Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA KIBERXAVFSIZLIK: MUAMMOLAR, YONDASHUVLAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
Shokirov Bobur Tohirjon o’g’li · ASOSIY QISM
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda raqamli transformatsiyaning kengayib borayotgan jarayonlari va ular bilan bog‘liq kiberxavfsizlik muammolari tahlil qilinadi. Kiberjinoyatchilikning ortib borishi, ma’lumotlar xavfsizligi, tarmoq hujumlari, zararli dasturlar, sun’iy intellekt, bulutli xizmatlar va blokcheyn texnologiyalarining bu sohadagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, AES va RSA shifrlash algoritmlari orqali ma’lumotlarni himoyalash, foydalanuvchilarning xabardorligini oshirish, xalqaro tajribalar va huquqiy asoslar muhokama qilinadi. Maqolada raqamli transformatsiyaning barqaror va xavfsiz amalga oshirilishi uchun texnologik, tashkiliy va huquqiy choralar uyg‘unligi muhimligi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: Raqamli transformatsiya, kiberxavfsizlik, kiberjinoyat, shifrlash algoritmi, AES, RSA, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, blokcheyn. ASOSIY QISM Zamonaviy jamiyatda raqamli transformatsiya jarayonlari biznes, davlat boshqaruvi va kundalik hayotning ajralmas qismiga aylandi. Bu jarayon yangi texnologiyalarning keng joriy qilinishi bilan birga, kiberxavfsizlik muammolarini ham keltirib chiqarmoqda. Ma’lumotlarning ko‘payishi, ulkan tarmoqlarning kengayishi va shaxsiy ma’lumotlarning raqamli muhitda qayta ishlanishi kiberjinoyatchilikka qarshi samarali chora-tadbirlar ishlab chiqishni talab etmoqda. Raqamli transformatsiya va kiberxavfsizlikning o‘zaro bog‘liqligi iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim va moliyaviy tizimlar kabi ko‘plab sohalarda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Axborot texnologiyalari asrida deyarli barcha jinoyatlar internet va kompyuter tarmoqlari orqali sodir etilayotgani sababli, axborot xavfsizligini ta’minlash, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarur bo‘lib bormoqda. Kiberjinoyatlarning transmilliy xususiyatini inobatga olgan holda, dunyodagi ko‘plab ilmiy-tadqiqotlar axborotni xavfsiz uzatish, elektron dalillarning maqbulligi, kompyuter jinoyatlarining huquqiy tavsifi va huquqiy yordam masalalariga qaratilgan. Insonparvar demokratik jamiyatni barpo etishda axborot va axborotlashtirish jarayonlarini huquqiy tartibga solish alohida ahamiyatga ega. 2017-yil 7-fevraldagi Prezident Farmonida axborot xavfsizligini ta’minlash, himoya tizimlarini takomillashtirish, axborot tahdidlariga qarshi kurashish, diniy bag‘rikenglikni qo‘llab-quvvatlash va tashqi siyosat samaradorligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Raqamli tizimlarda katta hajmdagi ma’lumotlar yig‘iladi, tahlil qilinadi va saqlanadi. Ayniqsa, shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy o‘g‘irlash kiberjinoyatchilikning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashda shifrlash algoritmlarining takomillashuvi, bulutli xizmatlarning himoyasi va ruxsatli kirishni nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Tarmoq hujumlari – xususan, DDoS, fishing va botnetlar – raqamli infratuzilmaga katta xavf tug‘diradi. IDS va IPS kabi tizimlar orqali hujumlarni aniqlash va bloklash mumkin. Ayniqsa, ransomware – shifrlovchi zararli dasturlar – oxirgi yillarda tez 14 ` tarqalib, foydalanuvchilardan katta miqdorda to‘lov talab qilish holatlarini keltirib chiqarmoqda. AES va RSA kabi shifrlash algoritmlari shaxsiy va tijorat ma’lumotlarini himoya qilishda keng qo‘llaniladi. AES algoritmining 256-bitli varianti ayniqsa yuqori xavfsizlik darajasiga ega. Shu bilan birga, foydalanuvchilarning axborot xavfsizligi bo‘yicha bilimini oshirish ham zarur. Xavfsizlik treninglari, zararli havolalarni aniqlash ko‘nikmalari va ogohlik darajasining oshishi kiberjinoyatlarga qarshi kurashda katta yordam beradi. Google, Microsoft kabi yirik kompaniyalar foydalanuvchilarga mo‘ljallangan xavfsizlik yo‘riqnomalarini ishlab chiqmoqda. Innovatsion texnologiyalar – ayniqsa sun’iy intellekt va mashina o‘rganish tizimlari – hujumlarni prognoz qilish va ularga javob berishda qo‘llanilmoqda. Bulutli xavfsizlik vositalari esa real vaqt rejimida tizimlarni muhofaza qilish imkonini bermoqda. Bundan tashqari, blokcheyn texnologiyasi tranzaksiyalarning shaffofligini va ma’lumotlar bazasining yaxlitligini ta’minlaydi. Bu esa raqamli tizimlarning barqarorligi va ishonchliligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, raqamli transformatsiya inson hayotining barcha sohalariga chuqur kirib kelmoqda va bu jarayon kiberxavfsizlik sohasida yangi chaqiriqlarni yuzaga keltirmoqda. Kiberjinoyatlarga qarshi samarali kurashish, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy texnologiyalardan to‘g‘ri foydalanish global miqyosda dolzarb masalaga aylanmoqda. Maqolada ko‘rib chiqilgan AES va RSA kabi shifrlash texnologiyalari, IDS/IPS tizimlari, sun’iy intellekt va blokcheyn kabi innovatsion yondashuvlar raqamli xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Raqamli transformatsiyaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi texnologik yondashuvlarni huquqiy va tashkiliy choralar bilan uyg‘unlashtirish orqali erishilishi mumkin. Shu bois, har tomonlama kompleks strategi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda raqamli transformatsiyaning kengayib borayotgan jarayonlari va ular bilan bog‘liq kiberxavfsizlik muammolari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada zamonaviy jamiyatda raqamli transformatsiyaning kengayib borayotgan jarayonlari va ular bilan bog‘liq kiberxavfsizlik muammolari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Raqamli transformatsiya, kiberjinoyat, blokcheyn., AES, RSA, shifrlash algoritmi, kiberxavfsizlik, bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021