К содержанию
РецензированоRU2025

BOSHLANG’ICH MAKTABDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMDAN FOYDALANISH

BOSHLANG’ICH MAKTABDA INTEGRATSIYALASHGAN · TA’LIMDAN FOYDALANISH · Umarova Dilafruz Anvarovna · Qiyomova Muxlisa

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В данной статье будет проанализирована сущность, цель и значение интегрированного обучения в начальной школе. Благодаря комплексному подходу устанавливаются связи между различными дисциплинами и вырабатывается умение учащихся применять свои знания на практике. В исследовании показано положительное влияние интегрированных занятий на повышение активности учащихся, самостоятельного мышления и творческого подхода. Также речь пойдет о современных педагогических технологиях и методах, применяемых в процессе урока. Ключевые слова: интегрированное обучение, начальная школа, междисциплинарные связи, активные методы обучения, современная педагогика, творчество, самостоятельное мышление, эффективность обучения. Kirish.Hozirgi davrda ta’lim jarayonida fanlararo bog‘liqlikni ta’minlash, o‘quvchilar bilimini chuqurlashtirish va ularni hayotga tayyorlash dolzarb vazifalardan biridir. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida integratsiyalashgan ta’lim yondashuvining joriy etilishi o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish, turli fanlarda o‘rganilayotgan bilimlar o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish hosil qilish imkonini beradi. Integratsiyalashgan ta’lim nafaqat o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga, balki o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga ham xizmat qiladi. Mazkur yondashuv asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning faolligi, mustaqil fikrlashi, kuzatuvchanligi va ijodiy salohiyatini rivojlantiradi. Shu bois, boshlang‘ich maktabda integratsiyalashgan ta’limdan samarali foydalanish bugungi ta’lim tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Mavzuga doir adabiyotlar tahlili.Boshlang‘ich maktabda integratsiyalashgan ta’limdan foydalanishning mohiyati va ahamiyati o‘quvchilarga bir nechta fanlar yoki mavzularni birgalikda o‘rgatish, ta'lim jarayonini birlashtirishni anglatadi. Integratsiyalashgan ta'lim tizimi bilimlarni yanada kengroq va samarali tarzda taqdim etishga, o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu usul, o‘quvchilarga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bilimlarni birlashtirib, ta'lim jarayonining ko‘proq mantiqiy va tizimli bo‘lishini ta'minlaydi. O‘zbekiston ta'lim tizimida ham Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 49 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT integratsiyalashgan ta’limni joriy qilish bo‘yicha amaliyotlar o‘tkazilmoqda, chunki bu o‘quvchilarni yanada kengroq dunyoqarashga ega qilishga yordam beradi.Integratsiyalashgan ta’limning boshlang‘ich maktabdagi ahamiyati, o‘quvchilarning bir nechta sohalarda bir vaqtning o‘zida bilim olishlariga imkon yaratadi. Masalan, tabiat fanlari va adabiyotlarni birlashtirib o‘rgatish, o‘quvchilarga mavzular o‘rtasidagi bog‘lanishni tushunishga yordam beradi. Bu usul, shuningdek, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash va tahliliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Integratsiyalashgan ta'lim, o‘quvchilarga ko‘proq ijodiy yondashuvni va ilmiy faoliyatni rivojlantirishni ta'minlaydi, bu esa ularning shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.Integratsiyalashgan ta’lim metodikasi, o‘quvchilarga bir nechta fanlarni bir vaqtning o‘zida o‘rgatishni, o‘zaro bog‘liq bilimlarni birlashtirib, ularning umumiy rivojlanishini ta'minlaydi. Boshlang‘ich maktabda ushbu metodikani qo‘llash, o‘qituvchining yaratgan sharoitiga, foydalanilgan metodlarga va texnologiyalarga bog‘liq. O‘qituvchilar, ta'lim jarayonini samarali qilish uchun interfaol metodlar, loyiha asosida ta'lim, hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishlari lozim. Bu, o‘quvchilarning faol ishtirokini ta'minlab, ularning bilish faoliyatini yuqori darajada tashkil etishga yordam beradi.Integratsiyalashgan ta’limning boshlang‘ich maktablarda qo‘llanilishi, o‘qituvchilarga yangi pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish va o‘quvchilarga ta'lim berishning samarali usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Biroq, ta'lim tizimini integratsiyalashgan shaklda amalga oshirishda ba'zi qiyinchiliklar ham mavjud. O‘qituvchilarning metodik mahoratini oshirish, kerakli pedagogik materiallarni yaratish, va fanlar o‘rtasidagi bog‘lanishni to‘g‘ri tashkil etish zarur bo‘ladi. Shuningdek, integratsiyalashgan ta’limning samarali ishlashiga texnologiyalarni qo‘llash ham katta yordam beradi.Integratsiyalashgan ta’limning kelajagi, ta'lim sohasidagi innovatsiyalar bilan chambarchas bog‘liq. Yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, o‘quvchilarning bilimlarini yanada kengroq tarzda rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek, integratsiyalashgan ta’limning rivojlanishi, o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga, jamoa bilan ishlashga va turli vaziyatlarda qarorlar qabul qilishga tayyorligini oshiradi. Integratsiyalashgan ta’lim Выпуск журнала №-25 Часть–4_ Май –2025 50 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tizimi o‘quvchilarning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga ham katta ta’sir ko‘rsatadi, chunki bu tizim bilimni kengroq va chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi Tadqiqotlar metodologiyasi.Tadqiqotlar metodologiyasi, o‘rganilayotgan mavzuga oid metodik yondoshuvlar, usullar va qadamlarni belgilab beradi

Доказательный фрагмент

«В данной статье будет проанализирована сущность, цель и значение интегрированного обучения в начальной школе.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье будет проанализирована сущность, цель и значение интегрированного обучения в начальной школе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
integrated education, elementary school, interdisciplinary, ijodkorlik, boshlang‘ich maktab, ta’lim samaradorligi., integratsiyalashgan ta’lim, fanlararo bog‘liqlik, zamonaviy pedagogika, faol ta’lim metodlari, mustaqil fikrlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники