К содержанию
РецензированоRU2025

PEDAGOG VA TARBIYACHINING FAOLIYATIDA TA'LIM VA TARBIYANING MOHIYATI

TARBIYANING MOHIYATI · Tarbiyachi-pedagogi Samadova Ma’mura · Tarbiyachi-pedagogi Maxmudova Malika

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В данной статье речь идет о происхождении образования и воспитания, которое должно использоваться в педагогической деятельности, и о том, какое значение оно имеет в нашем обществе. Ключевые слова. Образование, воспитание, педагог, знание, семья, социальные отношения. Annotation. This article discusses the origins of education and upbringing that should be used in pedagogical activity and its significance in our society. Keywords. Education, upbringing, teacher, knowledge, family, social relations. Ta'lim va tarbiyaning o‘rtasida ochiq-oydin farq bor. Ta'lim, tarbiyaning bir juz'idir. Tarbiya esa ta'limni o‘z ichiga oladi, aksincha emas. Demak, tarbiya o‘z- o‘zidan ta'limga nisbatan komil va keng qamrovlidir. Islomiy tarbiyaning ma'nosi esa jamiyatda har taraflama komil inson shaxsiyatini barpo qilish va albatta, bu tarbiya ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarni o‘z ichiga oladi. Zotan, Alloh taolo insoniyatni yer yuzini obod qilish uchun yaratgan. Demak, u o‘zining vazifalarini ado etishi uchun har taraflama komil va yetuk bo‘lishi kerak. Buning uchun esa bizning dinimiz Islomda barcha ko‘rsatma va imkoniyatlar mavjud. Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 112 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Eng asosiysi, inson o‘zining oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish asnosida doimiy holda Allohga yuzlanib turishi tarbiyadir. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, ta'lim komil tarbiyaning bir juz'idir. U esa aqlni rivojlantiradi va sayqallashtiradi. Natijada u o‘z hayotida kerak bo‘ladigan ilmu ma'rifatni ashyolar to‘g‘risidagi turli ma'lumotlarni, kasbiy mahoratini yoki kasb va hunarlarga tegishli bo‘lgan fanlarni o‘rganadi. Lekin tarbiyaga o‘xshab keng qamrovli bo‘la olmaydi. Chunki ta'lim insonni ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarini birdek qamrab ololmaydi. Shuning uchun ham ta'lim va tarbiya doimo birga bo‘lishi talab etiladi. Bu haqiqatni esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi shariflari orqali ham bilib olishimiz mumkin. Taʼlim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi, lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi. Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida Taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan. Taʼlim oʻquvchining bilish qobiliyatini oʻstiruvchi asosiy omildir. Oʻquvchilar qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon boʻladi. Didaktik tamoyillarda taʼlimning mazmuni va jarayonlariga qoʻyilgan talablar belgilanadi. Taʼlimning maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek, muayyan oʻquv yurtlari funksiyasiga muvofiq tarixan oʻzgarib boradi. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi taʼlim tizimining barcha yoʻnalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. 1996-yildan boshlab lotin imlosiga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi joriy etildi va shu yildan boshlab yangi yozuv asosida dasturlar, qoʻllanmalar va darsliklar yaratishga kirishildi, Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 113 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT oʻqituvchilar lotin imlosi asosidagi yangi oʻzbek alifbosi boʻyicha qayta tayyorlash kurslaridan oʻtkazildi. Xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida bolalarni maktab taʼlimiga tayyorgarligini belgilaydigan „Tashxis markazlari“ tashkil etildi. Oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini reyting asosida nazorat qilish, maktab bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyasini kompyuter yordamida test orqali amalga oshirish, Taʼlim amaliyotini diagnostik tahlil etish, Taʼlim muassasalarida marketing tizimidan foydalanish kabi qator pedagogik yangiliklar joriy etildi. Taʼlim mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shart-sharoit, fan va texnika, sanʼat holati va shu kabini hisobga olgan holda belgilanadi. Kasb-hunar kollejlari, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlaridagi Taʼlimning mazmuniga umumiy maʼlumotdan tashqari muayyan kasb va mutaxassislik uchun zarur boʻlgan maxsus bilim, malaka va koʻnikmalar ham kiradi. Taʼlim mazmuni oʻquv reja va dasturlari, darslik va boshqalarda yoritiladi. Taʼlimda qoʻyilgan maqsadga erishish uchun turli metod, vosita, tashkiliy tizim va shakllarni keng qoʻllash taʼlim metodini ishlab chiqishga katta taʼsir koʻrsatadi. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻr

Доказательный фрагмент

«В данной статье речь идет о происхождении образования и воспитания, которое должно использоваться в педагогической деятельности, и о том, какое значение оно имеет в нашем обществе.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье речь идет о происхождении образования и воспитания, которое должно использоваться в педагогической деятельности, и о том, какое значение оно имеет в нашем обществе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Education, upbringing, teacher, knowledge, family, social relations, tarbiya, ijtimoiy munosabatlar, pedagog, oila, bilim, Ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники