К содержанию
РецензированоUZ2025

TRANSPORT VOSITALARINI QAYTA JIHOZLASHDA YOʻL-TRANSPORT HODISALARIGA OLIB KELUVCHI OMILLARNI OLDINI OLISH

N. Abduraximov · X. Baynazarov · B. Axmatohunov

Современное образование и развитие · 7 · 2025

Аннотация

Qayta jihozlangan transport vositalari bilan sodir boʻlgan yoʻl- transport hodisalari (YTH) statistikasi va ularning sabablari haqida ma’lumotlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: Avtomototransport, modifikatsiyasi, qayta jihozlangan transport vositalari, boshqaruv tizimining nosozligi. KIRISH. Transport vositalarining qayta jihozlanishi (modifikatsiyasi) sohasida texnologiyalar va sanoatning rivojlanishi natijasida, bir nechta yangi xususiyatlar, imkoniyatlar va mahsulotlar paydo boʻlgan. Biroq, bu jarayonning salbiy tomonlari ham mavjud, chunki qayta jihozlashda xavfsizlikka oid ba'zi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, qayta jihozlangan transport vositalari bilan sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalari (YTH) statistikasi va ularning sabablari ham muhim masala hisoblanadi. ASOSIY QISM. Qayta jihozlash jarayonining mohiyati transport vositalarini qayta jihozlash, ularni yangi texnologiyalar, qismlar yoki asbob-uskunalar bilan yangilashni anglatadi. Bu jarayon, odatda, transport vositasining turini yoki uning ishlash xususiyatlarini o'zgartirishga yo'naltiriladi. Masalan, avtomobillarga qo'shimcha xavfsizlik tizimlari, yuk tashish uchun moslashtirish, yoki o'zgartirilgan dizaynlar qo'shilishi mumkin. Biroq, qayta jihozlashda ayrim hollarda xavfsizlik me'yorlariga rioya qilmaslik yoki transport vositasining texnik xususiyatlarining o'zgartirilishi, harakatlanish va boshqarish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Shuningdek, bu vositalar dastlabki ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan standartlarga javob bermasligi mumkin. Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 39 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Qayta jihozlashning xavfsizlikka ta'siri har doim ham ijobiy bo'lmaydi. Ko'plab holatlarda, transport vositasi qayta jihozlanganida, uning tuzilishi, dvigatel quvvati yoki boshqaruv tizimlari o'zgartiriladi. Bu holatlar haydovchilarning e'tiborini chalg'itishi, yoki transport vositasining boshqaruvini qiyinlashtirishi mumkin. Agar transport vositasi noto'g'ri qayta jihozlansa, bu noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Misol uchun, og'ir yuk tashuvchi avtomobillarni yo'l sharoitlariga moslashtirishda, ularning ko'rish maydonini yomonlashtirish yoki boshqarish tizimlarini zaiflashtirish mumkin, bu esa YTH xavfini oshiradi. Qayta jihozlangan transport vositalarining yo'l-transport hodisalariga sabab bo'lishi ko'pincha quyidagi omillar bilan bog'liq bo’ladi. 1. Boshqaruv tizimining nosozligi. Qayta jihozlash jarayonida transport vositasining boshqaruv tizimi (masalan, tormoz, muvozanat yoki elektron tizimlar) noto'g'ri sozlanishi mumkin. Bu esa, masalan, tormozlashning kechikishiga olib kelishi yoki burilishlarni bajara olmaslikka sabab bo'lishi mumkin. 2. Texnik nosozliklar. Qayta jihozlashda foydalaniladigan ehtiyot qismlar va materiallar dastlabki ishlab chiqaruvchining standartlariga mos kelmasligi mumkin. Bu esa vositaning ishlashiga ta'sir qilishi va transport vositasining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. 3. Haydovchining ehtiyotsizligi. Boshqa sabablar bilan birga, qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarish yangi va tajribasiz haydovchilarga qiyin bo'lishi mumkin. Ular vositaning yangi xususiyatlarini to'g'ri ishlata olmasliklari yoki moslashtirilgan texnikaviy xususiyatlarni e'tiborsiz qoldirishlari mumkin. 4. Yo'l sharoitlariga moslashuvchanlik. Qayta jihozlangan transport vositalari, ayniqsa og'ir yuk tashuvchi yoki maxsus texnika, ayrim yo'l sharoitlarida noto'g'ri ishlashi mumkin. Bu esa, xavfli holatlarni yaratadi va yo'l-transport hodisalarini keltirib chiqaradi. Transport vositalarini qayta jihozlash so'nggi yillarda ko'plab haydovchilar orasida ommalashgan bo'lsada, bu o'z-o'zidan xavfsizlikka tahdid soluvchi omillarni ham keltirib chiqaradi. Qayta jihozlangan transport vositalari ko'pincha original ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan standartlardan chetga chiqadi, natijada yo'l Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 40 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT harakati qoida buzarliklari ko'payadi va yo'l-transport hodisalarining soni ortadi. Yo‘l harakati qoidalarining yo‘lovchilar tomonidan buzilishi faqat ularning salomatligiga хavf soladi, balki transport vositalari haydovchilarining bunday хattiharakatlari o‘zlari, ham yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari – boshqa transport vositalarining egalari, yo‘lovchilar va ayniqsa, piyodalar uchun og‘ir oqibatlarga olib kеlishi bilan хavflidir. Statistika ma’lumotlari shundan dalolat bеradiki, rеspublika hududida har yili o‘rtacha 9–10 mingta yo‘l-transport hodisasi ro‘y bеradi. Ularning 2 mingdan ortigi odamlar qurbon bo‘lishiga olib kеlmoqda.Bular ichida qayta jihozlangan transport vosiytalari ham mavjud. XULOSA. Qayta jihozlangan transport vositalari va ular bilan sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalari dolzarb masaladir. Bunday vositalarning xavfsizligi va texnik holati doimiy ravishda monitoring qilinishi zarur. Shuningdek, qayta jihozlash jarayonida texnik me'yorlarga rioya qilish, haydovchilarni tegishli malaka va ko'nikmalar bilan ta

Доказательный фрагмент

«Qayta jihozlangan transport vositalari bilan sodir boʻlgan yoʻl- transport hodisalari (YTH) statistikasi va ularning sabablari haqida ma’lumotlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Qayta jihozlangan transport vositalari bilan sodir boʻlgan yoʻl- transport hodisalari (YTH) statistikasi va ularning sabablari haqida ma’lumotlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
modifikatsiyasi, Avtomototransport, boshqaruv tizimining nosozligi., qayta jihozlangan transport vositalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники