К содержанию
РецензированоRU2025

G’ARBIY YEVROPA MUSIQASI. UNDAGI RENESSANS VA BAROKKO

Xilola Mauzerova · Raxmatullayev Xumoyun Shafoatovich

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В данной статье рассматриваются исторический процесс формирования классической музыки Западной Европы, её художественно- эстетические принципы, единство формы и содержания, а также музыкальное наследие представителей Венской классической школы. Освещается влияние классической традиции на последующие музыкальные направления и её культурное значение. Ключевые слова: Kлассическая музыка, Западная Европа, эстетические принципы, форма и содержание, Венская школа, Гайдн, Моцарт, Бетховен. Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 375 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Gʻarbiy Yevropa klassik musiqasi insoniyatning madaniy va estetik tafakkuri shakllanishida beqiyos oʻrin tutgan sanʼat hodisasi hisoblanadi. Klassik musiqa janri, ayniqsa XVII asr oxiridan XIX asr oʻrtalarigacha boʻlgan davrda, musiqiy ifoda vositalarining mukammallashuvi, kompozitsion texnikalarning murakkablashuvi va estetik qadriyatlarning chuqurlashuvi jarayonida yuzaga kelgan. Bu davr musiqasi, oʻzining ratsional va emotsional unsurlarni mutanosib tarzda uygʻunlashtira olgani bilan ajralib turadi. Klassik musiqa asarlarida inson ruhiyatining eng nozik kechinmalari, falsafiy tafakkur va ijtimoiy ong ifodasini musiqiy shaklda mujassamlashtirishga intilish kuzatiladi. Ayniqsa, Gʻarbiy Yevropa klassikasi Vena maktabi, nemis va italyan musiqa anʼanalari orqali oʻziga xos shakllangan boʻlib, unda musiqiy formaning qatʼiyligi va estetik mukammallik ideal darajaga yetkazilgan. Klassik musiqa rivoji nafaqat sanʼat sohasi doirasida, balki butun ijtimoiy-madaniy hayotda chuqur iz qoldirib, falsafa, adabiyot va boshqa ijodiy faoliyat turlarining taraqqiyotiga ham sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Shu boisdan, Gʻarbiy Yevropa klassik musiqasi nafaqat musiqiy tarixning, balki umumiy madaniy taraqqiyotning asosiy komponentlaridan biri sifatida ilmiy tahlilni talab etadi. Musiqada “mumtoz”, ya’ni, “klassika” tushunchasi dastlab Yevropa xalqlarining buyuk kompozitorlari ijodiga nisbatan baho berib, qo‘llanilgan edi. Keyinchalik esa “klassika” atamasi jahonning ko‘plab xalqlari madaniyati, adabiyotida yaratilgan, davr va vaqt sinovidan o‘tgan, ko‘pchilik, keng xalq ommasi tomonidan tan olingan, e’tirof etilgan ijod namunalariga ham qo‘llaniladigan bo‘ldi.1 Gʻarbiy Yevropa musiqasida klassika davri, asosan XVIII asr oʻrtalaridan XIX asr boshlarigacha boʻlgan davrni qamrab oladi. Bu davr musiqiy tafakkurning pishib yetilishi, shakl va mazmunning uygʻunlashuvi bilan ajralib turadi. Klassik musiqa, avvalo, estetik mukammallik, ichki mantiqiy tartib va shakllarning aniq strukturasi bilan tavsiflanadi. Barokko davrining emotsional va ko‘p ovozli musiqasidan farqli o‘laroq, klassik davrda oddiylik va tabiiylik idealga aylandi. Klassik kompozitorlar musiqada mantiqiy tartib, muvozanat va aniqlikni ta’minlashga intildilar. Ushbu 1 I.Qo‘nisheva. (2024). Yevropa mumtoz musiqasining rivojlanish tarixi. “Новости образования: исследование в XXI веке”. 51-56-betlar. Выпуск журнала №-25 Часть–3_ Май –2025 376 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT davrning eng muhim shakllaridan biri sonata formasi bo‘lib, unda ekspozitsiya, rivojlanish va repriza kabi qismlar orqali musiqiy g‘oya ketma-ket va mantiqan rivojlantiriladi. Vena klassik maktabi bu davrning asosiy markazi hisoblanadi. Yozef Gaydn (1732–1809) simfoniya va kamer musiqasining asoschisi sifatida tanilgan. Uning simfoniyalari tuzilish jihatidan aniq va muvozanatli boʻlib, musiqa shaklining rivojlanishiga mislsiz hissa qoʻshgan. Gaydn oʻz asarlarida oddiy xalq ohanglariga murojaat qilib, ularni yuqori badiiy darajada qayta ishlagan. Volfgang Amadeus Motsart (1756–1791) esa klassik shakllarni mukammallik darajasiga yetkazdi. Uning musiqasida ichki tuzilishning ratsionalligi bilan bir qatorda emotsional ifodaning nozikligi va nafisligi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Motsart opera janriga ham ulkan yangiliklar olib kirdi, xususan, “Don Juan” va “Sehrli nay” kabi asarlari orqali dramatik ifoda va musiqiy shakl uygʻunligini taʼminladi. Lyudvig van Betxoven (1770–1827) klassik musiqa tamoyillarini chuqurlashtirdi va ularni individual ifoda vositasiga aylantirdi. Uning simfonik asarlari, ayniqsa 5- va 9-simfoniyalari, insoniy ruhning murakkab kechinmalarini va ulug‘vor g‘oyalarni musiqada ifodalash imkoniyatlarini kengaytirdi. Betxoven ijodi orqali klassik estetikaga romantik unsurlar kirib keldi, bu esa musiqiy tafakkurning keyingi bosqichlari uchun zamin yaratdi. Klassik musiqa uslubi oʻz davrining falsafiy va madaniy oqimlari bilan ham uzviy bogʻliq edi. Ma’rifat davri gʻoyalari — inson aqlining qudrati, tartib va mantiq tamoyillari musiqada ham oʻz aksini topdi. Musiqiy shakllarning aniq struktura va tartibga asoslanishi, aynan shu ma’rifatparvarlik ruhining musiqiy ifodasi sifatida namoyon boʻldi. Bundan tashqari, klassik davrda musiqa ijtimoiy hayotda kengroq o‘rin egallay boshladi. Avvallari saroy va dvoryanlik doiralari uchun yaratilgan musiqa asta-sekin keng jamoatchilikka ham taqdim etila boshlandi. Konsert zallarining paydo bo‘lishi va

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются исторический процесс формирования классической музыки Западной Европы, её художественно- эстетические принципы, единство формы и содержания, а также музыкальное наследие представителей…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются исторический процесс формирования классической музыки Западной Европы, её художественно- эстетические принципы, единство формы и содержания, а также музыкальное наследие представителей… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Classical music, Western Europe, aesthetic principles, form and, Musiqa nazariyasi, Melodika, Renessans, Polifoniya, G‘arbiy Yevropa musiqasi, Barokko, Musiqiy madaniyat., Drama, Musiqa tarixi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники