Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLAR ORASIDA IJTIMOIY TARMOQLARNING IJTIMOIY ONG VA QADRIYATLARGA TA’SIRI
Matkarimova Jamila Durdiyevna · Baxodirov Vosilxon Nodir o’g’li · TDTrU Sotsiologiya yo‘nalishi · Xolmurodov Agzam Aral o’g’li · TDTrU Sotsiologiya yo‘nalishi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada yoshlar orasida ijtimoiy tarmoqlarning ijtimoiy ong va qadriyatlarga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar nafaqat axborot almashish vositasi, balki yoshlarning dunyoqarashi, ijtimoiy pozitsiyasi va axloqiy qadriyatlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatuvchi omilga aylangan. Tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy jihatlari, yoshlarning bu platformalardagi faoliyati, shuningdek, ularning ongida yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish va yoshlar ongini sog‘lom shakllantirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: yoshlar, ijtimoiy tarmoqlar, ijtimoiy ong, qadriyatlar, axborot makoni, madaniy ta’sir, raqamli muhit, axloqiy tarbiya. Bugungi kunda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi hayotning barcha jabhalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar yoshlar orasida keng tarqalib, ularning dunyoqarashi, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimini shakllantirishda muhim omilga aylanmoqda. Ushbu maqolada aynan shu jarayonning mohiyati, xavf-xatarlari va istiqbollari tahlil qilinadi. Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 380 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT "Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi" Bugungi kunda internetdagi ijtimoiy tarmoqlar ayniqsa yoshlar orasida ommalashib bormoqda. Yurtimizda internetdan foydalanuvchilarning aksariyati "Odnoklassniki.ru", "Facebook", "V.kontakte", "Moymir" kabi tarmoqlarda o‘z profillariga ega. Biroq keyingi yillarda mazkur tarmoqlarning yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan jihatlari ham ko‘zga tashlanayotgani ko‘pchilikni tashvishga solmoqda. So‘rovnomani o‘tkazishdan maqsad ham mazkur masala yuzasidan o‘quvchilarimizning fikrlarini o‘rganish edi. Bir hafta davomida 110dan ortiq ishtirokchi "Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar yoshlar hayotida qanday o‘rin tutadi?" so‘rovnomasiga o‘z munosabatlarini bildirishdi. Qizig‘i shundaki, o‘quvchilarning 32 foizi ushbu tarmoqlar do‘stlar orttirish, manfaatli tanishuvlar uchun kerak degan fikrni ma’qullagan bo‘lsa, yana shuncha foydalanuvchi tarmoqlarning yoshlar tarbiyasi va odob-axloqiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini tan olgan. Demak, bugun ijtimoiy tarmoqlar qanchalik ommalashmasin, uning salbiy oqibatlarini ko‘ra bilayotganlar safi ham oshib bormoqda. So‘rovnomaning to‘liq natijasi bilan tanishing: Savol: Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar hayotida qanday o‘rin tutadi? Hozirgi globallashuv jarayonida va jahonda olamshumul o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bir paytda biz nafaqat aniq bir inson, balki butun jamiyat hayotiga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelayotgan axborot texnologiyalarining ajoyib ixtirolaridan biri bo‘lmish sotsial tarmoqlarni chetlab o‘tolmaymiz. Joriy vaqtda sotsial tarmoqlar deyarli butun dunyoni qamrab olgan. Ayniqsa, yosh avlod juda ham sotsial tarmoqlarni yaxshi ko‘radi. Kimga internetda o‘z rasmlarini qo‘yish, olis masofadagi do‘stlar va qarindoshlar bilan gaplashish, o‘yinlar o‘ynash, musiqa tinglash va so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish, statuslarni tinmay o‘zgartirish yoqmaydi deysiz? Facebook, Instagram, TikTok, Telegram, X (sobiq Twitter) kabi platformalar yoshlarning asosiy muloqot vositasiga aylangan. Ushbu tarmoqlar orqali yoshlar nafaqat axborot oladilar, balki o‘z fikrlarini bildiradilar, shaxsiy qiziqishlarini namoyon qiladilar, yangi do‘stlar orttiradilar. Bu esa, tabiiyki, ularning shaxsiy rivojlanishi va ijtimoiy hayotga munosabatini shakllantiradi. Ijtimoiy tarmoqlarning salbiy taʼsiri: Выпуск журнала №-25 Часть–2_ Май –2025 381 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 1. Yoshlarning o‘z turmush tarzlarini boshqalarniki bilan qiyoslash natijasida oʻzini hurmat qilish pasayadi. Boshqalarning hayoti yorqinroq koʻrinishi yoshlarda norozichilik hissini uygʻotishi. 2. Doimiy ravishda yangiliklar va xabarlarni kuzatish ruhiy charchashga olib kelishi. 3. Internetga qaramlilikning ortishi, ijtimoiy tarmoqlarga haddan tashqari bogʻlanish vaqtni behuda sarflashga va jismoniy faollikning kamayishiga olib keladi. So‘nggi yilda depressiya ko‘rsatkichi (%) Ijtimoiy tarmoqlardan kundalik foydalanish (soat) 4. Kiberbulling ya’ni ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar haqorat, tahdid yoki zoʻravonlikka uchrashi. (Kiberbulling qurboni bo‘lgan kishining shaxsiy ma’lumotlarini, rasmlarini yoki videolarini tarqatish, uni sharmanda qilish yoki obro‘siga putur yеtkazish, yolg‘on ma’lumotlar tarqatish) Kiberbulling jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, shu jumladan: Depressiya, tashvish, o‘ziga nisbatan ishonchsizlik, o‘qishga konsentratsiya olmasligi, o‘ziga zarar yеtkazish va hatto o‘z joniga qasd qilishga olib kelishi. 5. Haqiqiy hayotda yеtarli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishning yo‘qolishi o‘smirlarni ijtimoiy tarmoqlarga qaram qilishi mumkin, bu esa ularni yanada izolyatsiya bo‘lishiga olib keladi. Yuqorida ko‘rilgan vaziyatlardan kelib chiqib yoshlarning ruhiy salomatligini qoʻllab quvvatlash uchun quyidagicha choralar qo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yoshlar orasida ijtimoiy tarmoqlarning ijtimoiy ong va qadriyatlarga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yoshlar orasida ijtimoiy tarmoqlarning ijtimoiy ong va qadriyatlarga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- raqamli muhit, axloqiy tarbiya., yoshlar, madaniy ta’sir, axborot makoni, qadriyatlar, ijtimoiy ong, ijtimoiy tarmoqlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026