К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG’ICH TA’LIM TABIIY FANLARI DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang’ich ta’lim bosqichida tabiiy fanlarni o’qitishda axborot texnologiyalarining roli haqida so’z yuritiladi. Darslarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bolalarning qiziqishini oshirishi, mavzuni tushunishlariga katta yordam berishi va bu usul juda samarali ekanligi yoritib berilgan. Kalit so’zlar: boshlang’ich ta’lim, axborot texnologiyalari, dars jarayoni, interaktiv usullar, vizual materiallar, ilg’or tajriba. Kirish. Zamonaviy o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchilar ham zamonaviy yondoshmog’i kerak. Hozirgi kunda har bir o’qituvchi texnologik vositalarni yaxshi bilishini talab qiladi. Ayniqsa tabiiy fanlarda bu vositalar o’quvchini darsga qiziqtirish va tushunishni osonlashtirishda katta yordam beradi. O’quvchilar bilan ishlashda har bir darsga yangicha yondashuv, texnologik ko’mak va bolalar psixologiyasini inobatga olish muhim ahamiyatga ega. Asosiy qism. Boshlang’ich sinf o’quvchilari faqat nazariyaga tayanib emas, balki ko’rish, eshitish, hattoki harakatlar orqali ham o’rganadilar. Shu sababli ham darsda oddiy multfilm, interaktiv slayd yoki tajriba vediolari qo’shilsa mavzuni tushunish yanada osonlashadi. Masalan, “Hayvonot dunyosi” mavzusi berilgan deylik, bu mavzuni tushuntirishda taqdimot tayyorlab har bir hayvonlarning rasmlarini harakatlantirib ularga ovoz ham bersak o’quvchilar bu mavzuni juda yaxshi Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 223 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT o’zlashtiradi. Bu tarzda dars o’tish o’quvchilarga hayvonlarni ovozlarini, ular nima bilan oziqlanishini, qayerlarda yashashini va yashash muhitini o’rganishda yordam beradi. Axborot texnologiyalari yordamida darsni ko’rgazmali qilish mumkin. Youtube, LearningApps, Wordwall kabi platformalarida yuzlab bepul darsliklar , testlar, interaktiv mashg’ulotlar bor. Men dars o’tganimda ko’pincha interaktiv o’yinli testlardan foydalanaman. Bundan foydalanishimdan maqsad darsdan keyingi mustahkamlash qismida bolalarning ishtiroki faollashadi va bilimlari mustahkamlanadi. Texnologiyalardan foydalanishda ehtiyotkorlik ham lozim. Har bir vosita dars mazmuniga mos va xos bo’lishi kerak. Bolalarni texnik vositalarga tobe qilib qo’yish emas, balki ular orqali bilim olishga yo’naltirish kerak. Eng muhimi – texnologiya vosita, dars esa maqsad. Shuning uchun o’qituvchi doimiy ravishda yangi dasturlar, o’quv ilovalari va raqamli dars materiallari bilan tanishib borishi lozim. Tabiiy fanlar darslari doirasida ekskursiyalarni ham texnologik vositalar bilan boyitish mumkin. Masalan, maktab hovlisida o’tkaziladigan kuzatuv darslari vaqtida bolalar suratga olish, video olish yoki ovoz yozish funksiyalaridan foydalangan holda tabiatdagi holatlarni qayd etadilar. Keyinchalik bu ma’lumotlarni sinfda muhokama qilib slayd yoki videorolik tarzida taqdim etishadi. Muhokama. Maqolada ta’kidlanganidek, texnologik vositalar darsda to’g’ri ishlatilsa, u nafaqat o’quvchining e’tiborini jalb qiladi, balki uni mustaqil fikrlovchi shaxsga aylantiradi. Muhokamalarda asosiy e’tibor – texnologiyalarni vosita sifatida, maqsadga muvofiq foydalanish zarurligiga qaratilgan. Bu yondashuv orqali darslar nafaqat samarali, balki esda qolarli bo’ladi. Tavsiyalar. 1. Slayd va animatsiyalardan foydalaning. Ayniqsa “Hayvonot olami”, “O‘simliklar hayoti” kabi mavzularda juda foydali. Har bir slaydda rang-baranglik, jonli rasm va qisqa izohlar bo‘lishi kerak. Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 224 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 2. Tajriba videolaridan foydalaning. “Suvning holatlari” kabi mavzularni video bilan tushuntirish bola uchun yanada tushunarli bo‘ladi. O‘quvchi darsda bo‘lmagan hodisani ekranda ko‘rishi orqali uni eslab qoladi. 3. Online testlar. LearningApps, Wordwall kabi saytlarda qiziqarli testlar tuzish mumkin. Bu testlar orqali o‘quvchi o‘zini sinab ko‘radi va xatolarini anglab boradi. 4. Guruh ishlari va viktorinalar. Har bir mavzudan so‘ng kichik savol-javob yoki o‘yin orqali mustahkamlash foydali. Bolalar bir-biri bilan raqobatlashib bilim olishadi. 5. QR-kodli topshiriqlar. Uyga vazifa sifatida QR-kodlar orqali videoni ko‘rib, savollarga javob yozish mashqlarini berish mumkin. Bu usul yangi, zamonaviy va bola uchun qiziqarli bo‘ladi. 6. “Flipped classroom” (teskari sinf) usulini sinab ko‘ring — ya’ni mavzuni darsdan oldin video yoki prezentatsiya orqali uyda o‘rganib kelish, darsda esa faqat amaliyot va muhokama bilan shug‘ullanish. Bu usul bolalarda mustaqillikni oshiradi. Texnologiyalar qanchalik ilg‘or bo‘lmasin, o‘qituvchining samimiyati, mehribonligi va bolaga bo‘lgan ishonchi birinchi o‘rinda. Axborot texnologiyalari faqat darsni bezash vositasi emas, balki bolaning ichki olamiga kirib borish uchun ko‘prik bo‘lishi mumkin. Har bir o‘quvchining qiziqishini aniqlab, unga mos vosita tanlash o‘qituvchidan did va kuzatuvchanlik talab qiladi. Xulosa Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim — bu raqamli dunyo, harakatdagi bilim, ko‘rgazmali fikrlashdir. Axborot texnologiyalaridan o‘rinli foydalanish — bu bolaning bilim olishini tezlasht

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang’ich ta’lim bosqichida tabiiy fanlarni o’qitishda axborot texnologiyalarining roli haqida so’z yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang’ich ta’lim bosqichida tabiiy fanlarni o’qitishda axborot texnologiyalarining roli haqida so’z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dars jarayoni, ilg’or tajriba., boshlang’ich ta’lim, vizual materiallar, interaktiv usullar, axborot texnologiyalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники