Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“SAHIHUL BUXORIY”NING “SADAFIY” NUSXASI
SCIENCE SHINE · Iroda Daurbekova Tuyunovna · Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
В статье освещены жизнь и научная деятельность андалузского имама, судьи, искусного хафиза, каллиграфа, правоведа Али ибн Садафи, а также сведения о его знаменитой “Садафи” рукописи. Ключевые слова: рукопись, каллиграф, правовед, Али ибн Садафи, Саракустия, Мурсия, алмориты, крестовый поход. Annotation: The article covers the life and scientific work of the Andalusian imam, judge, master hafiz, calligrapher, and jurist Ali ibn Sadafi, as well as information about his famous "Sadafi" manuscript. Keywords: manuscript, calligrapher, jurist, Ali ibn Sadafi, Saracens, Murcia, Almoravids, Crusade. Bugungi kunda dunyo va yurtimiz olimlari “Sahihul Buxoriy” asaridagi hadislariga sharh yoki uning tahlili asosida ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirib kelishmoqda. Hattoki, olimlarning ilimiy izlanishlari natijasida alloma ta’lif etgan yigirmataga yaqin boʻlgan asarlaridan ayrim asarlarini dunyo kutubxona fondlarida saqlanayotganini aniqlashtirib, ular haqida ma’lumot berishmoqda. “Sahihul Buxoriy” asarining bugungi kungacha yetib kelishiga hamda keyingi muhaddislar uchun asosiy manba boʻlib, xizmat qilayotgan mashhur “Sadafiy” nusxasi hamda Abu Ali Sadafiyning hayoti, ilmiy faoliyati haqidagi ma’lumotlar ushbu maqolada yoritib beriladi. Bilamizki, Imom Buxoriyning vafotidan soʻng, uning shogirdlari va muhaddis ulamolar islom oʻlkalarida hadis ilmini rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshishgan. Ular Hijoz, Makka, Basra, Bagʻdod, Shom oʻlkalarida yashagan paytida yetuk muhaddis olimlarni yetishib chiqishiga sababchi boʻlgan desak, mubolagʻa 183 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025 boʻlmaydi. Natijada “Sahihul Buxoriy” asarining hofiz va roviylari koʻpligidan muhaddislar ularni nisbasi bilan tanishgan hamda uning rivoyati bilan hadis rivoyat qilishgan. Ularning rivoyatlari asosida nusxalar paydo boʻla boshlagan. Ular “Sadafiy [12]”, “Ibn Saʼda [13]”, “Asiliy [26]”, “Maqdisiy” [10: 81], “Yuniniy” [5: 1500] nusxalari oʻsha davrda eng ishonchli boʻlgan nusxalardan sanalgan. Qoʻlyozmalarni tavsif va tadqiq qilish jarayonda “Sahihul Buxoriy” ning “Sadafiy” nusxasini hamda muhaddis Abu Ali Sadafiy oʻzining xati bilan yozilgani va nusxa haqidagi ma’lumotlar diqqatimni tortdi. Bu nusxa Abu Ali Sadafiy va ustozi Abu Valid Bojiy bilan birga Hijoz shahrida Abu Zarr Hiraviyning rivoyati asosida oʻzining xati bilan oqqa koʻchirgan ekan [4: 18: 535]. Alloma “Ibn Sakkaro”, “Ibn Durroj”, “Ibn Firroh” nomlari bilan tanilgan imom, qozi, hofiz, mohir xattot, faqih Abu Ali Sadafiy Saraqustiya (Andalusiyaning shimoli-sharqidagi maʼmuriy va harbiy boʻlinma yeri; hozirgi Saragosa Zaragosa) [16] ga yaqin bir qishloqda 454/1062 yili tavallud topgan [19: 273]. Toʻliq ismi – Abu Ali Husayn ibn Muhammad ibn Firroh ibn Hayyun ibn Sakkaro Sadafiy Andalusiy Saraqustiy. Alloma iqtidorli va hofizasi kuchli, boʻlib, yoshligidanoq ilm olishga ishtiyoqi baland boʻlgan [22: 19: 376-378]. U dastlab Qur’on karimni yod olishdan boshlab, bu yerdagi olimlarning ilmiy majlislariga qatnashgan va hadis tinglagan. U Saraqustiyalik mashhur muhaddis Abu Valid Bojiy [21: 2: 64-65], Abu Abbos A’zoriy [22: 18: 567], Balansiyada Ibn Dala’iy [2: 147-166], Almariyada Abu Abdulloh Muhammad ibn Saʼdun Qayrovayniy kabi boshqa andalusiyalik mashhur ulamolaridan saboq olgan va hadis rivoyat qilgan [10: 7: 193-194; 19: 376-378; 13: 93]. Hasan ibn Muhammad ibn Mubashshir kabi olimlardan ilmu qiro’atning bir necha uslublarini oʻrgangan. Keyinchalik u ilm olish maqsadida Shimoliy Afrikaninng ilm markazi boʻlmish Qayravon, Mahdiya shaharlarida oʻz davrining mashhur olimlarining darslariga qatnashgan. Abu Ali Sadafiy haj amallarini bajarish uchun Makkaga borgan va bu yerda koʻplab hajga kelgan xurosonlik muhaddis olimlar bilan uchrashgan. U yerda u “Imomul haramayn” laqabi bilan tanilgan mashhur alloma Abu Abdulloh Husayn ibn Ali Tabariy, Abu Bakr Turtushiy [3: 4: 262-265] hamda islom olamidagi taniqli ulamolar bilan ham koʻrishgan va ulardan hadis ilmidan saboq olgan. Basrada Abu Qosim ibn Shuʼba, Abu Yaʼlo Molikiy, Abu Abbos Jurjoniylardan hadis tinglagan. Abu Ali Sadafiy 482/1089 yili Bagʻdodga keladi va besh yil mobaynida bu yerdagi mashhur olimlar Abu Husayn Tuyuriy, Abul Fazl Ahmad ibn Hasan ibn Xayrun kabi olimlardan taʼlim olgan. Shuningdek, vatandoshimiz Abu Bakr Qaffol 184 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025 Shoshiydan fiqh ilmini oʻrgangan va ustozining “Taliqotul kubro fi masailil hilof” (Ixtilofli masalalar borasidagi batafsil izohlar) asarini eshitib,undan yozib olgan [5: 4: 1253-1255]. 487/1094 yili u Damashqdagi Abulfath Nasr ibn Ibrohim Maqdisiy, Abulfaraj Sahl ibn Bishr Isfaroyniy kabi olimlardan ham saboq olgan va hadis tinglagan. Ustozi Abulfath Nasr ibn Ibrohim Maqdisiy Abu Ali Sadafiydan uch dona hadis yozib olgan. Biroz muddatdan soʻng, alloma Damashqdan Misrga borgan va zamonasinig eng mashhur muhaddisi Abu Isʼhoq Habboldan hadis
Доказательный фрагмент
«В статье освещены жизнь и научная деятельность андалузского имама, судьи, искусного хафиза, каллиграфа, правоведа Али ибн Садафи, а также сведения о его знаменитой “Садафи” рукописи.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье освещены жизнь и научная деятельность андалузского имама, судьи, искусного хафиза, каллиграфа, правоведа Али ибн Садафи, а также сведения о его знаменитой “Садафи” рукописи. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- manuscript, calligrapher, jurist, Ali ibn Sadafi, Saracens, Murcia, : qoʻlyozma, xattot, faqih, salib yurishi., Mursiya, almoriylar, Ali ibn Sadafiy, Saraqustiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026