Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
EMOTSIONAL INTELLEKTNING TALABALAR O‘QUV FAOLIYATIGA TA’SIRI
SCIENCE SHINE · Ibrohimov Farruhbek Farhod o‘g‘li · ACADEMIC ACTIVITY
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada emotsional intellektning talabalarning o‘quv faoliyatiga ta’siri ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Emotsional intellekt shaxsning o‘z his-tuyg‘ularini anglash, boshqarish hamda boshqalarning emotsiyalarini tushunish qobiliyati sifatida ta’riflanadi va uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari EI yuqori bo‘lgan talabalar stressni boshqarish, akademik samaradorlik va ijtimoiy muhitga moslashish borasida ustunlikka ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Maqolada emotsional intellektning metodologik asoslari, psixologik va kognitiv yondashuvlari, shuningdek, EI rivojlantirish usullari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: emotsional intellekt, intellektual qobilyat, hissiy aql, akademik samaradorlik, psixologik yondashuv, kognitiv yondashuv, motivatsiya, ijtimoiy muhit. THE INFLUENCE OF EMOTIONAL INTELLIGENCE ON STUDENTS‘ ACADEMIC ACTIVITY Annotation: This article discusses the influence of emotional intelligence on students’ academic performance from a scientific perspective. Emotional intelligence is defined as a people ability to understand and manage their own emotions and understand the emotions of others, and its importance in the educational process is discussed. The results of the study show that students with high EI have an advantage in stress management, academic performance, and adaptation to the social environment. The article analyzes the methodological foundations of emotional intelligence, psychological and cognitive approaches, as well as methods for developing EI. Keywords: emotional intelligence, intellectual ability, emotional intelligence, academic performance, psychological approach, cognitive approach, motivation, social environment. Zamonaviy ta’lim jarayonida nafaqat intellektual qobiliyatlar, balki emotsional intellekt ham muhim omil sifatida qaralmoqda. Emotsional intellekt (EI) - bu 167 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025 shaxsning o‘z his-tuyg‘ularini anglash, boshqarish va boshqalarning emotsiyalarini tushunish qobiliyati bo‘lib, u o‘quv jarayonining samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi. Ma’lumki, emotsional intellekt shaxsning yuqori darajada rivojlangan oʻz histuyg‘ularini va boshqa odamlarning his-tuygʻularini tushunish, ularni boshqarish qobiliyati bo‘lib, uni tadqiq etish psixologiya fanida emotsional intellekt muammosiga doir qator yangicha yondashuvlarni yuzaga keltirishi ehtimoldan holi emas. Psixologik mazmunga ko‘ra, emotsional intellekt- bu boshqa odamlarning his- tuyg‘ularini yengil tushunish yoki intellektual jarayonlarga asoslangan emotsiyalarning asoslanishu hamdir. Insondagi emotsional ongning barcha tarkibiy qismlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq boʻlib, ularning oʻzaro bog‘liqligi shaxslararo munosabatlarning samarali kechishiga yordam beradi20[1,b-3]. Emotsional intellekt zamonaviy psixologiyada jadal rivojlanayotgan tadqiqot sohalaridan biridir. Ushbu hodisaga ko‘plab tadqiqotchilar tamonidan taxlil qilingan. Emotsional intellekt - bu hissiyotlarni anglash, boshqa odamlarning va ularning shaxsiy maqsadlari, g‘ayratlari va istaklarini anglash qobiliyati, shuningdek amaliy muammolarni hal qilish uchun ularning his-tuyg‘ulari va boshqa odamlarning his- tuyg‘ularini boshqarishdir21[3,b-476]. O‘zining his-tuyg‘u larini boshqarmasdan, inson o‘z kasbiy faoliyatida va shaxsiy hayotida muvaffaqiyatga erisha olmaydi, chunki umumiy muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish hissiyotlarni anglash va bilan bog‘liq. Aksariyat emotsional vaziyatlarda aql-idrok bilan hukm qilinishi kerak bo‘lgan holatlar mavjud. Emotsiyalarni boshqarish va nazorat qilish shaxsning muhim qobiliyatidir[3,494]. Bu borada ko‘plab tadqiqodlar amalga oshirilgan masalan: A.K. Kravtsova hissiy aql va jamoadagi etakchilik masalalarini ko‘rib chiqadi. T.I.Solodkova o‘qituvchilar ishida emotsional intellektning resurs imkoniyatlarini tahlil qiladi, K.S. Kuznetsova, I. N. Meshcheryakova va boshqalar turli yoshdagi odamlarda emotsional intellektning dolzarb muammolarini o‘rganadilar. 1930-yillarning boshlarida L.S.Vigotskiy ham ta’sirlarning o‘zi, ham hissiyotlarni yanada murakkab psixologik tizimlar bilsn birlashtiruvchi aloqalar tartibi va aloqalarini o‘rganish muammosini aniqladi va u ilmiy psixologiyaning asosiy vazifasi deb belgiladi. Hissiy holatlar va intellektning birligi va o‘zaro bog‘liqligi haqidagi g‘oyalarni yana bir taniqli rus olimi 20 Karakulova U., Oʻsmirlarda deviant xulq-atvor shakllanishining psixologik oʻziga xosligi. Mеждународный научно- образовательний электронный журнал «Oбразование и наука в ХХI века». 2021. 251. 21 Otamuratov R.U., O`rolov H., Rahimova S.., Kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari xalqaro ilmiy-texnik konfrensiya materiallar to`plami. 2022., - 476 168 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025 A.N.Leontevning asarlarida kuzatish mumkin, u tafakkurni hissiy faoliyatdan ajralgan xolda ko ‘rib chiqish mumkin emasli
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada emotsional intellektning talabalarning o‘quv faoliyatiga ta’siri ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada emotsional intellektning talabalarning o‘quv faoliyatiga ta’siri ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- emotional intelligence, intellectual ability, emotional intelligence, akademik samaradorlik, emotsional intellekt, intellektual qobilyat, motivatsiya, ijtimoiy muhit., kognitiv yondashuv, hissiy aql, psixologik yondashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026