К содержанию
РецензированоRU2026

TEMURIYLARNING TARIXIY KUTUBXONASI VA BUGUNGI KUNDA SAQLANIB QOLGAN YOZMA YODGORLIKLAR

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · QOLGAN YOZMA YODGORLIKLAR (in-academy.uz/index.php/si) · Axmatov Abdulla Odil o’g’li (in-academy.uz/index.php/si) · Tel: + Email:aajadidim@gmail.com (in-academy.uz/index.php/si) · Qambarov G‘ayrat Sayfiyevich (in-academy.uz/index.php/si) · Tel: + Email:qambarovg@gmail.com (in-academy.uz/index.php/si) · Kolber kolleksiyasi. (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

В данной статье анализируются взгляды на загадочную библиотеку эпохи тимуридов и рассматриваются научные исследования, связанные с ней. Также освещаются мнения о том, существует ли эта историческая библиотека в настоящее время или она утрачена. Кроме того, приводятся сведения о некоторых письменных памятниках, относящихся к эпохе тимуридов. Ключевые слова: Загадочная библиотека, исчезнувшие книги, Хазрати Башир, Ниёзтепа, Рампур Разо, Колберская коллекция. Kirish: Tarixdan ma’lumki buyuk sarkarda sohibqiron Amir Temur Movoraunnahrning poytaxti Samarqandda o’z davrining ilm-fan san’at va madaniyati yuksaltirgan ajoyib shaharni bunyod etgan. Jumladan, bu shaharda Temuriylarning tarixiy kutubxonasi ham qad rostlagan bo’lib, u o’zining yozma yodgorliklari, noyob kitoblari bilan mashxur bo’lgan. Bugungi kunda temuriylar kutubxonasi va undagi yozma yodgorliklar yetarlicha tadqiq qilinmaganligi bois, tarixchilar va kutubxonashunoslar orasida turli xil qarashlarni keltirib chiqarmoqda. Adabiyotlar tahlili va metodologiya: Temuriylarning tarixiy kutubxonasi haqida qariyb to‘rt asr davomida ilmiy va amaliy izlanishlar amalga oshirilgan bo‘lib, bu izlanishlar kutubxonaning bugungi kunda saqlanib qolganligini asoslaydi. Shu o‘rinda Amir Temur asos solgan kutubxonaga va kutubxonachilikka alohida e’tibor berilgan. Buning isboti sifatida quyidagi fikrni keltirishimiz mumkin: “Samarqanddan kitob olib chiqish taqiqlandi. Kitob o‘g‘irlaganga o‘lim jazosi berilgan. Kitoblar bebaho boylik sifatida himoyalangan. Amir Temur o‘zi vatani Shahrisabzda, so‘ngra mamlakat poytaxti Samarqandda saroy kutubxonasiga asos solgan.[1]” 73 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Avvalo bugungi kunda mavjud bo‘lgan Temuriylar davridan qolgan yozma yodgorliklarga to‘xtalsak. Sharqshunos olim Xayrulla Ismatullayevga ko‘ra: “Britaniya Muzeyi, Parij Milliy Kutubxonasi, Oksford, Kembrij, Sorbonna, Garvard, YEL universiteti kutubxonalari, Gollandiya, Olmoniya, Ispaniya, Italiya, Vatikan kitobliklari, hamda Turkiya, Eron, Hindistondagi kutubxonalarda o‘zimiz saqlay olmagan ko‘plab yozma adabiyotlarimiz namunalari avaylab asrab kelinmoqda. O‘rta Osiyo taraqqiyoti uchun Uyg‘onish hisoblangan bu davr biz uchun muhim ahamiyatga molikdir. Ma’lumki, Sulton Husayn Boyqaro asarlari Britaniyadagi Chester Betti kutubxonasida 404 raqami bilan, Britaniya Muzeyida Or.208 raqami bilan, Parijdagi Milliy kutubxonada 993 raqami bilan, Turkiyadagi To‘pqapi Saroy Muzeyi kutubxonasida E.N. 1686 va A.2381 raqamlari bilan saqlanib kelinmoqda. Aniqlanishicha, Sulton Husayn Boyqaroning o‘z zamonasi mashhur kishilariga yo‘llagan xatlari hamda chiqargan farmonlari ham jahon kitobliklarida saqlanib qolgan. Britaniya Muzeyida Or. 61 katalog raqami bilan Sulton Husayn Boyqaroning Boyozid 2 ga yozgan xati, shu muzeyda yana Og. 1702 katalog raqami bilan Sulton Husayn Boyqaroning Hasanbeg Bahodirga yozgan xati saqlanadi.”[2] Shuningdek “Dunyoga mashhur Rampur Raza kutubxonasi Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Rampur shahrida joylashgan. Bu kutubxonada Movarounnahr, Xuroson va Sharqning boshqa hududlariga oid minglab qo‘lyozmalar mavjud. Unda Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid temuriylarga bag‘ishlangan o‘nlab kitoblar jamlangan. Masalan, ular orasida “Malfuzat-i Amir Temur” juda qimmatlidir. Qo‘lyozma 1637-yilda Abu Tolib al-Oriziy tomonidan chig‘atoy turkiysidan fors tiliga tarjima qilingan. Bu asar Amir Temurning avtobiografik xotirasi hisoblanadi. Bu asar “Vaqi’at-i Temuriy” va “Tuzuk-i Temuriy” nomi bilan ham mashhur. Asar ikki jildli maqoladan iborat. Birinchi qism umumiy boshqaruv san’ati, strategiya va siyosatga bag‘ishlangan bo‘lsa, ikkinchi qismi “Tuzukat” deb nomlanib, Temur siyosati va boshqaruv usullariga bag‘ishlangan. Kutubxonada yana bir mashhur asar – Sharafiddin Ali Yazdiyning Temur va temuriylar haqidagi “Zafarnoma” (“G‘alabalar kitobi”) va “Asnad-i aulad-i amjad-i hazrat-i sohib-qiron” (Amir Temur va uning taxtiga o‘tirish sanalari aniq ko‘rsatilgan qisqacha risola) mavjud. Ko‘rib turganimizdek, Hindistondagi Rampur Razo kutubxonasida tariximiz, adabiyotimiz bilan bog‘liq nodir asarlar mavjud bo‘lib, ular navqiron avloddan bu merosga e’tibor qaratish, uni o‘rganishni taqozo etadi.[3]” Yuqoridagi manbaga ko‘ra hozirgi kunda bu kutubxonada: Islom fiqhi, ilohiyoti, falsafa, mantiq, astronomiya, matematika, nutq san’ati, tilshunoslik she’riyat nazariyasi, nazm, tibbiyot, al-kimyo va tumorlar, lochin ovi va qushlar, ertaklar, hayvonlar haqidagi masallar latifalar va afsonalar, shuningdek arab tilidagi, manbalardan, Qur’on tavsifi va imlosi, Rasululloh SAVning tarjimai holi, Sahih hadislar to‘plami, Habashiston tarixi, Bag‘dod tarixi, geometriya, astranomiya, afsungarlik, musiqa, Islom tibbiyoti, farmakologiya kabi fanlarga oid yuzlab qo‘lyozmalar saqlanmoqda. Samarqanddagi saroy kutubxonasi juda mashhur bo‘lgan. Rus olimi Dmitriy Logofetning yozishicha, “Amir Temur hukmronlik qilgan dastlabki yillarda mazkur kutubxona Shahr

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируются взгляды на загадочную библиотеку эпохи тимуридов и рассматриваются научные исследования, связанные с ней.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируются взгляды на загадочную библиотеку эпохи тимуридов и рассматриваются научные исследования, связанные с ней. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mysterious library, lost books, Hazrat Bashir, Niyoztepa, Rampur Raza, Rampur Razo, Hazrati Bashir, g‘oyib bo‘lgan kitoblar, Sirli kutubxona, Kolber kolleksiyasi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники