К содержанию
РецензированоUZ2026

TALABALARNING O‘QUV JARAYONIDAGI O‘RGANISHI MOTIVATSIYASINING XILMA-XILLIGI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Negmatova Aropat Muxtarovna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 11-22 · 2026

Аннотация

Maqolada talabalarning ta’lim jarayonidagi organish faoliyatini samaradorligini oshirishda professor-o‘qituvchilar qanday motivlardan foydalaniladilar, ularni ta’lim sifatini oshirishdagi hamda talaba faolligini yuksaltirishdagi o‘rni haqida fikr- mulohazalar yuritilgan. Kalit so‘zlar: O‘rganish, motivatsiya, jarayon, talaba qiziqishi, ichki motivatsiya, tashqi motivatsiya. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning motivatsiyasi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun muhim omil hisoblanadi. Motivatsiyaning xilma-xilligi talabalarning shaxsiy ehtiyojlari, qiziqishlari va maqsadlari bilan bog‘liq bo‘lib, bu jarayonni individual va ijtimoiy kontekstlarda baholashni talab etadi. Ushbu bobda oliy ta’lim muassasalarida motivatsiyaning mohiyati, uning turlari va ta’lim jarayonidagi ahamiyati atroflicha ko‘rib chiqiladi. Motivatsiya psixologiyada o‘rganilgan asosiy tushunchalardan biri bo‘lib, uni shaxsni ma’lum bir harakatga undaydigan ichki va tashqi omillarning yig‘indisi sifatida ta’riflash mumkin. Ichki motivatsiya talabaning bilim olishga bo‘lgan ehtiyoji, shaxsiy qiziqishlari va rivojlanishga bo‘lgan ishtiyoqini aks ettiradi, tashqi motivatsiya esa yaxshi baholar olish, stipendiya yutish yoki ish topish imkoniyati kabi ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. Oliy ta’limda bu ikki turdagi motivatsiya bir-birini to‘ldiruvchi ahamiyatga ega bo‘lib, ularni samarali birlashtirish ta’lim jarayonining muvaffaqiyatli bo‘lishida katta rol o‘ynaydi. Talabalarning o‘quv jarayonidagi motivatsiyasi ularning ijtimoiy, psixologik va madaniy omillar bilan o‘zaro aloqador. Akademik motivatsiya, masalan, bilim olish va kasbiy malakani rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning o‘z fanlariga qiziqishi va o‘qishga bo‘lgan munosabati orqali namoyon bo‘ladi. Shaxsiy rivojlanish motivatsiyasi esa talabaning o‘zini anglash, qobiliyatlarini namoyon qilish va rivojlantirishga bo‘lgan ishtiyoqi bilan bog‘liq. Sotsial motivatsiya talabaning jamiyatdagi mavqeini yaxshilash, jamoa bilan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish, hamkorlik qilishga bo‘lgan intilishini ifodalaydi, moliyaviy motivatsiya esa o‘qish jarayonining natijasida yaxshi ish topish va yuqori maosh olishga yo‘naltirilgan. Motivatsiya ta’lim jarayonidagi asosiy dvigatel kuch hisoblanadi. Yuqori motivatsiyaga ega bo‘lgan talaba darslarda faol ishtirok etadi, mustaqil ravishda izlanadi va kreativ fikrlaydi. Ichki motivatsiyasi kuchli bo‘lgan talaba fanlarni chuqurroq o‘zlashtiradi, ilmiy izlanishlarga qiziqadi va o‘zini anglash orqali maqsadlarini belgilash va ularga erishishda katta ahamiyat kasb etadi. Motivatsiya shuningdek, shaxsni rivojlantirish va uning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga zamin yaratishda ham muhim rol o‘ynaydi. Oliy ta’limda talabalarning motivatsiyasini oshirish uchun individual yondashuv qo‘llanilishi kerak. Har bir talabani uning ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda o‘qitish, moslashuvchan o‘quv dasturlarini yaratish va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish orqali ularning motivatsiyasi kuchaytirilishi mumkin. Mukofotlash tizimi, stipendiyalar, sertifikatlar va tanlovlar orqali tashqi motivatsiyani qo‘llab-quvvatlash, baholashda adolatni ta’minlash va o‘zaro baholash imkoniyatlarini yaratish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, innovatsion 46 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si usullarni, jumladan, sun’iy intellekt va onlayn ta’lim platformalari yordamida individual o‘qitish va loyiha asosida o‘qitish usullarini qo‘llash orqali ichki motivatsiyani rivojlantirish mumkin. Xorijiy tajribadan o‘rganish motivatsiyani rivojlantirishda muhimdir. Masalan, AQSh va Yevropa oliy ta’lim muassasalarida loyiha asosida o‘qitish keng qo‘llaniladi, Janubiy Koreyada esa talabalarning motivatsiyasini oshirish uchun IT-texnologiyalardan samarali foydalaniladi. O‘zbekistonda esa "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun doirasida rag‘batlantirish va motivatsiya tizimlarining joriy etilishi ushbu jarayonni qo‘llab-quvvatlaydi. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning o‘quv jarayonidagi motivatsiyasi xilma-xil bo‘lib, u ta’limning samaradorligini oshirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ichki va tashqi motivatsiyani uyg‘unlashtirish, talabalarning individual ehtiyojlarini hisobga olish va innovatsion yondashuvlardan foydalanish orqali o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish mumkin. Shu sababli, motivatsiyaning xilma-xilligini o‘rganish va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash zamonaviy pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Motivatsiya ta’lim jarayonining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun asosiy dvigatel kuch sifatida talabalarning o‘quv faoliyatidagi ishtiyoqini, qiziqishini va intiluvchanligini shakllantiradi. Ta’limda motivatsiya faqat maqsad sari harakatlantiruvchi omil emas, balki bu jarayonning sifatli va samarali bo‘lishiga zamin yaratadi. Yuqori motivatsiyaga ega bo‘lgan talaba darslarda faollik ko‘rsatib, bilim olish jarayonini yanada interaktiv, qiziqarli va maqs

Доказательный фрагмент

«Maqolada talabalarning ta’lim jarayonidagi organish faoliyatini samaradorligini oshirishda professor-o‘qituvchilar qanday motivlardan foydalaniladilar, ularni ta’lim sifatini oshirishdagi hamda talaba faolligini yuksa…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada talabalarning ta’lim jarayonidagi organish faoliyatini samaradorligini oshirishda professor-o‘qituvchilar qanday motivlardan foydalaniladilar, ularni ta’lim sifatini oshirishdagi hamda talaba faolligini yuksa… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tashqi motivatsiya., talaba qiziqishi, O‘rganish, motivatsiya, ichki motivatsiya, jarayon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники