К содержанию
РецензированоUZ2025

DINNING EKOLOGIYAGA TA’SIRI

DINNING EKOLOGIYAGA TA’SIRI · Ochilov Ulug’bek · Ilmiy rahbar: Samatov. X.

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada dinning ekologik muammolarga munosabati, diniy e’tiqodlar va qadriyatlarning tabiatni asrashdagi roli o‘rganiladi. Jumladan, islom dini doirasida insonning tabiat oldidagi mas’uliyati, ekologik adolat, resurslardan oqilona foydalanish va hayvonot hamda o‘simlik olamiga bo‘lgan munosabat diniy manbalar asosida tahlil qilinadi. Ekologik inqirozga qarshi kurashda diniy tashkilotlar va ulamolarning faol ishtiroki ham yoritiladi. Kalit so‘zlar: din, ekologiya, islom, tabiatni muhofaza qilish, mas’uliyat, Qur’on, hadis. Hozirgi kunda ekologik muammolar insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biridir. Atmosfera ifloslanishi, suv tanqisligi, global isish, o‘rmonlarning kesilishi kabi ekologik muammolar barcha jamiyatlar uchun tahdid solmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, insoniyatning turli qadriyatlari, jumladan, diniy e’tiqodlar ekologiyani saqlashda muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada din, xususan, islom dinining ekologiyaga bo‘lgan ta’siri tahlil qilinadi. Din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongini, yashashdan maqsadi hamda taqdirini bevosita qurshab olgan, atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, insonni yaratgan, ayni zamonda unga birdan-bir «to‘g‘ri», «haqiqat» va «odil» hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rganadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir. Dunyoviy va ilmiy nuqtai nazardan qaralganda, din – bu kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining muayyan bosqichida shakllangan ijtimoiy-tarixiy hodisa hisoblanadi. U insoniyat tafakkuri, madaniyati va ijtimoiy hayotining ajralmas bir Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 345 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qismi bo‘lib, odamzodning olam va mavjudotga bo‘lgan munosabati, ularni anglash, tushunish va izohlashga qaratilgan alohida idrok tizimidir. Din o‘z mohiyatiga ko‘ra, insonning ruhiy-ma’naviy ehtiyojlariga javob beruvchi, hayotni ma’nolantiruvchi ishonch, e’tiqod va tuyg‘ular majmuasini ifodalaydi. U muayyan aqidalar, diniy ta’limotlar, rasm-rusum va ibodatlar, shuningdek, diniy tashkilotlarning faoliyati orqali jamiyat hayotida faol ishtirok etadi. Tarixiy jihatdan olganda, diniy tasavvurlar odamzod jamiyatining ilk bosqichlaridan boshlab shakllanib, insoniyat taraqqiyoti davomida turli shakllarda rivojlanib kelgan. Jumladan, din inson hayotida ko‘plab vazifalarni – ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy, ruhiy va kompensator (ovutuvchi, ma’naviy bo‘shliqni to‘ldiruvchi) vazifalarni bajaradi. Inson o‘z hayotida duch kelgan murakkab holatlar, muammolar, umidsizlik va maqsadsizlik paytlarida ko‘pincha din orqali ma’naviy taskin topadi, ichki tinchlik va sabr topishga intiladi. Din – bu shunchaki e’tiqod tizimi emas, balki insonning hayotga bo‘lgan yondashuvini shakllantiruvchi, uni yo‘naltiruvchi va ma’naviy jihatdan boyituvchi kuchdir. Inson doimiy ehtiyojlar ichida yashaydi: u ba’zida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erisholmaydi, hayotiy sinovlarga duch keladi, ichki iztiroblarni boshdan kechiradi. Ana shunday pallalarda u bir tayanch, ruhiy kuch, ichki barqarorlikni izlaydi va ko‘pincha uni din orqali topadi. Darhaqiqat, dunyoda dini, ishonchi, e’tiqodi yo‘q xalq, elat yoki millat yo‘qdir. Chunki har qanday jamiyatda, hatto zamonaviy sekulyar davrlarda ham, odamlar hayotining biron-bir qirrasida diniy qadriyatlar, e’tiqod shakllari mavjud bo‘ladi. Din – bu insoniyat ongining ajralmas bir qismi bo‘lib, u jamiyatda axloqiy me’yorlarni shakllantiradi, ijtimoiy birdamlikni ta’minlaydi va ma’naviy rivojlanishga turtki beradi.1 Islom dini atrof-muhitni muhofaza qilish masalasiga katta e’tibor beradi. Bu boradagi ko‘rsatmalarni Qur’oni karim oyatlarini o‘rganish orqali chuqur anglab olish mumkin. Islom – bu inson, borliq va Yaratgan o‘rtasidagi bog‘liqlikni izohlovchi, 1 Al-Qaradawi, Yusuf. “Islam and the Environmental Crisis”, The Islamic Foundation, 2001. Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 346 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT chuqur ma’naviy-axloqiy mezonlarni o‘zida mujassam etgan yuksak din sanaladi. Shu sababli islomda inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar bejizga emas, balki Yaratganning qudrati, hikmati va rahmatini anglash, tafakkur qilish, hamda Unga ibodat etishga chorlovchi jihat sifatida ko‘riladi. Tabiatdagi har bir unsur – daraxt, suv, hayvon va boshqa mavjudotlar – inson uchun nafaqat ne’mat, balki uni asrash mas’uliyatini ham yuklaydi. Qur’oni karimda inson tabiatning bir bo‘lagi ekani, u tabiatdan foydalanishda ehtiyotkorlik bilan, adolat bilan ish yuritishi kerakligi qayta-qayta ta’kidlanadi. “An’om” surasining 38-oyatida harakat qiluvchi va uchuvchi barcha jonivorlar ham insonga o‘xshash ummatlar ekani aytiladi. Bu esa ularning ham Yaratgan oldida o‘ziga xos o‘rni borligini bildiradi. “Baqara” surasining 205-oyatida esa yer yuzida buzg‘unchilik qilish, ya’ni o‘simliklar va hayvonot olamini nobud etish keskin qoralangan. Bu oyatlar orqali tabiatga nisbatan e’tiborsizlik yoki zarar yetkazish – ilohiy buyrug‘ga qarshi chiqishdek baholanadi. Shuningdek, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada dinning ekologik muammolarga munosabati, diniy e’tiqodlar va qadriyatlarning tabiatni asrashdagi roli o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada dinning ekologik muammolarga munosabati, diniy e’tiqodlar va qadriyatlarning tabiatni asrashdagi roli o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
islom, din, tabiatni muhofaza qilish, hadis., Qur’on, ekologiya, mas’uliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники