К содержанию
РецензированоEN2025

ICHIMLIK REKLAMALARINING SOTSIOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Xamidova Nargiza

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article analyzes the sociopragmatic features of beverage advertisements. It examines the purposes for which language tools are used in beverage advertisements, and the methods of establishing effective communication with the audience. It examines how cultural values, stereotypes, and communicative strategies related to consumers are reflected in advertisements. The article also highlights the adaptation of the language and style of beverage advertisements to society and its psychological and linguistic aspects. Keywords: beverage advertising, sociopragmatics, consumer behavior, communicative strategy, brand image, advertising language, visual impact. Kirish (Introduction). Bugungi kunda zamonaviy marketing strategiyalarining ajralmas qismi sifatida ichimlik reklamalarining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Reklama kommunikatsiyasi nafaqat vizual va auditoriya e’tiborini tortuvchi elementlardan iborat, balki unda til kommunikativ strategiyalari ham muhim rol o’ynaydi. Sotsiopragmatik tahlil esa reklama tilining jamiyatdagi o’rnini, madaniy qadriyatlar va ijtimoiy stereotiplar bilan bog’liqligini aniqlashga yordam beradi. Sotsiopragmatika - bu tilning ijtimoiy kontekstdagi qo’llanilishini o’rganadigan soha bo’lib, u yerdagi til vositalarining maqsadli va kontekstual ishlatilishi, shuningdek, auditoriya 1 26 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ bilan muloqotning xususiyatlari diqqat markazida bo’ladi. Ichimlik reklamalarida bu yondashuv brend imidjini shakllantirish, iste’molchilarning xulq- atvorini boshqarish va madaniy qadriyatlarni aks ettirish nuqtai nazaridan qo’llaniladi. Ichimlik reklamalarida ishlatiladigan til ko’pincha qisqa, ta’sirchan va oson anglab yetiladigan bo’ladi. Reklama matnlari va shiorlarida metafora, metonimiya va boshqa stilistik usullar keng qo’llaniladi. Ushbu vositalar orqali reklama ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarga mahsulotni shunchaki sotish bilan cheklanmay, ularga ma’naviy va ijtimoiy qiymatlarni ham taqdim etishga intiladi. Masalan, gazli ichimliklar reklamalari ko’pincha yosh va energiya bilan bog’liq obrazlarni yaratadi, bu esa iste’molchilarga o’zlarini zamonaviy va dinamik his qilishlariga yordam beradi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). Tilshunoslik sohasida ichimlik reklamalarining lingvistik xususiyatlariga oid bir qator izlanishlarni kuzatamiz. Chunonchi, “A Multimodal Critical Discourse Analysis of Online Soft Drink Advertisements (Onlayn alkogolsiz ichimliklar reklamalarining multimodal tanqidiy nutq tahlili) maqolasida onlayn ichimlik reklamalarida ishlatiladigan lingvistik va vizual semiotik vositalar tahlil qilinadi. Tadqiqotda Coca-Cola brendining Instagram reklamalaridagi tasvirlar va matnlarning pragmatik ma’nosi o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, multimodal vositalar (rasm, ranglar, shiorlar) reklama samaradorligini oshirishga yordam beradi. "Emotional Persuasive Techniques in Advertisements on the Coca-Cola Soft Drink Brand of the Coca-Cola Beverage Company" "(Coca Cola ichimliklar kompaniyasining koka-kola alkogolsiz ichimliklar brendidagi reklamalarda hissiy ishontirish usullari) tadqiqotida reklamalarda emotsional ta’sir qilish usullari o‘rganilgan. Shuningdek, Coca-Cola reklamalarida ishlatilgan leksik-grammatik va ritorik usullar tahlil qilin gan. Tahlil qilingan adabiyotlar ichimliklar reklamalarining til, pragmatika, emotsional ta’sir va multimodal vositalar orqali iste’molchilarni jalb qilish usullarini yoritadi. Tadqiqotlarning umumiy natijalariga ko‘ra, ichimlik reklamalari auditoriya bilan muvaffaqiyatli aloqani ta’minlash uchun til birliklari, vizual elementlar va sotsiolingvistik strategiyalarni samarali qo‘llaydi. Tadqiqot metodologiyasi. (Research Methodology). Ichimlik reklamalarining lingvistik va sotsiopragmatik xususiyatlarini chuqurroq tahlil qilishda quyidagi metodlardan foydalanish yaxshi samara berishi ko’zga tashlandi: a. Korpus tahlili: Ichimliklar reklamalarining yozma va vizual namunalari (TV reklamalar, bosma reklama, onlayn reklama, shiorlar) to‘planadi va tahlil qilinadi. Bu tahlil, o’z navbatida, ko’p miqdordagi va turdagi reklamalarning kompleks tahlil qilinishiga sharoit yaratadi. b. Eksperimental tadqiqot: Iste’molchilarning reklamaga bo‘lgan munosabati psixologik va sotsiopragmatik jihatdan o‘rganiladi (masalan, anketalar, intervyular orqali). Bu turdagi metodning ahamiyati shundaki, u orqali ichimliklar qabuli yoki namoyish etilayotgan ichimlik reklamalariga bo’lgan munosabatning real holati aniqlanadi. Bundan tashqari, eksperimentlar orqali aniq statistik ma’lumotlarni keltirib chiqarish va taqqoslash imkoni tug’iladi. 1 27 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ c. Diskursiv tahlil: Reklama matnlarining semantik, pragmatik va kommunikativ jihatlari o‘rganiladi. Reklamalar yuzasidan ilmiy tadqiqotlar

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the sociopragmatic features of beverage advertisements.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the sociopragmatic features of beverage advertisements. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
beverage advertising, sociopragmatics, consumer behavior, communicative, brend imidji, ichimlik reklamasi, sotsiopragmatika, kommunikativ strategiya, iste’molchi xulq-atvori, vizual ta’sir., reklama tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники