Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIBBIYOT OLIYGOH TALABALARI TIBBIY DEONTOLOGIK MADANIYAT KO’NIKMA VA MALAKALARINI O’RGANILGANLIK DARAJASI
Bakayev Najmiddin
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada tibbiyotga kirish fanining “Tibbiy deontologik madaniyat ko`nikma va malakalarni o`rganganlik darajasi o`rganganlik darajasi mavzusi masalalari bayon etilgan. Maqola asosan tibbiyot oliygohlari talabalariga mo‘ljallangan, shuningdek, barcha bug‘indagi tibbiyot xodimlariga ham foydali bo‘ladi degan umiddamiz. Kalit so`zlar: Muloqat, verbal va noverbal muloqat, ahloq, odob, etika, tibbiy etika, deontologiya, Talabalar qaysi etapda o‘qimasin bemorlar bilan muloqat qiladilar, shuningdek kelgusi ish faoliyatida ham bemorlar bilan muloqat o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. Tibbiy etika axloqning ajralmas qismidir. Bioetika insonni barcha tirik mavjudotlar (inson, hayvon va o‘simliklar) bilan umuminsoniylik, raxm-shavqat fazilatlarini nomoyon etuvchi muloqatidir. Barcha insonlar muloqatning ikki turidan foydalanadilar. Verbal ( to‘g‘ridan - to‘g‘ri so‘zlashuv nutqi orqali) va noverbal (turli imo-ishoralar orqali) turlarga bo‘linadi. SHu muloqat turlaridan tibbiyot xodimlari ham foydalaniladi. Tibbiy etika esa faqat bemorlar bilan tibbiyot xodimlari o‘rtasida ( shuningdek bemor qarindoshlari va tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi , tibbiy xodimlar o‘zaro muloqatlari) gi ahloq-odob mi’yoriy normasini ifodalaydi. Deontologiya esa shifokorning bemor oldida bajarishi lozim bo‘lgan majburiyati yoki ish beruvchi oldidagi ma’suliyatini ifodalaydi. Tibbiy etika va deontalogiya asrlar davomida to‘ldirilib kelmoqda, bu o‘z navbatida bemorlarga g‘amxo‘rlikni bir bo‘lagini ifodalab. tibbiyotning insoylik kasbi sifatida rivojlanishiga olib keldi. Bemorlar bilan tibbiy muloqat nafaqat, bemorga tashxis quyishda, balkim davolash va davolashdan keyingi Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 66 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT reabilitatsiya davrida psixo-emotsional o‘zgarishlarni kuzatishda muhimdir. Insonlar o‘rtasidagi o‘zoro muloqat, shifokor va bemor o‘rtasidi muloqatning o‘ziga xos tomonlari. Er yuzida ilk insoniyat rivojlanish tarixida insonlar bir-biri bilan imo- ishoralar orqali muloqat qilishgan. Keyinchalik muloqatni qulaylashtirish, o‘zoro tushinishga intilishi natijasida nutq shaklanib borgan. Keyinchalik har bir qabilada o‘zoro bir-biri bilan muloqatda imo-ishoradan ikki tomon ham tushunadigan shartli tovushlarni qo‘llay boshlagan. Shu tariqa o‘zoro mahalliy til shakllangan. Nutqning rivojlanishi insoniyat tarixida o‘zoro muloqatning imo-ishoradan so‘zlashuvga o‘tishiga olib keldi. Endilikda imo-ishora orqali muloqat zahira o‘rniga tushib qolgan. Muloqatda ahloqodob qoidalariga rioya etish etika deyiladi. Hozirgaga ko‘plab etiket qoidalari turli millatlar tomonidan ishlab chiqilib, insonlar o‘zoro muloqatda qo‘llab kelmoqdalar. Nutq orqali muloqat barcha insonlar uchun xos mezonlardan biridir, bugungi kunda inson sog‘lom bo‘ladimi, kasalmi nutq orqali o‘zoro muloqat qiladi. Istisno tariqasida nutq organlari kasallangan yoki rivojlanish nuqsonlari bilan dunyoga kelgan insonlardan tashqari deyish mumkin. Nutq organlarining turli kasalliklariga chalingan bemorlar imo-ishora usulidan keng foydalanadilar, shunga qaramasdan ular o‘z fikrini boshqa insonlarga to‘liq ifodalab berishga qiynaladilar. Shu sababli bu insonlarni eshitish yoki gapirish cheklangan insonlar deb yuritamiz. Nutq organlarining ortirilgan kasalliklariga ovoz bog‘lamining turli sabablarga ko‘ra kasalliklari sabab bo‘ladi. (turli etiologiyali kuyishlar, o‘sma, ovoz bog‘lami nerv ta’minoti shikastlanishi, zaharlanishlar.... bunga misol bo‘ladi). Nutq organlarining to‘g‘ma kasalliklariga tug‘ma karlik, tug‘ma til quqsonlari, ovoz bog‘lami alohida yoki ko‘p kompanentli kasallik tarkibida rivojlanish nuqsonlari kiradi. Shuningdek shifokorning bemor qarindoshi bilan bemor to‘g‘risidagi muloqati ham farqlanadi. Bu muloqat bemorning sog‘liq darajasi, davolanish taktikasi, dori ehtiyoji kabi mavzularda bo‘ladi. Muloqatning bu turi tibbiy etikaning bemor qarindoshlari bilan tibbiyot xodimi o‘rtasidagi muloqati turiga to‘g‘ri keladi. Tibbiyot xodimlarining o‘zoro muloqati ham muhimdir. Bunda vrachning qo‘l ostidagilar bilan ( hamshira yoki kichiq tibbiy xodim bilan) muloqati, vrachning vrach bilan muloqati, vrachning rahbariyat bilan muloati turlari farqlanadi. Muloqatning bu turi tibbiy Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 67 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT etikaning tibbiyot xodimlaring o‘zoro muloqat turiga to‘g‘ri keladi. Tibbiy etika, ya’ni bemor yoki bemor qarindoshlari bilan tibbiy muloqat har qanday tibbiy tibbiy xodim, u shifokormi, hamshirami, kichik tibbiy xodimi bo‘ladimi bemorni sog‘ayishiga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bunda tibbiyot xodimlarining birini fikri , ikkinchisini inkor etmasligi kerak. Bu to‘g‘risida tibbiyot siri bo‘limida ham tuxtalib o‘tamiz. Tibbiy xodimlarning bemorga munosabati, ularning darajasidan qat’i nazar, jamoa a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar muhim bo‘lgan jamoada ma’lum bir psixologik muhitni yaratishga katta ahamiyat beriladi. Tibbiy etika, madaniyat, axloq ko‘p jihatdan bir- biriga bog‘liq va sog‘liqni saqlashning as
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tibbiyotga kirish fanining “Tibbiy deontologik madaniyat ko`nikma va malakalarni o`rganganlik darajasi o`rganganlik darajasi mavzusi masalalari bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tibbiyotga kirish fanining “Tibbiy deontologik madaniyat ko`nikma va malakalarni o`rganganlik darajasi o`rganganlik darajasi mavzusi masalalari bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- deontologiya, ahloq, Muloqat, tibbiy etika, verbal va noverbal muloqat, etika, odob
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025