Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA QODIRIYNINING ULOQDA HIKOYASI TAHLILI
SCIENCE SHINE · Yusupov Saidabror Ravshan o‘g‘li
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqola badiiy asar tahlilining adabiyot darslaridagi ahamiyati asosli yoritilgan bo‘lib, ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati, fikrni qisqa hajmda tushunarli yetkaza olish qobiliyati tahlillar misolida asoslangan. Realistik hikoyalarda personajlarning reallikka qay darajada mos kelishi Abdulla Qodiriyning sermahsul va rangbarang ijodi, qarashlari va realistik hikoyaning dastlabki namunasi sifatida baholangan "Uloqda" hikoyasi hususida. Kalit soʻzlar: hikoya, epik janr, personaj, realistik hikoya. Hikoya badiiy adabiyotimizda kichik epik janr boʻlib hayot hodisalarini ixcham holda ifoda etadigan nasriy asar turi hisoblanadi. Bu janr qadimdan rivojlanib kelgan jumladan buning ilk yozma namunalarini Kultegin va To‘nyuquq bitiktoshlarida uchratamiz, Rabgʻuziyning “Qissasi Rabgʻuziy” asarida ham ahloqiy hikoyalarni koʻramiz. O‘zbek adabiyotida XX asrga kelib realistik hikoya janri shakllana boshladi shu jumladan jadid adabiyotida hikoya janri rivojiga nazar tashlasak Choʻlponning “Qurboni jaholat”, Abdulla Qodiriyning “Uloqda” hikoyalari relistik hikoya janrining yorqin namunalaridir. Xoʻsh nega aynan realistik usulda yozilgan bu hikoyalar? Bunga sabab oʻsha davr muhiti, shoʻrolar tazyiqi chunki ochiqdan-ochiq qilingan tanqid har qanday yozuvchining jonini hatarga qoʻygan va arzimagan sabablar bilan adabiyotimizning buyuk chinorlarini chopmasdan qulatishgan uchun ham turli taxalluslarni qoʻllash jadid adabiyotida rivojlandi. Abdulla Qodiriy asarlari maktab, oliy o‘quv yurti darsliklari mazmun- mundarijasiga alohida ko‘rk, salobat bag‘ishlab turadi. Chunki bu ulug‘ adibning ijodi, mana, bir asrdirki, ijtimoiy-madaniy turmushimizning o‘ziga xos ko‘zgusi bo‘lib keladi. “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlarisiz nafaqat adabiyotimiz, balki butun madaniy hayotimiz rangsiz, tussiz, juda g‘arib bo‘lib qoladi. Ushbu romanlar o‘zbek xalqi tarixi, Markaziy Osiyo mintaqasi tabiati, ijtimoiy hayoti, urf-odat va an’analari, oila munosabatlari, odamlarning dunyoqarashi, fe’l-atvori va yana ko‘p narsalar to‘g‘risida yorqin tasavvur beradi. Ishonch bilan aytish mumkinki, adabiyotning milliyligi va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanishi, Abdulla Qodiriy singari ijodkorlar asarlarida aniq aks etadi. Adib barcha asarlari mavzusini turmushning naq o‘zidan oladi va undagi hodisalarni 10 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025 adabiyot tarozisiga tortib, taqdim qiladi. “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Obid ketmon”, “Juvonboz”, “Baxtsiz kuyov”, “Kalvak maxzumning xotira daftaridan”, “Toshpo‘lat tajang nima deydi?”ni o‘qiganlar ijtimoiy turmushdagi yaxshi va yomon jihatlarni aniq ajratib oladi. Yozuvchining “Uloqda” hikoyasi ham shunday salmoqqa ega. Abdulla Qodiriy ushbu asarining keyingi nashriga: “Bu hikoya 1915-yilda yozilg‘on edi. Bolalik davrimning yodgori bo‘lg‘ani uchun ortiqcha o‘zgarishlar kiritmadim” deb izoh yozgan[1]. “Uloqda” hikoyasi “sahna”sida Turg‘un asosiy qahramon sifatida harakat qiladi. Turg‘unning yonida onasi, xonadon xizmatchisi, akasi Mahkam, chavandozlar (Sobir tegirmonchining o‘g‘li, mo‘ylovi shopdek yigit, oldiga bir ola echkini o‘ngargan, ko‘kragi ochiq, yaktakchan, saman otliq yigit, To‘g‘on aka, bodring sotuvchilar, Salim chavandoz, Murod chavandoz Turg‘unning o‘rtoqlari: Nurxon, Haydar soqov, Shokir mishiqi, Orif sarkor, Esonboy ko‘rinadi. Shuningdek, Turg‘unning otasi, tog‘asi, samovarchi, Ro‘zi qassob, Eson ko‘knorining o‘g‘li tilga olinadi. Hikoyadagi voqealarda Turg‘un bilan yonma-yon tomoshabinlar ham ishtirok etadi. Ularning ishtiroki: “Tomoshachilar orasida yana ola-g‘ovur qo‘pti: “Ana, uloqning solig‘ini yig‘ayotibdilar!”, “Uloq hozir boshlanadi!”, “Murod chavandoz ham turdi!”, “Salim qalpog‘ini kiydi!”, “Ro‘zi qassob uloqni bo‘g‘izlamoqchi, pichog‘ini qayrayapti!”, “Boyvachchalar ham qo‘zg‘alishdilar!”, “Salim choponini yechmoqchiga o‘xshaydi!”, “Hay barakalla, shovvozlar!” Hamma tomoshachilar sabrsizlanib: “Shu tobgacha tuya bo‘g‘izlasa ham bo‘lar edi, ulog‘i yaxlab qoldimi?” –deyishadilar... Bu yoqdagi tomoshachilar: “Taqimga bos, taqimga!”, “Otning boshini qo‘y, choviga qamchini shig‘ab ber!”, “Bo‘sh kelma, mahkam tut!”, “Yuganini bo‘shat, qamchingni tishlab ol, yoningga alahsima!”, “Olding, olding!”, “Berma, chapga burul, chapga!”, “Tut, qo‘yma!”, “Voy to‘ymagur, berib yubording- a, o‘z ko‘nglingda sen ham uloqchisan-da!”, “Oting harom qotsin, otmi, eshakmi –bu harom o‘lguring?”... deb har xil tovushda baqiradilar. Uloq yerga tushib ketib qolsa, tomoshabinlardan ba’zisi yugurib borib yerdan uloqni azod ko‘tarib oladi, ukasimi, oshnasimi –ishqilib birorta yaqin kishisiga tutqizmoqchi bo‘ladi. Lekin boshqa chavandozlar uloqni undan olmoqchi bo‘lib ustiga duv yig‘iladilar, u bermaslikka tirishadi, boshqalar o‘rtaga sanjob qilib siqadilar. Bechora anchadan keyin oqsoqlanib yoki qo‘lini silab o‘rtadan arang chiqib ketadi. Chekkan azobini so‘zlay- so‘zlay bir chetga chiqib ketadi” tarzida beriladi. Hikoyada ular hozirgi p
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola badiiy asar tahlilining adabiyot darslaridagi ahamiyati asosli yoritilgan bo‘lib, ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati, fikrni qisqa hajmda tushunarli yetkaza olish qobiliyati tahlillar misolida asoslangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola badiiy asar tahlilining adabiyot darslaridagi ahamiyati asosli yoritilgan bo‘lib, ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati, fikrni qisqa hajmda tushunarli yetkaza olish qobiliyati tahlillar misolida asoslangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- hikoya, personaj, realistik hikoya., epik janr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026