К содержанию
РецензированоUZ2025

PSIXOLOG KASBIY KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH MEXANIZMLARI

Muallif: Narxodjayeva Nafisa Sharipovna · Ilmiy rahbar: Maxmudova Zulfiya Mexmonovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu tezis psixolog kasbiy kompetentligini rivojlantirish va takomillashtirish zarurati, mexanizmlari hamda ularni amaliyotda qo‘llash usullarini tahlil etishga bag‘ishlangan. Bugungi zamon psixologi uchun zarur bilim, ko‘nikma va shaxsiy sifatlarni oshirish yo‘llari yoritiladi. Kalit so‘zlar: psixolog, kompetentlik, rivojlantirish, ta’lim, malaka oshirish, innovatsiya, o‘zini o‘zi rivojlantirish. Jamiyatda inson psixikasining o‘rganilishi va unga ko‘maklashish ehtiyoji ortib borayotgan bir paytda psixolog kasbiy kompetentligini takomillashtirish dolzarb masalaga aylangan. Psixolog kasbiy faoliyatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bevosita uning bilim darajasi, amaliy ko‘nikmalari va shaxsiy fazilatlariga bog‘liq. Bugungi globallashuv va texnologik taraqqiyot sharoitida psixolog faqat mavjud bilimlar bilan cheklanib qolmay, doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi, zamonaviy talablar asosida malakasini oshirishi zarur. Psixolog kasbiy kompetentligini takomillashtirish bu nafaqat kasbiy o‘sish, balki shaxsiy o‘sishni ham nazarda tutadi. Chunki inson ruhiyati bilan ishlash psixologdan nafaqat bilim va tajriba, balki empatiya, etika, kreativlik va moslashuvchanlik kabi fazilatlarni ham talab etadi. Psixolog kasbiy kompetentligining asosiy tarkibiy qismlarini chuqurroq ko‘rib chiqish zarur. Kasbiy kompetentlik keng qamrovli tushuncha bo‘lib, unga nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, kommunikativ qobiliyat, shaxsiy sifatlar va professional etika normalariga rioya qilish qobiliyati kiradi. Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 376 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Nazariy bilimlar psixologiyaning asosiy nazariyalari, metodologiyasi va zamonaviy tadqiqotlar bilan bog‘liq bo‘lsa, amaliy ko‘nikmalar real hayotdagi psixologik yordam, konsulьtatsiya, diagnostika va korreksiya jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Kompetentlik shuningdek, psixologning shaxsiy rivojlanishga ochiqligi, doimiy o‘rganishga tayyorligi, o‘z tajribasini tahlil qila olish qobiliyati bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Psixolog kasbiy kompetentligini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoj bir nechta omillar bilan belgilanadi. Birinchidan, jamiyatda yuzaga kelayotgan psixologik muammolarning xilma-xilligi va murakkabligi. Ikkinchidan, yangi ilmiy kashfiyotlar va psixologik texnologiyalarni o‘zlashtirish zarurati. Uchinchidan, mijozlarning psixologik xizmatga bo‘lgan talab va ehtiyojlarining o‘zgarib borishi. Psixolog har doim zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallab borishi, yangiliklarga ochiq bo‘lishi va o‘zining kasbiy mahoratini muntazam rivojlantirib turishi lozim. Kasbiy kompetentligini rivojlantirish orqali psixolog o‘z faoliyatining sifatini oshiradi, mijozlarga yanada samaraliroq yordam bera oladi va professional ishonchni mustahkamlaydi. Psixolog kasbiy kompetentligini rivojlantirish uchun bir qator mexanizmlar ishlab chiqilgan va amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Rasmiy ta’lim dasturlari orqali psixologlar o‘z bilimlarini yangilab boradilar. Oliy ta’lim, magistratura, doktorantura kabi tizimlar psixologik nazariya va amaliyotni chuqurroq o‘rganish imkoniyatini beradi. Shuningdek, psixologlar uchun mo‘ljallangan maxsus malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari ularning kasbiy kompetentligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Psixologlar uchun doimiy ravishda tashkil etiladigan seminar va treninglar kasbiy rivojlanishning muhim manbai hisoblanadi. Ushbu tadbirlarda yangi metodlar, innovatsion texnologiyalar va zamonaviy yondashuvlar o‘rgatiladi. Master-klasslar orqali esa tajribali psixologlar o‘z tajribalarini yosh mutaxassislar bilan o‘rtoqlashadilar. Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 377 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Superviziya - bu tajribali psixologning yosh va kam tajribali mutaxassis faoliyatini nazorat qilishi va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi jarayonidir. Bu jarayon psixolog kasbiy rivojlanishining muhim qismidir. Mentorlik esa yosh mutaxassislarga bilim va tajriba almashish, qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun yordam beradigan jarayondir. Psixolog uchun o‘zini o‘zi rivojlantirish shaxsiy mas’uliyat va kasbiy o‘sishning muhim omilidir. Bunga mustaqil o‘qish, ilmiy maqolalar va tadqiqotlarni tahlil qilish, yangi metodikalarni o‘rganish, o‘z ustida ishlash va amaliy mashg‘ulotlar kiradi. Shuningdek, psixologik forumlar, konferensiyalar va onlayn platformalar orqali bilim va tajribalarni almashish ham samarali o‘zini rivojlantirish usulidir. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar psixologik amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Onlayn konsulьtatsiyalar, virtual treninglar, psixodiagnostik testlar va mobil ilovalar psixolog ishini yengillashtiradi. Shu bois, psixologlar raqamli savodxonlikni rivojlantirish va innovatsiyalarni o‘z faoliyatiga tatbiq etishlari zarur. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida psixolog kasbiy kompetentligini takomillashtirish uchun samarali tizimlar ishlab chiqilgan. Misol uchun, ko‘plab universitetlar va kasbiy assotsiatsiyalar psixologlar uchun majburiy malaka oshirish kurslarini tashkil

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezis psixolog kasbiy kompetentligini rivojlantirish va takomillashtirish zarurati, mexanizmlari hamda ularni amaliyotda qo‘llash usullarini tahlil etishga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezis psixolog kasbiy kompetentligini rivojlantirish va takomillashtirish zarurati, mexanizmlari hamda ularni amaliyotda qo‘llash usullarini tahlil etishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘zini o‘zi rivojlantirish., malaka oshirish, ta’lim, innovatsiya, kompetentlik, psixolog, rivojlantirish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники