К содержанию
РецензированоUZ2025

TALABALARNING INGLIZ TILIDA LEKSIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING LINGVODIDAKTIK MUAMMOLARI

SCIENCE SHINE · RIVOJLANTIRISHNING LINGVODIDAKTIK MUAMMOLARI · Rashidova Nodira Habibullayevna

Свет науки · 1 · 117-120 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada talabalarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirishning lingvodidaktik muammolari bo‘yicha fikr va mulohazalar haqida fikr yuritilgan. Shunindek, mavzuga doir turli olimlar fikri ham o‘rganib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: leksika, leksik kompetensiya, kompetensiya, lug‘aviy birliklar, ingliz tili leksikasi. XX asrning so‘nggi o‘n yilligida ta’lim jarayonining mohiyatini aks ettiruvchi tizimda o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘qitishga tayyorgarlik, ta’lim va malaka tushunchalari o‘rnini moslashuvchan malaka, harakatchanlik, kompetentlik tushunchalari egalladi. Kompetensiyaga asoslangan yondashuvga bosqichma-bosqich o‘tish, birinchi navbatda, oliy ta’limning an’anaviy kognitiv yo‘nalishlari bilan bog‘liq farqlarni hal qilish zarurati bilan bog‘liqdir. Oliy ta’limda faqat bilim berishga asoslangan ta’lim (knowledge based education) mustaqil, murakkab kasbiy muammolarni hal qilishga qodir mutaxassislarni tayyorlashda ko‘p qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Ta’limning an’anaviy shakllari shaxsning imkoniyatlarini to‘liq ochib bera olmaydi. Shu sababli xorijiy mamlakatlarda ta’lim tizimi davlat siyosati darajasida isloh qilinmoqda. Islohotning asosiy maqsadlaridan biri ta’lim oluvchilarni tashabbus va mas’uliyatga asoslangan faoliyatga yo‘naltirish, shuningdek, butun umr davomida uzluksiz ta’lim olishdan iboratligini hisobga olib, o‘rganish jarayonida, avvalo, kompetensiya termini ma’no-mazmunini tushunib olish muhim sanaladi. Dissertatsiya mavzusidan kelib chiqib sohaviy va kasbiy leksik kompetensiyani rivojlantirishga aloqador tushunchalarning tahliliga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Leksika yunoncha lexis - so‘zga oid, lug‘aviy so‘zlaridan olingan bo‘lib, tildagi barcha so‘z va iboralar yig‘indisi, tilning lug‘at tarkibi degan tushunchalarni ifodalaydi. Leksika ma’lum qonun-qoidaga bo‘ysunuvchi izchil va murakkab tizimdan iborat. Til leksikasi to‘xtovsiz o‘zgarib rivojlanib turadi. Bu hodisa lug‘at tarkibida yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi, mavjud so‘zlardan ayrimlarining eskirib, iste’moldan chiqishi, leksik ma’nosini o‘zgartirib, yangi ma’no kasb etishi kabi 136 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025 jarayonlarda ko‘rinadi. Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy tuzumning o‘zgarishi bilan uzviy bog‘langan holda tilning leksika sohasi ham boyib boradi. XX asrda barcha xalqlar qatori ingliz tili leksikasi ham tezlik bilan rivojlanib taraqqiy etdi. Ingliz tili leksikasiga ham halqaro so‘zlar keng ko‘lamda kirib keldi. Buning ustiga fan va turli sohalardagi atamalar ham mazkur tilga tezlikda kirib kelishi kuzatildi. Ingliz tili sohaviy leksikasida o‘zlashma qatlam, shuningdek, Umumevropa so‘zlari, ulardan yasalgan inglizcha so‘zlar mavjud. O‘zlashma qatlam tarkibida forscha, arabcha, ruscha so‘z va tushunchalar ham bor. Ingliz tili leksikasi zamonaviyligi jihatdan uch asosiy qatlamga bo‘linadi: 1. Zamonaviy qatlam. Eskilik va yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lmagan so‘zlar. Bu qatlamga oid so‘zlar ingliz tili leksikasining asosini tashkil qiladi; 2. Eski qatlam. Hozirda ham iste’molda bo‘lgan istorizm va arxaizmlar ushbu qatlamga kiradi; 3. Yangi qatlam. Hozirgi ingliz tilida ishlatiladigan so‘zlardan iborat bo‘lib, yangi leksika deb ham yuritiladi. Lug‘aviy birliklarni qo‘llash doirasi jihatdan ikkita qatlamga ajratiladi: 1. Foydalanish doirasi chegaralanmagan so‘zlar. Ma’nosi shu tilda so‘zlovchilar uchun tushunarli va umumqo‘llanish xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlar, umumiste’moldagi chegaralanmagan sohaviy leksika sanaladi; 2. Foydalanish doirasi chegaralangan so‘zlar til lug‘at tarkibining ajralmas qismi bo‘lib, uning tarkibiga dialektal, terminologiya, kasb-hunarga oid leksika, ilmiy atama, jargon, argo, vulgarizm va varvarizmlar kiradi. Lug‘aviy birliklar nutq ko‘rinishlari jihatdan adabiy va so‘zlashuv nutqiga xos bo‘ladi. Sohaviy leksika termini biror muallif yoki asar sohaviy leksikasi kabi tor ma’noda ham qo‘llanadi. Ingliz tili leksikasi Zamonaviy qatlam Eski qatlam Yangi qatlam 1-rasm. Ingliz tili leksikasi qatlamlari Leksika bir qarashda juda sodda ko‘ringani bilan uni o‘zlashtirish murakkab jarayon hisoblanadi. Misol uchun ingliz tilidagi quyidagi leksik birliklarning ma’noviy ifodalash imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz. 137 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025 Ingliz tilida: die – expire - pass away - bite the dust - kick the bucket - give up the ghost – go berry picking. O‘zbek tilida: o‘lmoq, vafot etmoq, qazo qilmoq, olamdan o‘tmoq, nargi (chin) dunyoga ketmoq, hayotdan ko‘z yummoq, jon bermoq, jon taslim qilmoq, mosh tergani ketmoq, oyoq uzatmoq. Ushbu misolda keltirilgan so‘zlar ayni ma’noni ifodalovchi sinonimlari bo‘lib, bir yoki undan ortiq so‘zlardan iborat. Ular ingliz tilidagi adabiyotlarda “multiword units”, ya’ni ko‘p so‘zli birliklar, deb nomlanadi. Tarkiban bir necha so‘zlardan iborat bo‘lgan bunday ifoda birliklari uchun leksema (lexical item) yoki leksik birlik (

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada talabalarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirishning lingvodidaktik muammolari bo‘yicha fikr va mulohazalar haqida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada talabalarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirishning lingvodidaktik muammolari bo‘yicha fikr va mulohazalar haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ingliz tili leksikasi., lug‘aviy birliklar, leksik kompetensiya, kompetensiya, leksika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники