К содержанию
РецензированоUZ1990

QASHQADARYO VILOYATIDA TIBBIYOT TIZIMI

Xasanov Rustamjon

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 1990

Аннотация

Mazkur maqolada Mustaqillik yillarida Qashqadaryoda sog‘liqni saqlash sohasida muayyan o‘zgarishlar amalga oshirilganligi hamda tibbiyot sohasining rivojlanishi va istiqbollari haqida ma`lumot beriladi. Viloyatda amalga oshirilgan islohotlarning natijasi sifatida zamonaviy kasalxonalar, ixtisoslashgan tibbiyot markazlari ochilganligi, sog‘liqni saqlash muassasalari ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlanganligi va Tibbiyot kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish haqida yoritilgan. Qashqadaryo viloyati O‘zbekiston Respublikasining janubiy hududlaridan biri bo‘lib, aholining sog‘lig‘ini saqlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari doimiy e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Mustaqillik yillaridan boshlab viloyatda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, yangi tibbiyot muassasalarini barpo etish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda tibbiyot tizimini yanada rivojlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish va aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, qishloq joylarida tibbiy xizmat sifati va mavjud muassasalar sonini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qashqadaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimining shakllanishi. Sovet davrida viloyatda sog‘liqni saqlash tizimi markazlashgan boshqaruv tizimiga asoslangan bo‘lib, diagnostika va davolash imkoniyatlari cheklangan edi. Hududiy tibbiyot muassasalari yetarli bo‘lmagan, mavjud kasalxonalar esa eskirgan uskunalar bilan ishlardi. 1990-yillarga kelib, mavjud tizim aholining ehtiyojlarini to‘liq qondira olmasligi yanada yaqqol sezildi. Shu sababli, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng sog‘liqni saqlash sohasini tubdan isloh qilishga kirishildi. Mustaqillikdan so‘ng, O‘zbekiston hukumati tomonidan tibbiyot sohasiga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Qashqadaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimi to‘liq modernizatsiya qilinib, yangi muassasalar qurildi, mavjud shifoxonalar esa rekonstruksiya qilindi. Shu bilan birga, diagnostika va davolash jarayonlari uchun ilg‘or texnologiyalar joriy etildi. Yuqumli kasalliklarning oldini olishda tibbiyotning sanitariya-epimidologiya tarmogʻi muhim oʻrin egallaydi. Viloyatimizda ushbu tarmoq markazi dastlab 1943 yilda tashkil etilgan bu markazlar va ular bir nechta xonalarda joylashgan boʻlib, jamoada 9 ta yoʻgʻi bitta yuk mashinasi xizmat qilardi. Tropstasiya xodimlari transport oʻrniga ot, eshak va aravalardan foydalanganlar. Dezinfeksiyalovchi dorilar oddiy supurgilar yordamida sepilgan. Tumanlarda hatto oʻtgan asrning oltmishinchi yillarida ham shtat boʻyicha 7 ta oʻrniga 1,2 kishi ishlashiga toʻgʻri kelgan. [1.4] XX asrning 60-yillaridan boshlab Viloyat sogʻliqni saqlash boʻlimiga Gʻ.A.Azimov (1964- 1966 yillar), B.P.Aminov (1966-1968 yillar), B.X.Vafoqulov (1968-1976 yillar), A.A.Akbarov (1976-1985 yillar), R.U.Shodmonova (1985-1990 yillar) va S.N.Rustamov (1990-1996 yil)lar 163 ` raxbarlik qilishdi. Ular rahbarlik qilgan paytlarda Qarshi choʻlida yangi tashkil etilgan Kasbi, U.Yusupov, Muborak va Nishon tumanlarida zamonaviy markaziy markaziy shifoxonalar qurildi, shifoxona va ambulatoriyalarning moddiy-texnik bazalari ancha mustaxkamlandi, kadrlar hamda dori-darmonlar bilan ta'minlash yaxshilandi. [2.11] Tibbiyot sohasidagi islohotlar va rivojlanish bosqichlari O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, sog‘liqni saqlash sohasida bir necha muhim islohotlar amalga oshirildi. Xususan: 1996-yil - "O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. 1998-2005-yillar - "Tibbiyot islohotlarining tarkibiy bosqichi" doirasida tibbiyot muassasalari modernizatsiya qilindi. 2003-2011-yillar - "Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish dasturi" asosida qishloq vrachlik punktlari (QVP) tashkil qilindi. 2017-yildan boshlab - Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sog‘liqni saqlash sohasida yangi islohotlar amalga oshirilib, tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga katta e’tibor qaratildi. O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 27-noyabrdagi 309-sonli buyrug‘i asosida«Xonadonda antropometriyani o‘tkazishda amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha yo‘riqnoma» ishlab chiqildi.Ushbu me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Qashqadaryo viloyati tajriba sifatida olindi. [3.] O‘zbekistonning chekka hududlardagi birlamchi bo‘g‘in tibbiyot tizimi uchun “Qishloq shifokori” dasturi joriy qilindi. Bu dasturga muvofiq olis hududlardagi birlamchi bo‘g‘inga ishga kirgan tibbiyot xodimlariga 30 million so‘m miqdorida bir martalik pul mablag‘i beriladi, ular xizmat uyi bilan ta’minlanadi yoki ijara to‘lovi kompensatsiya qilindi. [4.] Viloyatda amalga oshirilgan islohotlarning natijasi sifatida zamonaviy kasalxonalar, ixtisoslashgan tibbiyot markazlari ochildi, sog‘liqni saqlash muassasalari ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlandi. Natijada, aholining tibbiy xizmatga bo‘lgan qoniqish darajasi sez

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Mustaqillik yillarida Qashqadaryoda sog‘liqni saqlash sohasida muayyan o‘zgarishlar amalga oshirilganligi hamda tibbiyot sohasining rivojlanishi va istiqbollari haqida ma`lumot beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Mustaqillik yillarida Qashqadaryoda sog‘liqni saqlash sohasida muayyan o‘zgarishlar amalga oshirilganligi hamda tibbiyot sohasining rivojlanishi va istiqbollari haqida ma`lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, shifokor, fidoiylar, dori – dormon, islohotlar, profilaktika, Qashqadaryo., shifoxona, tibbiyot kadrlari, Sog’liqni saqlash tizimi, tibbiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники