К содержанию
РецензированоUZ2020

BOSHLANG’ICH TAʼLIM TABIIY FANLARIDA EKSKURSIYA DARSLARINI TASHKIL QILISH

DARSLARINI TASHKIL QILISH · Alimardonova Mo’tabar Xolmoʻminova (Shahrisabz davlat Pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi) · Abdurahmonova Mohichehra Mumin qizi (Shahrisabz davlat Pedagogika instituti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi) · Qoryogʻdiyeva Mohinur Oybek qizi (Shahrisabz davlat Pedagogika instituti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi)

Современное образование и развитие · 2020

Аннотация

Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda tabiiy fan darslarini tashkil etish, tabiiy fan darslarida jonli burchaklar tashkil qilish, oʻquvchilarni amaliy mashgʻulot ishlariga jalb qilish, turli maktab ichkarisi va maktab tashqarisiga ekskursiyalarga olib chiqish, ekskursiyaga chiqish tartib va qoidalari bilan tanishtirish hamda tabiiy fan oʻqituvchisining amaliy ishlari haqida maʼlumotlar berilgan. Kalit soʻzlar. Zamonaviy oʻqituvchi, yaxshi oʻqituvchi , zamonaviy taʼlim, amaliy dars, ekskursiya, virtual ekskursiya, maktab ichida va maktab tashqarisiga ekskursiyalar. Bugungi kunning dolzarb masala va talablaridan biri sifatida yaxshi zamonaviy oʻqituvchi imidjini yaratish deya aytish mumkin. Masalan, yaxshi oʻqituvchi boʻlish mumkin, ammo zamonaviy oʻqituvchi boʻlish qiyin. Zamonaviy oʻqituvchi zamonaviy taʼlimga mosdir. Zamonaviy oʻqituvchi yangi texnologiya va yangi amaliyot darslar bilan qurollangan oʻqituvchidir. Shu maqsadda 2020-yil ,, Milliy oʻquv dasturi", 2019-2020-yillarda STEAM texnologiyasining joriy etilishi ham aynan Oʻzbekistonda zamonaviy oʻqituvchi va zamonaviy darslarni shakllantirishni maqsad qilgan. ,,Milliy oʻquv dasturi"da faqat nazariyadan iborat boʻlgan darslar endi amaliy darslar bilan almashtirilishi zarurligi haqida alohida fikr yuritilgan. Shu jumladan, boshlangʻich sinflarda tabiiy fan darslarining joriy etilishi va bu darslarni tashkil qilish Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 215 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT alohida oʻrin egallaydi. Tabiiy fan darslari boshqa fanlardan farqli oʻlaroq ham nazariy ham amaliy darslarni teng shaklda olib borilishini talab qiladi. Tabiiy fan darslari yangi koʻrgazmalar, yangi maʼlumotlar va yangi texnologiyalarsiz samarali natijaga erisha olmaydi. Amaliy darslarni boshlangʻich sinf davridayoq boshlash maqsadga muvofiqdir. Amaliy darslar oʻquvchilar bilimini mustahkamlaydi, darsni oʻquvchi ongida singishini osonlashtiradi. Masalan, sinflarda tabiiy fan darslarida oʻsimliklar, hayvonlar yoki tabiat bilan bogʻliq jonli burchaklar, tabiat qoʻynida ekskursiyalar, muammoli vaziyatlar va ularning yechimlarini topish kabi amaliy ishlarni tashkil qilish mumkin. Shu oʻrinda darslarda ekskursiyalar tashkil qilish muhim va eng qiyin faoliyatdir. Ekskursiya — bu o‘quvchilarni turli tabiiy muhitlarga olib borish orqali o‘rganilayotgan fan bo‘yicha amaliy tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadigan ta'lim metodidir. Ekskursiyalar tabiiy fanlarda o‘quvchilarga nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, ekologik bilimlarni oshirish, tabiatni asrashga bo‘lgan mas'uliyatni his qilish imkonini yaratadi. Ekskursiya o‘tkazishning asosiy maqsadi o‘quvchilarning o‘zlariga yaqin tabiatni chuqurroq tushunib olishlarini ta'minlash va ilmiy tafakkurlarini rivojlantirishdir.[1] Ekskursiya darslarining bir necha texnologiyalari mavjuddir. 1. Ekskursiya haqida tushunchaga ega boʻlishi hamda ushbu ekskursiya amalga oshiriladigan ishlar maqsadini aniqlab olish. 2. Oʻquvchilarga ekskursiya vaqtida nimalarga eʼtibor berishlari, masalan, qanday ishlarni amalga oshirishlarini tushintirish va topshiriqlar berish. Masalan oʻquvchilar oʻzlari bilgan oʻsimliklarni koʻrishlari va oʻsimlik turlarini sanashlari mumkin. 3. Oʻquvchilarning koʻrgan narsalari haqida maʼlumotga ega boʻlishlari va ularni sinfda muhokama qilishlari uchun oʻzlari bilan yon daftar yoki fotoapparatchalar olishlarini eslatib oʻtush kerak. 4. Ekskursiyaga mos tarzda kiyinish va tegishli tashkilotlardan ruxsat olish. Xuddi shu tarzda boshlangʻich sinflar uchun ekskursiya darslarini tashkil etish mumkin. Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 216 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Oʻz oʻrnida ekskursiyalarni maktab ichida oʻtkazish ham mumkin. Bu esa boshlangʻich sinf oʻquvchilarining xavfsizligini yuqoriroq darajada taʼminlab beradi. Masalan, sinfda virtual ekskursiyalarni tashkil etish. Monitor ekranidan mavzuga oid oʻsimlik, hayvon yoki togʻ jinslari kabilarni koʻrsatish ularning muhiti, sharoiti bilan oʻquvchilarni tanishtirish mumkin. Xulosa. Bugungi zamonning talabi sifatida ham amaliy ham nazariy darslarni teng shaklda olib borish. Oʻqituvchining rolini nazariy darslarda ham kamaytirish, oʻqituvchi faqat yoʻnaltiruvchi , rahbar boshqaruvchi sifatida ishtirok etishi hisoblanadi. Boshlangʻich sinflarda ham koʻproq amaliy darslarni ayniqsa informatika, tabiiy fanlarni koʻproq jonli tarzda oʻtkazish dars samarasini oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. . D. Sharipova, D.P. Xodiyeva, M. K. Shirinov Tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi Toshkent, "Barkamol fayz media" nashriyoti, 2018-yil. 2. M.Nuriddinova. "Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi" Toshkent, O'qituvchi 2005- yil 3. A.Baxronov, Tabiatshunoslik 3-sinf umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun darslik. T; Cho'lpon NMIU 2012 y. 4. A.Baxronov Tabiatshunoslik 4-sinf umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun darslik. T; Sharq NMIU 2011 y. Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 217

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda tabiiy fan darslarini tashkil etish, tabiiy fan darslarida jonli burchaklar tashkil qilish, oʻquvchilarni amaliy mashgʻulot ishlariga jalb qilish, turli maktab ichkarisi va maktab…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda tabiiy fan darslarini tashkil etish, tabiiy fan darslarida jonli burchaklar tashkil qilish, oʻquvchilarni amaliy mashgʻulot ishlariga jalb qilish, turli maktab ichkarisi va maktab… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zamonaviy taʼlim, virtual ekskursiya, amaliy dars, maktab ichida va maktab tashqarisiga ekskursiyalar., ekskursiya, yaxshi oʻqituvchi, Zamonaviy oʻqituvchi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники