Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR ONGIGA TA’SIRI
MATKARIMOVA JAMILA DURDIYEVNA · MAXMIRZAYEVA YULDUZ JAMOLITDIN QIZI · TOSHPO’LATOVA GULSANAM SHAHRIDDIN QIZI
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В этой статье будет проанализировать влияние социальных сетей на умы молодых людей. Социальные сети стали неотъемлемой частью современной жизни современной жизни, не только для того, чтобы делиться информацией, но и играть важную роль в развитии самовыражения, самоотгавления и социальных отношений. В статье объясняется влияние социальных сетей на психологию молодых сетей, развитие личной идентичности и социальных ценностей. Будут обсуждаться позитивные и негативные последствия социальных сетей, их психологические последствия, их влияние на личное и социальное развитие, а также методы управления этим управлением процессами. Ключевые слова социальные сети, молодежная психология, самосознание, социальные отношения, обмен информацией, информация, эффекты СМИ, позитивные и негативные последствия, психологическое развитие. Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda yoshlarning hayotiga chuqur ta’sir ko’rsatib, ularning fikrlash tarzini, o’zini anglashini va ijtimoiy munosabatlarini shakllantirayotgan eng asosiy vositalardan biri bo’lib qolgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Yoshlar — bu kelajak, ularning har bir qadamini qo'llab-quvvatlash va har tomonlama rivojlanishlariga sharoit yaratish bizning asosiy vazifamizdir. Ijtimoiy tarmoqlarni oqilona foydalanish, yoshlarni ijtimoiy jihatdan faollashtirish va axborot xavfsizligi haqida ularga tushuncha berish kerak" deydi yurtboshimiz. Internetning keng tarqalishi va mobil ilovalar orqali ijtimoiy tarmoqlarga kirish imkoniyatining oshishi, yoshlarning bu platformalarda faoliyat ko'rsatishini yanada osonlashtirdi. Yoshlar orasida o’zaro axborot almashish, yangi fikrlar bilan tanishish, shaxsiy identitetni shakllantirish va dunyoqarashni rivojlantirishning asosiy vositasi sifatida ijtimoiy tarmoqlar ajralmas rol o’ynamoqda. Ijtimoiy tarmoqlar nafaqat yoshlarning psixologik va ijtimoiy rivojlanishiga, balki ularning ongini Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 408 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT shakllantirishga ham ijobiy va salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu ta’sirlar, ayniqsa, yoshlarning o'zini anglashida, o’zgarishlarga qarshi turishida va ijtimoiy qadriyatlarga nisbatan qarashlarida sezilarli darajada aks etadi. Ijtimoiy tarmoqlar va yoshlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, ularning ongiga qanday ta’sir qilishi, ijtimoiy va psixologik jihatlarni hisobga olgan holda tahlil qilish dolzarb ahamiyatga ega. Bu ishda ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ongiga ta’siri, ularning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga qanday ta’sir qilishi, shuningdek, bu ta’sirlarni boshqarish va optimallashtirish yo’llari ko’rib chiqiladi. Ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning psixologik holatiga, ularning o'zini qadrlashiga va ijtimoiy qobiliyatlariga sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Ushbu platformalar orqali yoshlar o'zaro muloqot qilish, fikr almashish va o'z fikrlarini ifodalash imkoniyatiga ega bo'lishadi, lekin shu bilan birga, internetda yuzaga keladigan ijtimoiy bosim va mukammallik haqidagi noto'g'ri tasavvurlar ham ularning ongiga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, yoshlar ko'pincha o'zlarini boshqalarga solishtirishi, tanqidlar va befarqlikka duch kelishi mumkin, bu esa ularning o'z-o'zini qadrlash darajasini pasaytiradi va stress, depressiya kabi psixologik muammolarga olib keladi. Ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishda katta rol o'ynaydi. Turli xil axborot oqimlari, trendlar va fikrlar yoshlar ongiga ta’sir qilgan holda ularning hayotga bo'lgan yondashuvini, ijtimoiy qadriyatlarni va munosabatlarni qayta ko’rib chiqishga olib keladi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar turli madaniy, siyosiy va ijtimoiy qarashlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishadi, bu esa ularning fikr doirasini kengaytiradi. Shu bilan birga, ba'zi yoshlar noto'g'ri ma'lumotlar, manipulyatsiya yoki virtual haqiqatda yashashga moyil bo'lishi mumkin, bu esa ularning haqiqatga nisbatan qarashlarini xato shakllantirishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ongiga ta’siri ikki tomonlama bo'lib, ularning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy hamda salbiy ta’sirlar ko'rsatadi. Ushbu ta’sirlarni tahlil qilish, ijtimoiy tarmoqlarni boshqarishning samarali usullarini ishlab chiqish va yoshlarni bu platformalarda foydali tarzda faollashtirish zaruriyatini taqozo etadi. Maqolada ijtimoiy tarmoqlarni yoshlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi asbob sifatida ko’rib chiqish, shu bilan birga, ularning salbiy ta’sirlaridan himoya qilish va ongli foydalanish yo’llari hamda ijtimoiy Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 409 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tarmoqlarning yoshlar uchun salbiy oqibatlarini kamaytirish bo'yicha tavsiyalar taqdim etiladi. "Ijtimoiy tarmoq" tushunchasi 1954-yilda paydo bo'lganini va albatta, internetga hech qanday aloqasi yo'qligini hamma ham bilmaydi va ular bu hodisani o'tgan asrning 30-yillarida o'rganishni boshladilar. Konsepsiyani sotsiolog Jeyms Barns kiritgan: "ijtimoiy tarmoq" - bu ijtimoiy obyektlar (odamlar va tashkilotlar) va ular o'rtasidagi aloqalar (ijtimoiy munosabatlar) b
Доказательный фрагмент
«В этой статье будет проанализировать влияние социальных сетей на умы молодых людей.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье будет проанализировать влияние социальных сетей на умы молодых людей. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Social networks, youth psychology, self-awareness, social relations, Axborot almashish, Shaxsiy identitet, Psixologik rivojlanish, Yoshlar psixologiyasi, Ijtimoiy tarmoqlar, Media ta’siri, O'zini anglash, Yoshlar ongining shakllanishi, Ijobiy va salbiy ta’sir, Ijtimoiy munosabatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024