Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VADUD MAXMUDNING ADABIY QARASHLARI
SCIENCE SHINE · Jabborov Avazbek Aloviddin o‘g‘li
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Vadud Mahmud (1898–1976) was a writer, literary critic, and scholar who played a significant role in the cultural and literary life of Turkestan in the early 20th century. His literary views, particularly those formed in the 1920s, had a considerable impact on the development of Uzbek literary criticism. This article examines Vadud Mahmud’s approach to analyzing literary works, with a focus on their artistic, stylistic, and linguistic aspects. Special attention is given to his efforts to connect literary heritage with contemporary literature, his aesthetic perspectives, and his contributions to literary criticism. 14 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025 Keywords: Jadidism, literary criticism, literary heritage, education, press. XX asr birinchi choragidagi Turkiston madaniy hayotiga bir qator fidoyi ziyolilarning xizmatlari juda salmoqli bo‘lib, Vadud Maxmud mana shunday fidoyilardan biri edi. Vadud Maxmud 1898-yilda Samarqand okrugining Yuqori Darg‘am tumaniga qarashli Tayloq qishlog‘ida tavallud topgan. U o‘tgan asr 20- yillarining adabiy tanqidchiligi tarixida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan munaqqid bo‘lib hisoblanadi. Vadud Maxmud adabiyot maydoniga Samarqand adabiy muhiti orqali 20-yillar arafasida kirib kelib, bu jarayonga juda faol aralashadi. Maxmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakkuriy, Vasliy, Siddiqiy Ajziy, Sadriddin Ayniy, Hoji Muin, Abdurauf Fitrat va Tamhid Samarqandiy singari moharrir, shoir va muallimlar muhitida tarbiya topadi, ta’lim oladi. Vadud Maxmud adabiy tanqidni asarlarning badiiy jihatlarini tahlil qilish va ularning adabiy qimmatini aniqlash vositasi sifatida ko‘rgan. Uning fikricha, adabiy asar nafaqat mazmuni, balki uning badiiy shakli, tilining nozikligi va uslubining o‘ziga xosligi bilan ham qadrlanadi. Uning adabiy tanqidiy, publisistik maqolalari “ Kambag‘allar tovushi”, “ Zarafshon”, “Turkiston”, “ Maorif va o‘qituvchi” kabi gazeta va jurnallarda muntazam nashr qilinib turgan. Vadud Maxmud adabiy asarlarni tahlil qilishda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor bergan: 1. Badiiylik va Uslub. Vadud Maxmud adabiy asarlarning badiiy jihatlarini ularning uslubi, tilining nozikligi va ifoda vositalarining boyligi bilan baholagan. Uning fikricha, adabiy asar o‘quvchining ruhiy dunyosiga ta’sir o‘tkazishi va uni estetik zavq bilan to‘ldirishi kerak. 2. Musiqiy Ohang va She’r Texnikasi: Vadud Maxmud she’riyatda musiqiy ohang va she’r texnikasining ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tgan. Uning fikricha, she’rning vazni, qofiyasi va ohangi uning badiiy qimmatini oshiradi. U Cho‘lpon va Fitrat kabi shoirlarning she’rlarida musiqiy ohangning muhim rolini aytib o‘tgan. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘z vaqtida Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriylarga xolis va to‘gri baho bergan qalamkashlardan biri ham Vadud maxmud edi. “O‘zbek adabiyotining nasri tilini endigina yangilab kelayotgan Fitrat bilan ishini ko‘pdan boshlab endigina maydonga otishga muvaffaq bo‘lgan A. Qodiriydan boshqa hech bir nimaga molik emasdur. She’rda bo‘lsa, Cho‘lpondan boshqa tilga olarlik va ishini ko‘rsata olg‘on kishimiz yo‘qdur. Buningda hali kamchiliklari ko‘pdur”. Bu yerda Vadud Maxmudning o‘sha davrdagi eng zabardast jadidlarimizning asarlariga nisbatan tanqidiy munosabatini ko‘rish mumkin. 3. Adabiy meros va Zamonaviy Adabiyot: Vadud Mahmud adabiy merosni zamonaviy adabiyot bilan bog‘lashning ahamiyatini alohida ta’kidlagan. Uning fikricha, adabiy merosni o‘rganish va uni zamonaviy adabiyot bilan 15 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025 uyg‘unlashtirish orqali yangi adabiy yutuqlarga erishish mumkin. Vadud Maxmud adabiy merosni o‘rganish orqali zamonaviy adabiyotning rivojlanishiga hissa qo‘shish mumkin deb hisoblardi. U Alisher Navoiy, Fuzuliy kabi klassik shoirlarning asarlarini o‘rganish va ularning badiiy qimmatini aniqlashga alohida e’tibor qaratgan. Vadud Maxmud 20-yillardayoq zamonaviy adabiyotdan yuksak badiiylikni, shakl va mazmundagi mukammallikni talab qilgani holda ko‘hna adabiyotimiz tahlilini ham eng to‘gri ilmiy yo‘nalishga boshlagan kishilardan biridir: “Bizda she’rning ikki jabhasi bordir. Chunki ishqimiz ikki jabhalidir: haqiqiy va majoziy”. Vadud Maxmud “Maorif va o‘qituvchi” gazetasida 1925-yilda chop etilgan “Bu kungi she’rlarimiz va san’atkorlarimiz” maqolasida Alisher Navoiyning “Mahbub ul- qulub”, Fuzuliyning “Layli va Majnun”, Mashrabning “ Mabdai nur”, Ahmad Yassaviyning “Hikmat” asarlaridagi ishqga bo‘lgan munosabat va ularning qanday talqin etilishi xususida so‘z yuritgan. Misol uchun, Vadud Maxmud “Mahbub ul- qulub”da ishqni uchga uchga – haqiqiy, majoziy va nafsoniyga ajratadi. O‘tgan asr 20-yillarida o‘zbek adabiyotshunosligi, adabiy tanqidi yangicha shakllanish jarayonini boshdan kechirayotgan edi. Har qaysi havasmand adabiyotshunos yoki munaqqid o‘z ta’biga maqul bo‘lgan falsafiy nazariyalarga, biror olim yoki yozuvchi tajribalariga tayanar edi. Vadud Mahm
Доказательный фрагмент
«Vadud Mahmud (1898–1976) was a writer, literary critic, and scholar who played a significant role in the cultural and literary life of Turkestan in the early 20th century.»
Образец извлечения
Демо-превьюVadud Mahmud (1898–1976) was a writer, literary critic, and scholar who played a significant role in the cultural and literary life of Turkestan in the early 20th century. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jadidism, literary criticism, literary heritage, education, press, adabiy tanqid, maorif, matbuot., jadidchilik, adabiy meros
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026