Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KIBERXAVFSIZLIK VA SHAXSNING HUQUQIY IJTIMOIYLASHUVI: ZAMONAVIY TAHDIDLAR VA HIMOYA MEXANIZMLARI
Shokirov Bobur Tohirjon o’g’li · ASOSIY QISM
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan yuzaga kelgan kiberxavfsizlik muammolari, kibermakonning o‘ziga xos jinoyat turlari, shuningdek, shaxsning huquqiy ijtimoiylashuvi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xavfsizlik masalalari tahlil qilinadi. Kiberxavfsizlikni ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunlar, davlat siyosati va vakolatli organlar faoliyati yoritilib, shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi va raqamli muhitdagi xavfsizlik muhimligiga alohida urg‘u berilgan. Kalit so‘zlar: Kiberxavfsizlik, kibermakon, kiberjinoyat, shaxsiy ma’lumotlar, axborot xavfsizligi, ijtimoiy tarmoqlar, huquqiy ijtimoiylashuv, kiberhujum, O‘zbekiston qonunchiligi. ASOSIY QISM Bugungi kunda jahon miqyosida axborot texnologiyalarining rivojlanishi, XXI asr — axborot texnologiyalar asri bo‘lib qolganligi insonlar uchun qanchalik qulayliklar yaratgan bo‘lsa, shunchalik ularning hayoti va shaxsiy ma’lumotlariga tahdid soluvchi xavfsizlik muammolariga ham olib keldi. Insonlar o‘rtasida elektron pullardan foydalanish qulay bo‘lgani sari, ularga nisbatan hujumlar ham shuncha ortdi. Aynan ushbu sohalardagi xavfsizlik “Kiberxavfsizlik” orqali ta’minlanadi. Shuningdek, kibermakonda sodir bo‘layotgan jinoyatlar soni hozirgi kunda sezilarli darajada ortib bormoqda. Kibermakondagi jinoyatlarning boshqa jinoyatlardan farqi shundaki, bu jinoyatlarni shaxs masofadan turib sodir etadi, inson uni ko‘zi bilan ko‘rmaydi, bunda insonning hayotiga emas, balki ma’lumotlariga hujum qilinadi. Shu sababli bunday jinoyatlarga qarshi kurashish uchun mamlakatda samarali ishlaydigan organlar tizimini yaratish bugungi kunning kechiktirib bo‘lmas vazifasidir. Yangilanayotgan O‘zbekistonda ham hozirgi kungacha “Kiberxavfsizlik” masalasi bo‘yicha qonunchilik hujjatlari yetarli darajada emas edi. Chunki bu tushuncha va unga oid jinoyatlar so‘nggi yillarda juda tez sur’atda ommalashdi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasida kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, kiberjinoyatlarning oldini olish, kiberhujumlardan himoyalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2022-yil 15-aprelda “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda axborotlashtirish ob’ekti, kiberjinoyatchilik, kibermakon, kibertahdid, kiberxavfsizlik, kiberxavfsizlik hodisasi, kiberxavfsizlik ob’ekti, kiberxavfsizlik sub’ekti, kiberhimoya, kiberhujum, muhim axborot infratuzilmasi, ushbu infratuzilma ob’ektlari va sub’ektlari kabi tushunchalar mazmun-mohiyati bilan ochib berilgan. Qonun quyidagi prinsiplar bilan mustahkamlangan: qonuniylik, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi, kiberxavfsizlik sohasini tartibga solishga yagona yondashuv, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini ta’minlash, shuningdek, xalqaro hamkorlik uchun ochiqlik. O‘zbekiston Respublikasida kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini Prezident belgilaydi. Ushbu sohadagi vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hisoblanadi. 23 Mazkur xizmat quyidagi vazifalarni bajaradi: kiberxavfsizlik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish; qonunchilik ijrosini nazorat qilish; kiberxavfsizlik hodisalari yuzasidan tezkor-qidiruv va tergovga qadar tadbirlar olib borish; kiberhujumlarning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish; favqulodda vaziyatlarda axborot tizimlarini himoyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqish; muhim axborot infratuzilmasi ob’ektlarida kiberxavfsizlikni ta’minlash. Kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida sub’ektlar quyidagi huquqlarga ega: vakolatli davlat organidan kibertahdidlar, dasturiy ta’minot va uskunalardagi zaifliklar haqida ma’lumot olish; kiberhujumlarni aniqlash va bartaraf etish vositalari to‘g‘risida maslahat olish; o‘z kiberxavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Qonunga ko‘ra, kiberxavfsizlik sub’ekti sifatida milliy axborot resurslariga ega bo‘lish, ularni boshqarish, axborotni himoya qilish, axborot xizmatlari ko‘rsatish va tegishli huquq va majburiyatlarga ega yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, jumladan muhim axborot infratuzilmasi sub’ektlari tan olingan. Kiberxavfsizlik sub’ekti — bu ushbu sohadagi qarorlarni qabul qiluvchi va xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul shaxs yoki tashkilotdir. Ular turli xavflar — kiberhujumlar, ma’lumotlarning noqonuniy ishlatilishi, tizimlarga noqonuniy kirish —dan himoya qilishga mas’uldir. Kiberxavfsizlik sohasida shaxslarning o‘rni alohida ahamiyatga ega. Shaxslar — jismoniy shaxslar yoki tashkilot vakillari bo‘lib, ular kiberxavfsizlikka oid qoidalarga amal qilishlari va xavfsizlikni ta’minlashda ishtirok etishlari zarur. Bu esa huquqiy bilim va ko‘nikmalarni talab etadi. Jamiyat taraqqiyotida shaxsning o‘rni to‘g‘risida hozirgi zamon fanlari shuni ko‘rsatadiki, insonning rivojlanishi va o‘zgarishi uning ijtimoiylashuvi orqali amalga oshadi. Ijtimoiylashuv — bu shaxsning butun hayoti davomida turli
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan yuzaga kelgan kiberxavfsizlik muammolari, kibermakonning o‘ziga xos jinoyat turlari, shuningdek, shaxsning huquqiy ijtimoiylashuvi bilan bevosita bog‘liq b…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan yuzaga kelgan kiberxavfsizlik muammolari, kibermakonning o‘ziga xos jinoyat turlari, shuningdek, shaxsning huquqiy ijtimoiylashuvi bilan bevosita bog‘liq b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kiberhujum, axborot xavfsizligi, kiberjinoyat, kibermakon, huquqiy ijtimoiylashuv, Kiberxavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlar, O‘zbekiston qonunchiligi., ijtimoiy tarmoqlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025