Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TEMURIYLAR DAVRIDA QURILISH VA OBODONCHILIK
SCIENCE SHINE · Jahongir Usmanov Xujaqulovich
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Temuriylar davrida olib borilgan qurilish va bunyodkorlik ishlari, Samarqand shahrining qayta qurilishi, yangi me’morchilik obidalari va ularning o‘ziga xos jihatlari, Xoja Ahmad Yassaviy, Ulug‘bek rasadxonasi va Oqsaroy qurilishi haqida so‘z boradi. Тemur saltanat poytaxti Samarqandni obod qilishga alohida e’tibor berdi. Turli mamlakatlardan keltirilgan ustalar Samarqandni o‘z davrining eng go‘zal shahriga aylantirdilar. Me’morchilik obidalari asosan Samarqandda joylashgan. Тemur davrida Samarqand Afrosiyobdan janubda, mo‘g‘ullar davridagi ichki va tashqi shahar o‘rnida qurila boshladi hamda bu maydon qal’a devori va xandaq bilan o‘ralib (1371), “hisor” deb ataldi. Hisor 500 gektar bo‘lib, devor bilan o‘ralgan edi. Shaharga oltita darvozadan kirilgan. Тemur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig‘i kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan yoysimon qovurg‘alarga tayangan tashqi gumbazni ko‘tarib turuvchi poy gumbazning balandligi oshdi. Ulug‘bek davrida gumbazosti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi. Shahar mahallalardan iborat bo‘lib, guzarlarga birlashgan. Shaharda me’moriy majmualar shakllanishi Тemur va temuriylar davrining eng katta yutug‘i bo‘ldi. Me’morchilik taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tarildi, inshootlar ko‘lami bilan birga ularning shakli ham ulkanlashdi. Bu jarayon muhandislar, me’morlar va naqqoshlar zimmasiga yangi vazifalarni yukladi. Samarqandga kiraverishda Ko‘hak tepaligidagi Cho‘pon ota maqbarasi Ulug‘bek davrida qurilgan bo‘lib, bu inshootda mutanosiblik, umumiy shaklning nafisligi, bezaklarda ulug‘vorlik uyg‘unlashib ketgan. Temuriylar me’morchiligi Saljuqiylar me’morchiligining o‘ziga xos jihatlaridan foydalangan. Murakkab chiziqli va geometrik naqshlarni tashkil etuvchi feruza va ko‘k plitalar binolarning fasadlarini bezagan. Ba’zan ichki qismi ham xuddi shunday bezatilgan. Hofizi Abru Samarqand haqida shunday yozadi: “Mahallalar, bozorlar, ko‘chalar va aksar xonadonlarda oqar suvlar bor. Qaysi joyga bormagin, katta hovlilarning birortasi hovuzsiz va daraxtsiz emas. Shu sababdan, (shahar) “Jannat ad- dunyo” (Dunyoning jannati) degan unvon olmish”. 117 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025 Тemur saltanat poytaxti Samarqandni obod qilishga alohida e’tibor berdi. Turli mamlakatlardan keltirilgan ustalar Samarqandni o‘z davrining eng go‘zal shahriga aylantirdilar. Me’morchilik obidalari asosan Samarqandda joylashgan. Тemur davrida Samarqand Afrosiyobdan janubda, mo‘g‘ullar davridagi ichki va tashqi shahar o‘rnida qurila boshladi hamda bu maydon qal’a devori va xandaq bilan o‘ralib (1371), “hisor” deb ataldi. Hisor 500 gektar bo‘lib, devor bilan o‘ralgan edi. Shaharga oltita darvozadan kirilgan. Тemur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig‘i kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan yoysimon qovurg‘alarga tayangan tashqi gumbazni ko‘tarib turuvchi poy gumbazning balandligi oshdi. Ulug‘bek davrida gumbazosti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi. Shahar mahallalardan iborat bo‘lib, guzarlarga birlashgan. Shaharda me’moriy majmualar shakllanishi Тemur va temuriylar davrining eng kata yutug‘I bo‘ldi. Me’morchilik taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tarildi, inshootlar ko‘lami bilan birga ularning shakli ham ulkanlashdi. Bu jarayon muhandislar, me’morlar va naqqoshlar zimmasiga yangi vazifalarni yukladi. Samarqandga kiraverishda Ko‘hak tepaligidagi Cho‘ponota maqbarasi Ulug‘bek davrida qurilgan bo‘lib, bu inshootda mutanosiblik, umumiy shaklning nafisligi, bezaklarda ulug‘vorlik uyg‘unlashib ketgan. Temuriylar me’morchiligi Saljuqiylar me’morchiligining o‘ziga xos jihatlaridan foydalangan. Murakkab chiziqli va geometric naqshlarni tashkil etuvchi feruza va ko‘k plitalar binolarning fasadlarini bezagan. Ba’zan ichki qismi ham xuddi shunday bezatilgan. Amir Temur qurdirgan meʼmoriy inshootlar ichida shubhasiz Oqsaroy eng yirik va nodir obida hisoblanadi. Тemuriylar davlatining qudrati ayniqsa me’morchilikda namoyon bo‘ldi. Oqsaroy devorlaridagi ranglar jilosi, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi kufiy, suls yozuvlari, koshinkor bezaklar, islimiy, girih naqshlarning o‘zaro uyg‘unligi binoga ajoyib va sehrli mazmun bag‘ishlagan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishiga qaraganda, Amir Temur to‘rtinchi marta, yaʼni 1379-yili Xorazmga yurishidan qaytganidan so‘ng xorazmlik bir guruh kishilarni Keshga ko‘chirib keltirganligini qayd etadi. Ko‘chirib keltirilganlar orasida quruvchi usta, mutaxassis bunyodkorlar ham bo‘lganki, ular Amir Temurning buyrug‘i bilan Keshda yangi saroy barpo etish ishiga jalb qilinganlar. Oqsaroyning qurilishi 1380-yilning bahorida boshlangan. Jumladan, gumbazli arkni yasash va bezashda tosh kesuvchi usta Muhammad Yusuf Tabriziy ishtirok etgani gumbaz yozuvlarida saqlangan. O‘z davrida umumiy balandlik darajasi 70 metrdan balandni tashkil etgan Oqsaroy binosining hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan qismi 38 metrni tashkil etadi. 1404-yil avgustda Keshda bo‘l
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Temuriylar davrida olib borilgan qurilish va bunyodkorlik ishlari, Samarqand shahrining qayta qurilishi, yangi me’morchilik obidalari va ularning o‘ziga xos jihatlari, Xoja Ahmad Yassaviy, Ulug‘bek rasa…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Temuriylar davrida olib borilgan qurilish va bunyodkorlik ishlari, Samarqand shahrining qayta qurilishi, yangi me’morchilik obidalari va ularning o‘ziga xos jihatlari, Xoja Ahmad Yassaviy, Ulug‘bek rasa… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ulug bek, davrining eng, тemur davrida, bek davrida, morchilik obidalari, ziga xos, тemur saltanat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026