К содержанию
РецензированоUZ2025

NLP TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA ELEKTRON DAVLAT XIZMATLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH

XIZMATLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH · Mamasoliyev Jasurbek · Ganiyev Boburjon

Современное образование и развитие · 18–26 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing-NLP) texnologiyalaridan foydalanish orqali elektron davlat xizmatlarining samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va sun’iy intellekt imkoniyatlari, xususan NLP, davlat xizmatlarida fuqarolar bilan muloqot sifatini oshirish, arizalarni avtomatik qayta ishlash, savol-javob tizimlarini rivojlantirish hamda foydalanuvchi ehtiyojlarini tezkor aniqlashda katta ahamiyat kasb etadi. Maqolada NLP texnologiyalarining amaliy jihatlari, joriy etish bosqichlari va ularning samaradorlikka ta’siri keng yoritiladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston tajribasi va xalqaro tajribalar o‘rganilib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Kalit so‘zlar: NLP, tabiiy tilni qayta ishlash, elektron davlat xizmatlari, sun’iy intellekt, samaradorlik, chatbot, foydalanuvchi tajribasi, avtomatlashtirilgan tizimlar. XXI asrda davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) roli keskin ortib bormoqda. Elektron davlat xizmatlari nafaqat davlat va fuqarolar o‘rtasidagi aloqalarni soddalashtiradi, balki byurokratiyani kamaytiradi, korrupsiya xavfini pasaytiradi va fuqarolar ehtiyojlariga tezkor javob qaytarish imkonini beradi. Shu jarayonda sun’iy intellekt va, ayniqsa, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) texnologiyalaridan foydalanish dolzarb masala hisoblanadi. Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 278 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Davlat harakat strategiyasining asosiy harakatlantiruvchi kuchi — bu davlatning o‘zi va uning tarkibiy organlari hisoblanadi. Islohotlarning muvaffaqiyati va ularning kafolati bevosita davlatning samarali faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, u mamlakat taraqqiyoti yo‘lidagi eng muhim omillardan biri sanaladi. Davlat boshqaruv sohasidagi tajribasi va mahorati bilan uzoq muddatli reja va strategiyalarni ishlab chiqadi, siyosiy hamda ijtimoiy jarayonlarni uyg‘unlashtirib boshqaradi, aholining faolligini oshirib, ularni umumiy maqsadlar yo‘lida safarbar qiladi. Shuningdek, davlat resurslardan oqilona, samarali va adolatli foydalanish orqali harakat strategiyasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, davlat va jamoat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilmasdan turib, mamlakatning umumiy hayotini va rivojlanish jarayonlarini yangilash, zamonaviy talablar darajasiga olib chiqish deyarli imkonsizdir. Modernizatsiya nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki boshqaruv tizimlarining samaradorligini oshirishga, ularning sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Buning natijasida menejment tizimlari ham yangi sifat mezonlari asosida faoliyat yuritishga o‘tadi, bu esa barcha sohalarda islohotlarni amalga oshirishga zamin yaratadi. Umuman olganda, davlat strategiyasi va islohotlarni amalga oshirish jarayoni murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, unda har bir bosqich muhim ahamiyat kasb etadi. Agar davlat o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarni aniq belgilab, ularni bajarish yo‘lida qat’iy harakat qilsa, mamlakat taraqqiyoti, fuqarolar farovonligi va boshqaruv tizimining sifat jihatdan yangilanishi ta’minlanadi. Shuni ham aytish joizki, hozirgi kunda davlat xizmatlari fuqarolar hayotida eng muhim ijtimoiy funksiyalardan biri hisoblanadi. Ammo amaldagi xizmat ko‘rsatish jarayonlari ko‘plab muammolarga duch kelmoqda. Byurokratik to‘siqlar, keraksiz qog‘ozbozlik, ortiqcha vaqt sarfi hamda resurslarning yetarlicha samarali ishlatilmasligi bunga asosiy misollardir. Shu sababli davlat organlarining xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va jarayonlarni soddalashtirish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 279 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Bugun sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari davlat sektorida tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. SI yordamida xizmat ko‘rsatish jarayonlari nafaqat tezlashtiriladi, balki aniqlik va samaradorlik ham oshiriladi. Fuqarolar bilan muloqotni optimallashtirish orqali esa ularning tajribasi sezilarli darajada yaxshilanadi. Shuningdek, sun’iy intellektning katta hajmdagi ma’lumotlar to‘plamini qayta ishlash va chuqur tahlil qilish imkoniyati davlat organlariga turli xizmatlarni ko‘rsatish jarayonlarini yanada samarali va optimallashtirilgan tarzda amalga oshirishga yo‘l ochadi. Masalan, sog‘liqni saqlash, transport yoki ijtimoiy yordam tizimlari kabi sohalarda sun’iy intellekt fuqarolarning fikr-mulohazalari, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlar hamda turli sensorlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilib, mavjud samaradorlik muammolarini aniqlashi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berishi mumkin. Bugungi kunda hukumatlar resurslarni yanada oqilona taqsimlash hamda kelajakdagi tendensiyalarni oldindan bashorat qilish maqsadida sun’iy intellekt vositalaridan tobora ko‘proq foydalanmoqda. Masalan, AI asosidagi ilovalar davlat xizmatlariga talab darajasini prognoz qilishi, qayerda va qanday resurslar zarurligini oldindan aniqlashi mumkin, bu esa resurslarnin

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing-NLP) texnologiyalaridan foydalanish orqali elektron davlat xizmatlarining samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing-NLP) texnologiyalaridan foydalanish orqali elektron davlat xizmatlarining samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
chatbot, foydalanuvchi tajribasi, tabiiy tilni qayta ishlash, samaradorlik, avtomatlashtirilgan tizimlar., elektron davlat xizmatlari, sun’iy intellekt, NLP
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники