К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTON VA ISLOM TARAQQIYOTI BANKI O‘RTASIDA MOLIYA, YO‘L QURILISHI VA ENERGETIKA SOHALARIDAGI HAMKORLIK

SCIENCE SHINE · Mamajonova Muslimaxon · tomonidan Aziya Aliyans Bank · Kapitalbankka murobaha

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Maqolada “Islom Taraqqiyot Banki” ning O‘zbekiston Respublikasi bilan olib borilayotgan ishlari xususan moliyaviy shartnomalar va ularning yo‘nalishi hamda moliya, yo‘l qurilishi va energetika sohalaridagi hamkorlikdan ko‘zlangan maqsadlari shuningdek munosabatlari haqida yoritilgan. Kalit so‘zlar: Islom taraqqiyot banki, moliya, rivojlanish, aloqalar, iqtisodiy birdamlik, energetika, yo‘l qurulishi kabi siyosiy tushunchalarni o‘rganamiz. O‘zbekiston Islom taraqqiyot banki( ITB )ga 2003-yilning sentabrida Olma- Otadagi bankning yillik yig‘ilishi doirasida qo‘shildi va 2004-yilda O‘zbekiston Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasiga a’zo bo‘ldi. ITBning O‘zbekistondagi vakili o‘z faoliyatini Toshkentda 2006-yilning oktabrida boshladi6. 2018-yilning mart oyida O‘zbekiston hukumati va ITFC o‘rtasida savdo operatsiyalari moliyalashtirish maqsadida 100mln. dollarlik hadli bitim imzolandi.Unga ko‘ra korporatsiya O‘zbekistonning tashkilotga a’zoligiga qadar savdo loyihalarni moliyashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi va bugungi kungacha ITFC tomonidan Aziya Aliyans Bank, Trastbank va Kapitalbankka murobaha moliyalashtirish liniyasi taqdim etildi. 2018-yil 18-19-sentabr kunlari Toshkentda ITB guruhi va AMG “ davra suhbati” o‘tkazilib, ularning yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda istiqbolli dasturlar va loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishib olindi va ITB guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida 1,3 mlrd. dollar miqdoridagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi bilan ITB guruhi o‘rtasida 2018- 2021- yillarga mo‘ljallangan Sheriklik strategiyasi imzolandi7. Bugungi kunda respublikamizda bank ishi va moliyaviy islom prinsiplarini tatbiq etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Moliya vazirligi tomonidan tashkil etiluvchi «tashabbus guruhi»ga aylandi. Shuningdek, Islom taraqqiyot banki grantini 6 Nizomova M. Islom taraqqiyoti banki va O‘zbekiston// 3rd -ICARHSE International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education Hosted from New York, USA https://conferencea.org June 28th 2022. B.28-29 7 “Islomiy moliya asoslari” /E.A.Baydaulet. – Toshkent : “ O’zbekiston” NMIU,2019. 105 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025 jalb etgan holda «O‘zbekiston Respublikasida islom bank ishi va moliyasi infratuzilmasini tatbiq etish uchun qonunchilik asoslarini yaratish» bo‘yicha ishchi loyihasini amalga oshirish belgilangan. Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumatiga Islom taraqqiyot banki bilan muvofiqlashtirilgan Ishchi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi loyihasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun kiritish aytilgan. Qaror loyihasi muhokamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 31-may kunida amalga oshirildi. Shu jumladan Islom taraqqiyot banki rahbarini Bandar Hajarni qabul qildi. Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi islohotlarga har tomonlama ko‘makni kengaytirishga tayyor ekanligini takidladi. Bandar Hajar prezident Shavkat Mirziyoyev bilan 2018- yil 20- sentyabrda uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekistonning ITB bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi doirasida yurtimizga 1,9 milliard dollarlik imtiyozli kredit mablag‘lari jalb etilgan bo‘lib, ular iqtisodiyotning turli tarmoqlariga oid loyihalarni o‘z ichiga oladi8. Ushbu loyihalar yo‘l-transport, energetika va kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, qishloq joylarda uy-joy qurilishi, ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini, sog‘liqni saqlash va ta’limni rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash kabi sohalarga sarflandi. Hamkorlik uchun ulkan salohiyat, eng muhimi, uni yanada mustahkamlashga o‘zaro intilish mavjudligi ta’kidlandi. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «ITB guruhi kuni» doirasida O‘zbekiston va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan 1,3 mlrd dollarlik sheriklik strategiyasi imzolandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki rahbariga jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish maqsadida Samarqandda tashkil etilgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiytadqiqot markazi faoliyatiga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi. Bandar Hajar esa Markaziy Osiyo davlatlari Ichida O‘zbekiston Islom taraqqiyot banki uchun mintaqadagi asosiy hamkorlardan biri ekanini ta’kidladi. Bandar Hajar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlarga yuksak baho berib, ITB mamlakatimizdagi islohotlarga har tomonlama ko‘makni kengaytirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini qayd etdi9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.03.2019 yildagi PQ-4224-son “ ITB guruhi va arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan sheriklikni yanada 8 http://prezident.uz/Islom hamkorlik tashkilotining ushbu nufuzli sammiti “Fan, texnologiyalar, innovatsiyalar va islom olamini modernizatsiya

Доказательный фрагмент

«Maqolada “Islom Taraqqiyot Banki” ning O‘zbekiston Respublikasi bilan olib borilayotgan ishlari xususan moliyaviy shartnomalar va ularning yo‘nalishi hamda moliya, yo‘l qurilishi va energetika sohalaridagi hamkorlikda…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada “Islom Taraqqiyot Banki” ning O‘zbekiston Respublikasi bilan olib borilayotgan ishlari xususan moliyaviy shartnomalar va ularning yo‘nalishi hamda moliya, yo‘l qurilishi va energetika sohalaridagi hamkorlikda… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
aloqalar, rivojlanish, moliya, iqtisodiy birdamlik, yo‘l qurulishi kabi siyosiy tushunchalarni o‘rganamiz., Islom taraqqiyot banki, energetika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники