Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSTAQILLIKDAN KEYINGI YILLARDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH UCHUN QABUL QILINGAN QONUN, FARMON VA ULARNING AHAMIYATI
ULARNING AHAMIYATI · Xasanov Xojimurod To’ychiboy o’g’li
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
In this article, after the independence of the Republic of Uzbekistan, the laws and decrees adopted by the President to develop tourism and support it in every way, and the actions taken by the government are described. Key words: Great Silk Road, Tourism, e-visa, Academic visa. Абстрактный: В данной статье после обретения независимости Республики Узбекистан описаны законы и указы, принятые Президентом по развитию туризма и всемерной его поддержке, а также действия, предпринимаемые правительством. Ключевые слово: Великий Шелковый Путь, Туризм, электронная виза, Академическая виза. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi turizm xizmatlari zamonaviy xizmat turlari sifatida talqin qilinib, unga eʼtibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Soha rivoji uchun zaruriy tashkiliy- huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilib, hukumat tomonidan tegishli meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi. Bu yo‘nalishdagi ishlar hozir ham davom etayotgani Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 427 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT fikrimizning isbotidir. O‘zbekistonda turizm sohasi faoliyatini ilmiy asosda yanada takomillashtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. «Turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga aylantirish biz uchun ustuvor vazifa bo‘lib qoladi». Respublikada ro‘yxatga olingan milliy tarixiy-madaniy obidalar soni bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘n mamlakatdan biri sifatida eʼtirof etilishi, Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab turizmni rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi, «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetining tashkil etilishi, ko‘plab xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish vizasining bekor qilinishi turizmni rivojlantirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligidan dalolatdir. 1999-yil 20-avgustda O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingan edi. U 22-moddadan iborat bo‘lgan. Yangi tahrirdagi «Turizm to‘g‘risida»gi Qonun 2019-yil 16-aprelda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 2019-yil 21-iyunda Senat tomonidan maʼqullangan va 2019-yil 18-iyulda tasdiqlandi. Ushbu qonun 10 ta bob, 45-moddadan iborat. O‘zbekiston Respublikasining turizm to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Аgar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining turizm to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Qonunning asosiy printsiplari: - turistlarning, ekskursantlarning va turizm sohasi subyektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini hamda xavfsizligini himoya qilish ustuvorligi; -turizmni barqaror rivojlantirish va buning uchun qulay shartsharoitlar yaratish shu va boshqa prinsiplardan tashkil topgan. Qonun va farmonlarning asosiy maqsad va g‘oyasi shu prinsiplar kabi ishlabchiqilgan. O‘zbekistonda ham 2019-yil davomida turizmni rivojlantirish bo‘yicha jadal ishlar davom ettirildi. Shu jumladan, viza rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish, ortiqcha to‘siqlarni bartaraf etish va sohaning investitsiya jozibadorligini oshirish bo‘yicha qator choralar ko‘rildi. Natijada, 2019-yil yakunlariga Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 428 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ko‘ra turizm xizmatlari eksporti 2018-yilga nisbatan 26.1 foizga o‘sib, 1.3 milliard dollarni tashkil qildi va sohaning xizmatlar eksportidagi ulushi 39.3 foizga yetdi. 47 ta davlat fuqarolari uchun viza rejimi bekor qilindi va vizasiz rejimga ega mamlakatlar soni 86 taga yetdi. Bundan tashqari, viza jarayonlarini soddalashtirish maqsadida elektron viza olish imkoniyatiga ega mamlakatlar soni 57 ni tashkil etdi. Qo‘shimcha ravishda, «Vatandosh», «Talaba», «Аkademik», «Ziyoratchi» va «Tibbiyot» viza turlari joriy etildi. Qilingan ishlar natijasi tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘tgan davr bilan solishtirganda 2019yilda mamlakatimizga kelgan sayyohlar soni 26.2 foizga ko‘paydi. Vizasiz rejim joriy etilgan davlatlardan tashrif buyurgan sayyohlar sonida esa 58 foiz o‘sish kuzatildi. Natijada, sayyohlarni joylashtirish maskanlarining yuklanish darajasi 62 foizdan 84 foizga ko‘paydi. Bundan shunisi aniqki mamlakat turizm sohasida huquq mustxkamlanib o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda. Qabul qilingan qonunlar: Turizm to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; "Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; "Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; "Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida" gi O‘zbeki
Доказательный фрагмент
«In this article, after the independence of the Republic of Uzbekistan, the laws and decrees adopted by the President to develop tourism and support it in every way, and the actions taken by the government are described.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, after the independence of the Republic of Uzbekistan, the laws and decrees adopted by the President to develop tourism and support it in every way, and the actions taken by the government are described. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Great Silk Road, Tourism, e-visa, Academic visa, Аkademik vizasi., Turizm to‘g‘risida, Buyuk Ipak yo‘li, elektron viza
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024