunniylikning hanafiy mazhabi bu hududda asta-sekin ommalasha boshladi. Hanafiy mazhabi Markaziy Osiyo va Hindiston hududlari bilan bo‘lgan madaniy va iqtisodiy aloqalar tufayli Afg‘onistonda sunniylarning asosiy mazhabi sifatida qabul qilindi. Fiqhiy hanafiy maktabi, uning asoschisi Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh bo‘lib, ijtihoddagi moslashuvchanlik, aql va mantiqqa hurmat kabi xususiyatlarga ega. Ana shu jihatlar tufayli bu mazhab Afg‘onistonda keng e’tibor va qabul topdi. Tarixning turli davrlarida hanafiy diniy maktablari va ulamolari jamiyatni yo‘naltirish hamda fiqhiy asoslarni o‘rgatishda muhim rol o‘ynagan. Shofeiy mazhabi Ahl As-Sunnaning to‘rtta fiqhiy mazhabidan biri bo‘lib, uni Imom ash- Shofeiy (rahmatullohi alayh) asos solgan. Bu mazhab Afg‘onistonning ayrim hududlarida, ayniqsa janub va janubi-sharqiy viloyatlarda, xususan Paktika, Xost va Nangarhor viloyatlarida keng tarqalgan. Bu hududlarda, geografik joylashuvi va Hind yarimoroli hamda Pokiston bilan savdo va madaniy aloqalar tufayli,

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Afg‘onistonga islomning kirib kelishi, shuningdik Afg‘onistonda fiqhiy mazhablarining tarqalishi va tasavvuf haqida tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Afg‘onistonga islomning kirib kelishi, shuningdik Afg‘onistonda fiqhiy mazhablarining tarqalishi va tasavvuf haqida tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tasavvuf, Afg‘onistanning fiqiy olimlar hamda ularning asralari., fiqhiy mazhzablar, Islom dinining Afg‘onistonga kirib kelishi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники