Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASH ORQALI O‘QUVCHILARNI KREATIV FIKRLASHGA O‘RGATISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
SCIENCE SHINE · O‘RGATISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI · Olimova Dilshodaxon Baxtiyorjon qizi
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
In the current context of globalization and social reform, educating new-thinking individuals requires serious changes in the education system. The article discusses the pedagogical significance and psychological characteristics of teaching a broad outlook and creative thinking, aimed at further improving students' knowledge in the process of working with text in primary school reading literacy classes. Keywords: primary education, literacy, text, creativity, outlook, 4K model, textbook Bugungi kunda yosh avlodni ma’naviy barkamol, jismoniy sog‘lom va yetuk shaxs sifatida tarbiyalash nafaqat ta’lim tizimining, balki butun jamiyatimizning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Bu borada maktab ta’limi, xususan, boshlang‘ich ta’lim muhim ahamiyatga ega. Chunki, maktabga ilk qadam qo‘ygan bolaning savodini chiqarish, unda dastlabki ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish ta’limning aynan shu bosqichida amalga oshiriladi. Bu maqsadga erishish uchun, avvalo, o‘quvchilarda yuqori darajadagi o‘qish savodxonligini shakllantirish lozim. O‘qish savodxonligi doirasida o‘quvchida to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish, ularni oddiy kitob oʻquvchisidan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish; o‘qish orqali tevarak- 79 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025 atrof, olam haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularning dunyoqarashini boyitish; har qanday uslubdagi matnni o‘qish va uni anglash, tanqidiy va kreativ fikrlash ko‘nikmasini oshirish nazarda tutiladi. Bilamizki, amaldagi 1-4-sinflar uchun yaratilgan yangi zamonaviy maktab darsliklari 4K modeliga asoslangan innovatsion yondashuvda taqdim etilgan. Ushbu metodologiya bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan bo‘lib, quyidagi asosiy kompetensiyalarni o‘z ichiga qamrab oladi: 1.Kollaboratsiya 2.Kommunikatsiya 3.Kreativ(ijodiy) fikrlash 4.Kritik (tanqidiy) fikrlash o‘quvchilarda jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantiradi. Innovatsion ta’lim ta’limda birinchi navbatda, ijodiy qobiliyatlar, o‘z-o‘zini rivojlantirish va kreativ fikrlash eng muhim motivatsiyalardan hisoblanadi. “Kreativlik” so‘ziga ta’rif beradigan bo‘lsak, lotincha so‘zdan olimgan bo‘lib, “ijod” yoki “yaratish, vujudga keltirish” kabi ma’nolarni anglatadi. Kreativlik - shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni, yangi g‘oyalarni ilgari surishi kerak. Kreativlik tushunchasi o‘zida xilma- xillik, qiziquvchanlikni, tafakkur va noan’anaviylikni aks ettiradi. Bugungi kun boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida ijodkorlik va kreativlik bo‘lishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu jihati uning ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarda ham ushbu sifatlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘qish savodxonligi darslarida matn ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Boshlang‘ich sinfda matn ustida ishlashga o‘quvchilarni jalb qilish o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon qiluvchi pedagogik jarayon sanaladi. Har qanday pedagogik jarayon kabi boshlang‘ich sinflarda matn ustida ishlashda ham muayyan psixologik, pedagogik, metodik talablar inobatga olinishi zarur. Shundagina boshlang‘ich sinf o‘quvchilari matn bilan ishlash orqali muayyan bilimlarni o‘zlashtirish, ravon va ongli o‘qish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladi, nutq boyiydi, fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Matn ustida ishlashda quyidagi pedagogik jarayonlar o‘quvchilarni kreativ fikrlashga undaydi. - O‘qishning ongliligini va ta’sirchanligini ta’minlash, matn mazmunini o‘quvchilarning ko‘rgan kechirganlarini, taassurotlari bilan bog‘lash. - Ongli o‘qishni amalga oshirishda turli lug‘atlardan foydalanish. - O‘qishga o‘rgatishda so‘zlarni va gaplarni to‘ldirib o‘qish, gap tuzishga, tez mustaqil fikrlashga erkin imkoniyat yaratilishi. 80 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025 - O‘qituvchi har bir o‘quvchini eshitishi, o‘quvchining xato fikrlashini bilsa ham ularni to‘xtatib tashlamasligi, hattoki xato bo‘lsa ham eshitishi kabi tushunchalar misol bo‘la oladi. Bundan bilishimiz mumkinki, matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarni ijodiy, mustaqil va mantiqiy mushohada yuritishga, matnni tahlil qilish va unga o‘z munosabatini bildira olishga o‘rgatish o‘qituvchidan katta mahorat talab etadi. O‘quvchi matn ustida ishlash mobaynida personajlarning xatti-harakati, ayniqsa, ularning ichki ma’naviy olamini o‘z fikrlari orqali ochishga harakat qiladi. Aytishimiz mumkinki, kreativ yondashuv asosida fikr yuritish o‘quvchilarning nutqini o‘stirishga ham ijobiy ta’sirini o‘tkazishga yordam beradi. O‘qish savodxonligi darslarida matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatishning psixologik xususiyatlari o‘qituvchining ta'lim jarayonida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga q
Доказательный фрагмент
«In the current context of globalization and social reform, educating new-thinking individuals requires serious changes in the education system.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the current context of globalization and social reform, educating new-thinking individuals requires serious changes in the education system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- primary education, literacy, text, creativity, outlook, 4K model, darslik., kreativlik, dunyoqarash, boshlang‘ich ta’lim, 4K modeli, savod, matn
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025