Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XOR IJROCHILIGINING MASALALARI
SCIENCE SHINE · XOR IJROCHILIGINING MASALALARI · Ishmatova Hilola Ismailovna
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbek xor san’atini rivojlantirish va ushbu yo‘nalish uchun yetuk mutaxassis kadrlar tayorlash tamoyillari taklifi berilgan. Kalit so‘zlar: xor, dirijo‘rlik, vokal-xor ijrochilik, intonatsiya, ritm, diktsiya, repertuar, kompozitor, simfonik-orkestr, kontsert, gastrol. Tarixdan bilamizki O'rta Osiyo zaminidan buyuklar yetishib chiqqan. Ilmiy va diniy ta’limot bo‘yicha oldingi saflarda bo‘lishgan. O‘z sohasining yetuk namoyondalari Imom Al Buxoriy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Al Xorazmiylar olamshumul kashfiyotlar qilganlar. “Musiqa va sa’nat insonga ma’naviy oziqa bo‘lishi bilan birga uni tarbiyalashda ham ahamiyatlidir” degan fikrni ilgari surganlar. Shunday ekan jamoaviy ijrochilik ham insonlarda chuqur estetik zavq uyg‘otibgina qolmay ularni jipslashtiradi, jamoa bo‘lib birlashtiradi, ma’naviy saviyasini, badiiy didini oshirishga yordam beradi. Hozirgi rivojlanish asrida ta’lim sohasi kabi san’atning “Xor dirijo‘rlik” yo‘nalishini ham rivojlanayapti deya olamizmi? Respublika miq’yosida olib qaraganda ha rivojlanyapti deyishimiz mumkin. O‘zbek xor san’ati XX asrda kasbiy darajada ko‘p ovozli xor ijrochiligi rivojlandi va bu yo‘lda yetuk professional mutaxassis ustozlarning mehnati beqiyos bo‘ldi. Hozirgi kunda ham O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining bir qancha professor, dotsent o‘qituvchilari bu yo‘lda o‘zlarining izlanishlarini olib boryaptilar. Buni natijasida bir qancha xor jamoalarining faoliyati kengayib, repertuarlari har hil janrdagi asarlar bilan boyib bormoqda. Lekin afsuski yuqoridagi rivojlanish, yuksalishlar faqatgina poytaxtda bo‘lib kelmoqda. Viloyatlar ichida xor ijrochiligini rivojlantirish talab darajasida deya olmaymiz. Bu masalada muammolar talaygina. Asosan ixtisoslashtirilgan san’at maktablari va Bolalar musiqa va san’at maktablaridagi o‘quvchilar xorlari ishlab turibdi. Mustaqil faoliyat olib boruvchi xor jamoalarini yo‘q desak xato qilmaymiz. Bunga sabab o‘tgan asrdagi kabi kasbini sevuvchu, fidoiy, mahoratli professional vazifasiga ma’suliyat bilan yondoshuvchi o‘z sohasini ishqivozi bo‘lgan kadrlar 38 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025 yetishmasligida deb o‘ylayman. Bunday muammolar yechimini eng quyi bosqich ta’lim B.M.S.M. laridan boshlash kerak. B.M.S.M. larida xor sinfi darslari bir haftada atigi bir soatgina olib boriladi. Boshqa yo‘nalishlar kabi “Xor didijorlik” yo‘nalishi yo‘q. Bu qisqa vaqt ichida vokal-xor ijrochilik malakalarini shakllantirish, asarlar ustida ishlash murakkablik tug‘dirib kelmoqda. Xor rahbarlari o‘quvchilar bilan ovoz sozlash mashqlarini e’tibor bilan olib bormaydilar, qo‘shiqlar ustida ishlash jarayonida o‘quvchilar bilan notaga qarab kuylash ko‘nikmalaridan foydalanmaydilar. Bu kamchiliklarni bartaraf qilishda Ixtisoslashtirilgan san’at maktabining malakali ustozlari mahorat darslarini olib borib, uslubiy ko‘maklar berib kelmoqdalar. Bundan tashqari ortiqcha tadbirlar o‘quvchilarni darsga jalb qilishda xalaqit qilmoqda. Undan keying bosqich bu Ixtisoslashtirilgan san’at maktablari bo‘lib muddati ikki yilga qisqartirilganligi uchun o‘quvchilarning vaqti “Xor didrijorlik” san’ati xaqida tushuncha olish va yo‘nalishga moslashish bilan o‘tib ketmoqda. Kichik mutaxassis tayorlash u yoqda tursin o‘quv dasturni bajarish amri mahol bo‘lib qolmoqda. Dasturda berilgan talablar va asarlar qisqartirilib o‘quvchilar to‘liq emas, balki sayoz bilim ko‘nikmalariga ega bo‘lib o‘qishni tamomlamoqda. Yana bir muammo o‘qishga qabul jarayonida o‘quvchining bilim saviyasining pastligi va tanlovning yo‘qligidadir. Qabul qilinayotgan o‘quvchilarning vokal - ijrochilik malakalarini yetarli emasligi uchun asosiy vaqt ular bilan bu ko‘nikmalarni o‘rnatish, toza intonatsiya, sozlanishga erishish anchagina mushkul bo‘lmoqda. Aksariyat o‘quvchilarda ritmni his qilish xususiyati, eshitish qobiliyatini sust rivojlanganligi uchun ish jarayonida ko‘p izlanishlarga to‘g‘ri kelmoqda. Musiqa maktablarida oquvchilar xor sinflariga kam qatnashadilar va ularda ovoz apparati to‘g‘ri shakllanmagan. Bo‘limdagi o‘qituvchilar dars jarayonida to‘g‘ri tovush hosil qilish, nafas olish, toza intonatsiyaga erishish, diktsiya xususiyatlarini rivojlantirish ustida astoydil ish olib bormoqdalar. Shunga qaramay mashaqqatli mehnat evaziga imkoniyat darajasida tanlangan asarlarni sof darajada ifodali ijrosiga erishishga harakat qilmoqdamiz. Repertuar tanlashda ham o‘zbek, rus, chet el kompozitorlari asarlari va turli hil janrlarda bo‘lishiga ham katta ahamiyat qaratmoqdamiz. Bundan tashqari viloyatlarda xor ijrochilik san’atini rivojlantirishda mustaqil faoliyat olib boruvchi xor jamoalarining yo‘qligi ham yo‘nalishimizni oqsayotganligidan dalolat beradi. O‘quvchilarda xor jamoalari xaqida tasavvur hosil qilish, jonli ijroni eshitish imkoniyati afsuski yo‘q. Alabatta xor jamoasini tashkil qilish oson emas. Buni o‘ziga yarasha tashkiliy-moliyaviy ishlari bo‘lib birgina xor rahbarini o‘ziga qiyinchilik tug‘dirish mumki
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbek xor san’atini rivojlantirish va ushbu yo‘nalish uchun yetuk mutaxassis kadrlar tayorlash tamoyillari taklifi berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbek xor san’atini rivojlantirish va ushbu yo‘nalish uchun yetuk mutaxassis kadrlar tayorlash tamoyillari taklifi berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ritm, gastrol., dirijo‘rlik, kontsert, diktsiya, repertuar, vokal-xor ijrochilik, xor, kompozitor, simfonik-orkestr, intonatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025