The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021
MOGA RAHMONIYNING “PARDANESHINONE SUXANGO‘Y” TAZKIRASIDA ZEHN VA ZIYNAT NURI BO‘LMISH NURJAHON BEGIM TIMSOLI
Azimbayeva Nargiza Tuxtamuradovna
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
In this article, the figure of Nurjahon Begim—who holds a special place among the historical and literary personalities portrayed in Moga Rahmoniy’s tazkira “Pardaneshinone Sukhanguy”—is analyzed. The author of the tazkira aimed to celebrate the intellectual talent and spiritual maturity of women. The image of Nurjahon Begim is interpreted as an embodiment of such elevated moral and aesthetic values. We will classify these aspects and clarify our viewpoints accordingly. Key words: Moga Rahmoniy, Nurjahon Begim, intellect or Mind, adornment, beauty, or grace, literar figure or literary symbol, women's talent or Female talent Mamlakatimiz o‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki yillardanoq jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz, ularning ilmiy va madaniy merosini, o‘zbek xalqining jahonshumul qadriyatlarini tiklashga kirishdi. Shu yillar davomida biz ulug‘ muhaddislar, munajjimlar, tarixshunos olimlar, shoirlar va tazkiranavislarning boy ilmiy va adabiy merosini har tomonlama o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldik. An’ana bo‘lib qolgan tazkirachilik sharq adabiyotida 12 asrning birinchi choragidan boshlanib, ko‘pgina buyuk vatandoshlarimiz tazkirachilik borasida yirik muvaffaqiyatlarga erishdilar. Tazkiralar adabiy hamda tarixiy meroslarni o‘rganishimizda muhim manba sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari tazkira har bitta davr boshqa davrdan o‘zining muayyan siyosiy- ijtimoiy-psixologik kayfiyati bilan farq qiladi. Tazkira umuman, har qanday san’at asari ana shu muhit-kayfiyatdan o‘sib chiqadi va ba’zan o‘z davrigagina xizmat qilsa, ba’zan o‘zining ramziyligi, ko‘p ma’no qatlamliligi bois boshqa zamonlar iste’moliga ham kirib boradi. Tazkira ijtiomiy hodisa sifatida insonning ruhiy mohiyatidan ibtido oladi. Shu ma’noda odamzodning hozirgi holga kelishi, ya’ni insonning insonga aylanishi faqat tashqi omil, tashqi shartg‘sharoitlargagina bog‘liq jarayon bo‘lmay, ayni paytda ichki omil-insonning zoti bilan, undagi ruhiy mohiyatning ijtimoiylik shaklida namoyon bo‘lishi hamdir. Tazkiralar har xil bo‘ladi masalan, shoirlar haqida, avliyolar haqida, biz bu tazkiralardan ular yashagan davr muhiti va davr tushunchasining o‘ziga xos xususiyati bevosita ularning hayoti va ijodi haqida, ko‘rsatgan karomatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Har qanday tazkirada o‘zining quvonch va tashvishi, orzu va armoni bilan inson turadi. 90 Yuqorida aytib o‘tgan tazkiralardan tashqari Sharqda ayollar haqida tazkiralar yozish ham bir muncha rivojlangan. Bu turdagi tazkiralarga Muhammad ibn Muhammad Rofe’-malikul kitobning “Tazkirat ul-xavotin”, Mullo muhammad Oxunzoda Hirotiyning “Tazkirat un-niso”, Fahriy Hirotiyning “Javohir ul-ajoyib”, Moga (Manije) Rahmoniyning “Pardarneshinoni suxanguy” va qator tazkiralar kiradi. Shoiralar haqidagi tazkiralardan biz ular haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Tarixda ayollarga ta’lim olish nasib qilmagan, bu asosan o‘sha davrda islom dinining o‘rnini ko‘rsatadi, chunki islom dinida ayollar xuquqi cheklab qo‘yilgan bo‘lib, faqatgina saroy ayollari ilm bilan shug‘ullanishga muvaffaq bo‘lganlar. Moga Rahmoniy o‘z asarlarida feminin obrazlarning ma’naviy qudratini ko‘rsatishga urinib kelgan. “Pardaneshinone suxango‘y” tazkirasida u bir qator ijodkor ayollarning she’riyati, tafakkuri va ma’naviyatini madh etadi. Bu yerda “parda” tushunchasi faqatgina fizik hijob emas, balki ijtimoiy to‘siq, jamiyatdagi ma’naviy parda ramzi sifatida ham tushuniladi. Shunday bo‘lsada, sharq ayollaridan yetishib chiqqan so‘z san’atkorlari ham anchagina. Biroq ko‘plarining asarlari bizgacha yetib kelmagan, yetib kelganlarida ham ularga alohida e’tibor qaratilmagan. 1960 yillarda ustoz Maqsud Shayxzodaning takliflariga ko‘ra tazkiralardan ayol shoiralarni izlash boshlangan. Shu 40 yil mobaynida 30 dan ortiq tazkiralar, ko‘plab bayoz va gulchinlar ko‘rib chiqildi. Tazkiranavislik — o‘zbek adabiyotida tarixiy shaxslarning hayoti va ijodini yod etishda muhim janrlardan biri. Moga Rahmoniyning “Pardaneshinone suxango‘y” asari esa o‘zgacha e’tiborga sazovor: bu tazkirada parda ortida qolgan, lekin ijod va ma’rifatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ayollar tasvirlanadi. Ularning orasidan Nurjahon begim timsoli ayniqsa ajralib turadi. Temuriylar xonadoniga va o‘sha davrga mansub 200 ga yaqin shoiralar haqida ma’lumot to‘plandi. Shulardan biri Mehriniso-Nurjahon begim bo‘lib, u soxibqiron Amir Temurning yettinchi bo‘g‘in avlodi Jahongir Mirzoning zavjvsi bo‘lgan. Nurjahon begim — tazkiraning markaziy obrazlaridan biri bo‘lib, u muallif tomonidan zehn va ziynat nuri sifatida tasvirlanadi. Uning nafaqat she’riy iste’dodi, balki siyosiy aql- zakovati, ma’rifatga bag‘rikeng munosabati ham ta’rif qilinadi. Unga bag‘ishlangan satrlarda Nurjahon begimning: She’riyatga bo‘lgan ehtirosi, Til va uslubdagi latofati, Husni va kamoli uyg‘unligi ta’rif etiladi. Muallif uni “ilhomning nuri, so‘zning mahini tushunib yetgan ayol” deb atash orqali, uni oddiy tarixiy shaxs emas, balki badiiy va ma
Доказательный фрагмент
«In this article, the figure of Nurjahon Begim—who holds a special place among the historical and literary personalities portrayed in Moga Rahmoniy’s tazkira “Pardaneshinone Sukhanguy”—is analyzed.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the figure of Nurjahon Begim—who holds a special place among the historical and literary personalities portrayed in Moga Rahmoniy’s tazkira “Pardaneshinone Sukhanguy”—is analyzed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Moga Rahmoniy, Nurjahon Begim, intellect or Mind, adornment, beauty, tazkira, pardaneshinon, zehn, adabiy timsol, ayol iste’dodi., ziynat
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsBased On Grammatical Signals, Farokhat Sattarbergan Qizi Karimova +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsThe Saudi Scholarly Arrangement, Greenbaum G. +12021
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019