К содержанию
РецензированоRU2026

O‘QISH SAVODXONLIGI DARSIDA BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QUVCHILARINING KREATIVLIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH

Abduraxmonova O‘g‘iloy Sharofiddinovna

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

В данной статье освещаются вопросы формирования креативного мышления учащихся начальных классов на уроках читательской грамотности. Автор останавливается на эффективных методах развития креативности, таких как работа с текстом, вопросы и ответы, создание проблемных ситуаций, использование визуальных средств. Подход учителя, интерактивность урока и создание условий для свободного мышления детей рассматриваются как важные факторы. В статье приведены не только теоретические подходы, но и практические примеры. Annotation: This article addresses the development of creative thinking skills in primary school students during reading literacy lessons. The author highlights effective methods for fostering creativity, such as working with texts, question-and-answer activities, creating problem situations, and using visual aids. The teacher's approach, lesson interactivity, and providing opportunities for students to express their thoughts freely are considered key factors. The article includes both theoretical perspectives and practical examples. Kalit so‘zlar: O‘qish savodxonligi, kreativlik, boshlang‘ich ta’lim, metodika, fikrlash, interaktiv dars, bolalar faoliyati, ta’lim tizimi, rolli o‘yinlar, ertak, mini-sahna ko‘rinishlar, zamonaviy, ko‘nikma, klaster, venn diagrammasi, insert usullar. Ключевые слова: Грамотность чтения, креативность, начальное образование, методика, мышление, интерактивный урок, деятельность детей, система образования, ролевые игры, сказка, мини-сценки, современный, навык, кластер, диаграмма Венна, метод INSERT. Keywords: Reading literacy, creativity, primary education, methodology, thinking, interactive lesson, children’s activity, education system, role-playing games, fairy tale, mini- scenes, modern, skill, cluster, Venn diagram, INSERT method. Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida bolalarning tafakkuri, dunyoqarashi va kreativlik qobiliyatlarini shakllantirish kelajakda ularning mustaqil fikrlovchi shaxs bo‘lib yetishishida muhim rol o‘ynaydi. O‘qish savodxonligi darsi esa bu jarayonda asosiy vositalardan biri bo‘lib, o‘quvchilarda adabiy-estetik didni, matn bilan ishlash ko‘nikmasini, obrazli fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi. 48 O‘qish savodxonligi va kreativlik tushunchalari O‘qish savodxonligi bu — o‘quvchilarning matnni tushunishi, tahlil qilishi va unga munosabat bildira olish qobiliyatidir. Kreativlik esa — yangicha fikrlay olish, mavjud muammolarga noodatiy yechimlar topish, ijodkorlik bilan yondashish demakdir. Ushbu ikki tushuncha o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, o‘quvchining o‘qigan matni asosida obrazlar yaratishi, suhbatga kirishishi, rol o‘ynashi uning kreativ tafakkurini rivojlantiradi. Kreativlikni rivojlantirishda o‘qish savodxonligi darsining o‘rni Kreativlikni shakllantirish uchun o'qituvchi bir nechta usullardan foydalanishi mumkin. Misol uchun, darsda ochiq savollar berish, rasm asosida hikoya tuzish, yakunlanmagan matnni davom ettirish, rolli o'yinlar tashkil etish - bularning barchasi bolalarning erkin va noodatiy fikrlashiga turtki bo'ladi. Shuningdek, bolalar o'rtasida kichik guruhlarda ish olib borish, o'z fikrlarini himoya qilishga o'rgatish ham kreativlikni kuchaytiradi. O‘qish darslarida kreativlikni shakllantirish uchun quyidagi usullar samarali hisoblanadi:  Rolli o‘yinlar — ertak yoki hikoya asosida qahramonlar obrazini gavdalantirish.  Matn asosida rasm chizish — o‘quvchi matndan olgan taassurotini tasviriy ifodalash orqali o‘z dunyoqarashini namoyon qiladi.  Erkin ijodiy topshiriqlar — “Agar sen qahramon bo‘lsang, nima qilarding?”, “Qanday yakunni xohlaysan?” kabi savollar orqali o‘quvchi mustaqil fikrlashga undaladi.  Mini-sahna ko‘rinishlari — o‘quvchilar hikoya yoki ertakni jonlantirib ijro etadilar.  Ijodiy yozuv mashqlari — ertak yozish, she’r tuzish, yangi qahramon yaratish. Dars jarayonida kreativlikni shakllantirish misollari Masalan, “Zumrad va Qimmat” ertagini o‘qigan o‘quvchilarga quyidagicha topshiriqlar berilishi mumkin:  “Agar sen Zumrad bo‘lsang, boshqa qanday yo‘l tutarding?”  “Senga yoqmagan joyini o‘zgartirib yoz.”  “Bu ertakka zamonaviy davrda sodir bo‘lgan voqealar asosida davom yoz.” Bu kabi topshiriqlar bolalarda o‘z fikrini erkin bayon qilish, voqealarga turlicha qarash, yangi g‘oya ishlab chiqish ko‘nikmasini hosil qiladi. O‘qituvchining roli Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kreativlikni shakllantirishda quyidagilarga e’tibor qaratishi kerak:  O‘quvchilarning har qanday fikrini qadrlash va rag‘batlantirish;  O‘quvchini erkin fikrlashga undovchi savollar berish;  Turli metod va texnologiyalar (klaster, Venn diagrammasi, insert usuli)dan foydalanish;  O‘quv muhitini qulay, ishonchli va ijodiy muhitga aylantirish. O‘qitishda muammoli ta’limdan foydalanish ham, kreativ qobiliyatni shakllantirishda samarali hisoblanadi. O‘quvchilarning biror-bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog‘liq bo‘lgan ta

Доказательный фрагмент

«В данной статье освещаются вопросы формирования креативного мышления учащихся начальных классов на уроках читательской грамотности.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье освещаются вопросы формирования креативного мышления учащихся начальных классов на уроках читательской грамотности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Reading literacy, creativity, primary education, methodology, thinking, ertak, insert usullar., O‘qish savodxonligi, rolli o‘yinlar, metodika, ko‘nikma, interaktiv dars, klaster, kreativlik, zamonaviy, bolalar faoliyati, venn diagrammasi, ta’lim tizimi, boshlang‘ich ta’lim, fikrlash, mini-sahna ko‘rinishlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники