К содержанию
РецензированоUZ2025

INDIVIDUAL INVESTORLAR PORTFELI SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARI

BAHOLASH USULLARI

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada individual investorlar portfeli samaradorligini baholash usullaridan ba’zisi o‘rganilgan. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘milgan zamonda investorlar o‘z mablag‘larini qay usulda orttirishlari to‘g‘rida turli sohalarga investitsiya kiritishda muhim ahamiyat kasb etgan qaror qabul qilish boshqichida bir to‘xtamga kelishda qiynalishadi. Maqolaning asosiy maqsadi ushbu qiynalishlarda investitsiya faoliyatiga o‘z hissasini qo‘shayotgan o‘zbekzabon hamyurtlarimizga kamtarona yordam o‘laroq investorlar optimal portfel shakllantirishi uchun samarali metodlarni tavsiya etishdan iborat. Tadqiqot davomida diversifikatsiya darajasini o‘lchash va beta koeffitsienti yordamida riskni baholash metodlari qo‘llanildi. Olingan natijalar individual investorlarga riskni minimallashtirish, portfelni barqarorlashtirish va daromadlilikni oshirish imkonini beruvchi yondashuvlarning muhimligini ko‘rsatdi. Maqola natijalari amaliy investitsiya qarorlarini qabul qilish va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish uchun amaliy ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: investitsiya, investitsiya samaradorligi, portfel investitsiya, aksiyalar, diversifikatsiya, moliya bozori, risk, daromadlilik, beta koeffitsiyenti, rentabellik. Kirish. Hozirgi iqtisodiy raqobat sharoitida individual investorlar moliyaviy barqarorlik va daromadlilikni ta’minlash maqsadida o‘z investitsiya portfellarini shakllantirishga katta e’tibor qaratmoqdalar. Portfel investitsiyasi – bu investitsion aktivlar to‘plami bo‘lib, u investorning riskga bo‘lgan munosabati, kutilayotgan daromad va bozor sharoitlariga qarab shakllantiriladi. Portfel samaradorligini baholash esa investorning moliyaviy qarorlarini to‘g‘ri qabul qilishi uchun muhim vosita Выпуск журнала №-25 Часть–1_ Май –2025 278 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT hisoblanadi. Ushbu qarorlarni qabul qilishga sabab bo‘ladigan investorlar uchun eng muhim omil hisoblandan metod bu diversifikatsiya darajasini o‘lchashdir. Shuningdek, zamonaviy investitsiya amaliyotida portfel samaradorligini baholash jarayonida risk va rentabellik o‘rtasidagi optimal muvozanatni topish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda Harry Markowitz tomonidan ishlab chiqilgan Zamonaviy Portfel Nazariyasining o‘rni beqiyosdir. Investorlar nafaqat kapitalga, balki moliyaviy bilim va tahlil ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishlari, qarorlarni puxta hisob-kitob asosida qabul qilishlari zarur. Globallashuv va iqtisodiy raqobat sharoitida investitsiya imkoniyatlari ortayotgan bo‘lsa-da, ular bilan birga risklar ham ko‘paymoqda. Shu sababli, portfel diversifikatsiyasi va risklarni chuqur tahlil qilish individual investorlar uchun dolzarb masalalardan biriga aylangan. NAZARIY ASOSLAR Portfel investitsiyasining nazariy asoslari. Portfel investitsiyasi — bu turli aktivlardan iborat to‘plam shakllantirib, umumiy riskni kamaytirish va kutilayotgan daromadni maksimal darajada oshirishga qaratilgan investitsiya faoliyatidir. Investorlar o‘zlarining moliyaviy maqsadlari, riskga bo‘lgan munosabati va bozor sharoitlariga qarab portfel tarkibini belgilaydilar. Zamonaviy portfel nazariyasi (MPT) asoschisi H. Markowitz portfel shakllantirishda aktivlar o‘rtasidagi korrelyatsiyani hisobga olish zarurligini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, aktivlar o‘zaro past korrelyatsiyaga ega bo‘lsa, portfel riskini sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Portfel investitsiyasi — bu investorlarga o‘z mablag‘larini turli investitsion aktivlarga tarqatish orqali riskni kamaytirish va daromadni oshirish imkonini beradigan strategik faoliyatdir. Portfel — bu bir yoki bir nechta aktivlardan tashkil topgan investitsion to‘plam bo‘lib, har bir aktiv o‘zining daromadlilik va risk darajasi bilan portfelning umumiy samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Portfel shakllantirishda asosiy maqsad — risk va rentabellik o‘rtasida optimal muvozanatni ta’minlashdir. Rentabellik bu — investitsiya natijasida olingan sof foydaning boshlang‘ich investitsiyaga nisbati bo‘lib, investitsiyaning iqtisodiy samaradorligini ko‘rsatadi. Formulaviy tarzda rentabellik quyidagicha ifodalanadi: Выпуск журнала №-25 Часть–1_ Май –2025 279 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Yakuniy qiymat − Boshlang′ich qiymat 𝑅𝑒𝑛𝑡𝑎𝑏𝑒𝑙𝑙𝑖𝑘 = × 100 Boshlang′ich qiymat Bunda daromadlilik — investor uchun investitsiya ob’ektidan kutilayotgan moliyaviy natijalarni ifodalaydi. Daromadlilik faqat investitsiyaning foydaliligi emas, balki uning ma’lum bir risk darajasidagi samaradorligi hamdir. Shu sababli, daromadlilik va risk o‘rtasidagi muvozanat — har qanday portfel strategiyasining asosiy mezonidir. Davlat iqtisodiyoti portfel investitsiyasi faoliyatiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Birinchidan, makroiqtisodiy barqarorlik, ya'ni past inflyatsiya darajasi, ishonchli moliya siyosati, iqtisodiy o‘sish sur’atlari — investorlarning ishonchini mustahkamlovchi asosiy omillardir. Ikkinchidan, davlat tomonidan moliya bozorlari uchun yaratilgan infratuzilma va huquqiy baza (masalan, qimmatli qog‘ozlar bozori, tartibga solish organlari, investorlar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada individual investorlar portfeli samaradorligini baholash usullaridan ba’zisi o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada individual investorlar portfeli samaradorligini baholash usullaridan ba’zisi o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
diversifikatsiya, investitsiya samaradorligi, daromadlilik, risk, rentabellik., moliya bozori, investitsiya, beta koeffitsiyenti, portfel investitsiya, aksiyalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники