Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IJODIY TAFAKKUR SHAKLLANISHIDA LUG‘ATLARNING O‘RNI VA AXAMIYATI
VA AXAMIYATI · p.f.f.d. (PhD) Tursunova Ozoda Faxriddinovna
Современное образование и развитие · 2026
Аннотация
Har qanday shaxsning aqliy taraqqiyoti darajasi ilmiy yoki (bugungi kunda fan bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan) texnikaviy bilimi, ijodiy, kreativ fikr yurita olishi bilan belgilanadi. Kalit so‘zlar: lugat, tafakkur, ijod, kreativ. Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular oʻrtasidagi bogʻlanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yoʻl bilan aks ettirishga aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina nisbatan chuqurroq va toʻlaroq aks etadi. Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin boʻlmagan narsa yoki hodisalarni, narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning bogʻlanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz. Tafakkur — inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi (qarang: ong). Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson oʻzining tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 61 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan koʻrish imkoniyatiga ega. Tafakkur koʻpgina fan sohalari (falsafa, mantiq, jamiyatshunoslik, fiziologiya, kibernetika, biologiya)ning tadqiqot obʼyekti hisoblanadi. Psixologiyada tafakkur voqelikni umumlashtirish darajasiga, muammoni yechish vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi, shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga koʻra bir necha turlarga (koʻrgazmali harakat, koʻrgazmali obrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va hokazo) ajratib tadqiq qilinadi. Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va ishlab chiqarish.da odamlar oʻrtasidagi aloqa va munosabatlar ham tafakkur yordamida namoyon boʻladi. Jamoada tanqidiy qarash, oʻzini oʻzi tanqid, baholash, tekshirish, oʻzini oʻzi tekshirish, nazorat qilish, oʻzini oʻzi nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan iborat tafakkur sifatlari vujudga keladi. Insonning inson tomonidan idrok qilinishi ham tafakkur bilan uzviy aloqadadir. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, takliflar tafakkurning mahsuli hisoblanadi. Psixologiya tafakkurning filogenetik (insoniyat paydo boʻlishi davri), ontogenetik (kishi umri davomida) bilishga oid tarixiy jihatlarini ham oʻrganadi. Hozirgi zamon fanining juda koʻp murakkab masalalari tafakkurdagi mantiqiy jarayonlarni yanada chuqurroq oʻrganishni taqozo etmoqda. Ijodiy tafakkur – erkin fikrlash va ijodkorlik tamoyili ustuvor bo‘lgan tafakkur shakli. «Tafakkur» arabcha «fikr» so‘zidan yasalgan bo‘lib, o‘ylash, fikr- mulohaza yuritish degan ma’nolarni bildiradi. Ijodiy tafakkur esa voqea-hodisalarni qiyoslash, taqqoslash, tahlil etish asosida fikrni rivojlantirish, uning yangi-yangi qirralarini ochish, shu tariqa bilim va tasavvur dunyosini boyitib borishni anglatadi. Ijodiy tafakkur – insonga xos eng muhim xususiyatlardan biridir. Bu xususiyatdan mahrum bo‘lgan inson bamisoli hamma ishni ko‘r-ko‘rona bajaradigan Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 62 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qulga aylanib qoladi. Ijodiy tafakkur sohibi o‘z mustaqil fikriga ega bo‘ladi. U hayotga, odamlarga erkin munosabatda bo‘lib, har qanday voqea-hodisa yuzasidan o‘z fikrini erkin ifoda qila oladi. Ijodiy tafakkur – jamiyatni ma’naviy yangilash, odamlarning ongu tafakkurini yuksaltirish, ezgu g‘oyalar tantanasini ta’minlashning muhim shartidir. SHuning uchun hozirgi vaqtda mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat qurish jarayonida ijodiy tafakkur rivojiga alohida e’tibor berilmoqda. Mutafakkir so‘zining o‘zagi ham fikrdir. Lekin fikr yuritish qobiliyatiga ega bo‘lgan odamlarning hammasini ham mutafakkir deb bo‘lmaydi. YUksak, teran va qudratli tafakkur sohibi, milliy va umumbashariy qadriyatlar rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ij
Доказательный фрагмент
«Har qanday shaxsning aqliy taraqqiyoti darajasi ilmiy yoki (bugungi kunda fan bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan) texnikaviy bilimi, ijodiy, kreativ fikr yurita olishi bilan belgilanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюHar qanday shaxsning aqliy taraqqiyoti darajasi ilmiy yoki (bugungi kunda fan bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan) texnikaviy bilimi, ijodiy, kreativ fikr yurita olishi bilan belgilanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kreativ, ijod, lugat, tafakkur
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025