Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
USMONIYLAR IMPERIYASIDA XOTIN-QIZLAR TA’LIMI MASALASI: ISTANBUL DORULFUNUNU (1914-1921)
Izzatova Ra’no Ulug‘bekovna
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Usmoniylar imperiyasidagi oliy ta’lim islohotlari, xususan Oliy ta’lim muossasasi hisoblangan, Istanbul Dorulfununining faoliyati to‘g‘risida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Idadi, Sultani, Dorulfunun, Dorulmuallimot, Ittihod va Taraqqiy. Usmoniylar davlatida 1914-yil 12-sentyabrda xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan ilk Universitet (Dorulfunun) tashkil etildi. Bu oliy ta’lim muassasasi Adabiyot, Matematika (Riyoziyat) va Tabiiy fanlar (Tabiyat) bo‘limlaridan iborat edi1. 1914-yilda boshlangan va haftada to‘rt kun, tushdan keyin soat 14:00 dan 16:15 gacha davom etgan darslar ayollar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi va bu mashg‘ulotlar bir yilga yaqin vaqt davom etdi. Ushbu darslar, rasmiy ravishda 1914-yil 12-sentabrda Zaynab Xonim uyida tashkil etilgan Bu muassasaning tashkil topishi, Ittihod va Taraqqiy partiyasining ijtimoiy hamda madaniy sohalardagi siyosatlarining uzviy davomidir. Ayniqsa, Dorulfununda ayollar va erkaklar uchun alohida konferensiyalar tashkil etish g‘oyasi bilan bog‘liq edi. Bundan tashqari, yuqori ta’lim olish istagida bo‘lgan qizlarning murojaatlari ham bu qarorning qabul qilinishida muhim rol o‘ynagan. Ayol pedagoglar tayorlaydigan maktab (Dorulmuallimot) tizimiga qo‘shilgan holda tashkil etilgan. Dorulfununning ta’lim muddati uch yil etib belgilangan bo‘lib, u adabiyot va tabiiy fanlar bo‘limlaridan iborat edi. Tabiiy fanlar bo‘limi esa matematika (riyoziyat) va tabiiy fanlar (tabiyat) yo‘nalishlariga bo‘lingan. 1914-yil 24-oktabrda 22 nafar talaba universitetga qabul qilinib, darslar boshlangan. Talabalik uchun quyidagi shartlar belgilangan edi: nomzodlar Dorulmuallimot, qizlar litseyi (Idadi) yoki (Sultani) maktablaridan bitirgan bo‘lishi va imtihonsiz qabul qilinishi, yoki shaxsiy tahsil olgan bo‘lsa, belgilangan imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tishi lozim edi. Shuningdek, 16–25 yosh oralig‘ida bo‘lish, Usmoniy pasporti va emlash guvohnomasini taqdim etish ham zaruriy shartlardan edi. Matbuotda chiqqan xabarlarga ko‘ra, Bu Dorulfunun rasmiy jihatdan Dorulmuallimot tarkibida tashkil etilgan. Darslar uchun zarur bo‘lgan jihozlar xarajati ham Matbaa-i Amire orqali Dorulmuallimot byudjeti hisobidan amalga oshirilgan. Biroq 1 Ekmeleddin Ihsanoĝlu. Dârülfünun/ Türkiye Diyanet Vakfı İslâm Ansiklopedisi. Cilt.8. – Istanbul: TDV Yayınları, 1993.– S. 524 151 May, 2025-Yil universitet ichki intizomini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan olti bandli nizomga ko‘ra, talabalar Dorulfunun bosh direktoriga bo‘ysundirilgan. Shu bilan birga, Zaynab Xonim uyida ta’lim olayotgan talabalar o‘zlariga ajratilgan hududlardan tashqariga chiqmasliklari va maktab ichida hamda tashqarisida kiyim-kechaklari milliy tarbiya mezonlariga mos bo‘lishi qat’iy belgilangan edi2. 1914-1915 o‘quv yili bu Dorulfunun uchun birinchi ta’lim yili bo‘ldi. Ushbu yilda asosan tayyorgarlik ishlari, jumladan o‘qituvchilarni tayinlash va o‘qituvchilarning o‘z vaqtida ta’lim berishga tayyor emasligi sababli yangi o‘qituvchilarni izlash kabi muammolar yuzaga keldi. Dorulfunun, Dorulmuallimot tizimiga qarashli bo‘lsa-da, boshqa muassasalar bilan yozishmalarni asosan Dorulfunun boshqaruvi olib borardi. Biroq, barcha xarajatlar Dorulmuallimotning byudjeti hisobidan qoplanardi. Shu bilan birga, talabalarga 1913-yilda qabul qilingan Dorulfunun Nizomiga muvofiq o‘qish majburiyati yuklatilgan edi. 1914-yil 28-sentabrda boshlanadigan o‘quv yilidagi dasturda, o‘qituvchilar va ularning ta’lim beradigan fanlari quyidagicha edi: Adabiyat bo‘limi: Ferid Bey, Turkiya adabiyoti Ahmed Agayef, Umumiy tarix Efdaluddin Bey, Usmoniylar tarixi, Faik Sabri, Geografiya va etnografiya, Ismoil Haqqi, Tarbiya fani, Aziz Bey, Yozuvchilik, Ziya Bey, Tabiyat bo‘limi: Said Bey, Fizika, Hulusi Bey, Hayvon anatomiya, Mushtak Bey, O‘simliklar, mineralshunoslik, Yûsuf Ragip, Sog‘liqni saqlash, Neshet Efendi, Kimyo va madaniy minerallar, İsmail Hakki, Tarbiya fani Riyoziyat bo‘limi: Said Bey, Fizika, SHukru Bey, Geometriya, Salih Zeki Bey, Algebra va musallasat, Mushtak Bey, O‘simliklar va minerallar, Salim Bey, Hisoblash ilmi, İsmail Hakki, Tarbiya fani Bu dastur, Dorulfununning ta’lim tizimining tashkil topganligini va har bir bo‘limning o‘ziga xos darslari va o‘qituvchilari bilan faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga xizmat qilgan3. Dorulfunun 1917-yili ilk bitiruvchilarini bergan. Talabalar ko‘rsatgan muvaffaqiyat darajasiga qarab, Adabiyot bo‘limidan Lamia, Adolat, Aliye, Safiye, Oysha Meliha, Shazamand, Maqbul va Saliha ismli sakkiz kishi bitirgan. Tabiyat bo‘limida esa muvaffaqiyat tartibida Hamdiya, Zehra, Shekibe, Havva Saniya, Oysha Saniya, Nezohat, Muammer, Azizе, Fotima Arife ismli to‘qqiz nafar talabani bitirganligi qayd etilgan. Xadichs Sabiha, Behije va ismli uch nafar 2 Bahar Baskin. II. Meşrutiyet’te Kadin Eğitimine Yönelik Bir Girişim: Inas Darülfünunu (Ikkinchi Mashrutiyat davrida ayollar taʼlimiga qaratilgan bir tashabbus: xotin-qizlar Dorulfununu) // İ.Ü. Siyasal Bilgiler Fakültesi Dergisi. Sayı. 38. – Mart, 2008. – S. 92-93 3 Mustaf
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Usmoniylar imperiyasidagi oliy ta’lim islohotlari, xususan Oliy ta’lim muossasasi hisoblangan, Istanbul Dorulfununining faoliyati to‘g‘risida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Usmoniylar imperiyasidagi oliy ta’lim islohotlari, xususan Oliy ta’lim muossasasi hisoblangan, Istanbul Dorulfununining faoliyati to‘g‘risida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sultani, Ittihod va Taraqqiy., Dorulfunun, Dorulmuallimot, Idadi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025