Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SINF RAHBARINING SINF TARBIYAVIY ISHLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
SCIENCE SHINE · Abdujamilova Malika Mansur qizi
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Данная статья посвящена методике организации классной воспитательной работы классного руководителя, освещающей основные направления деятельности классного руководителя в образовательном процессе. Ключевые слова: классный руководитель, ученики, команда, компетентность, творческая деятельность, план работы, сотрудничество с родителями. Annotation: This article is about the methodology of organizing the class educational work of the class leader, highlighting the main activities of the class leader in the educational process. Key words: form-master, pupils, team, competenty, creative work, work plan, collaborating with parents. Sinf rahbari nihoyatda ma’sulyatli va murakkab vazifani bajaradi. U sinfdagi tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, o‘quvchilarning murabbiysi, Sinfni tashkil etadi hamda kamolot tashkilotchilari, o‘qituvchilar, oila, keng jamoatchilik ahli bilan birga ish olib boradi. So‘nggi yillarda sinf rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar bilan boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘tkazishda maktab jamoat tashkilotlarining roli tobora oshirildi. Shu nuqtai nazardan Sinf rahbarining ma’suliyati jamiyat oldida rahbarlik ma’suliyatidan kam emas. Shuning uchun maktab direktorlari sinf rahbari vazifasiga tajribali, tashkilotchi, mehnatsevar, mahoratli, yosh avlodni sevadigan o‘qituvchilarni tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar. Sinf rahbarining muhim vazifalaridan biri bu o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan havasi, e’tiqodi va bilim, 4 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025 qobilyatini rivojlantirish, kasb-hunarga bo‘lgan layoqatini, yosh va ruhiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o‘quvchining bo‘lg‘usi hayoti rejalarini amalga oshirish, o‘quvchilarning salomatligini muhofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning sinf jamoasi orasida obro‘sini ko‘tarish, o‘z vaqtida ularga tegishli yordam ko‘rsatish sinf rahbarining bevosita asosiy vazifasidir. Shuningdek, sinf rahbarining tashkilotchilik funksiyasi tarbiya jarayonida muhim vosita sanaladi. shunki, tashkilotchilik tushunchasining o‘zi keng ma’noga ega. Maxsus bir maqsadni ko‘zlab u yoki bu ishni tadbiriy choralarni tashkil etish sinf rahbaridan katta malaka va maxsus mahoratni talab qiladi. Tashkilotchilik funksiyasi quyidagi elementlarga bog‘liqdir. (1-sxema) O‘tgan ishlarni tashkil qilish, uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi sabablarini belgilab olish. Guruhda barcha ishlar tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lib, ma’lum maqsadni ko‘zlab o‘tkazilishi va guruh rahbari turli tarbiyaviy ishlarni o‘tkazishda oldin shu ishning modelini tuza bilish lozim. Guruh rahbari oldiga qo‘yilgan maqsadga yetishish uchun o‘z oldiga aniq vazifa qo‘ya bilish lozim. Guruh rahbari har bir tarkiriy choralarni amalga oshirishda o‘qituvchi va o‘quvchilarning qobiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma’lum reja asosida tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazish o‘rni, vaqti, soati, javobgar shaxslar va tizimligini aniqlash lozim. Ma’lumki tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni to‘g‘ri taqsimlash, ishga boshqa o‘qituvchilarni, ota-onalar, o‘quvchilar, otaliq tashkilotlari va ish obeyktini aniqlash lozim. Sinf rahbarining asosiy faoliyati esa quyidagilarni bilishni talab etadi. 1. Har bir o‘quvchini shaxs sifatida o‘rganish. 2. O‘quvchilarning sinfda tarbiyalashni tashkil etish. 3. O‘quvchilarning bilim-tarbiyasini oshirish va ularning tartib intizomini mustahkamlash. 4. Sinfda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazish. 5. Fan o‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarni moslashtirish. 6. O‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlash. 5 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025 Sinf rahbari fan o‘qituvchisi ishlariga nisbatan tarbiyaning ko‘p qirrali muhim vazifalarini bajaradi. Shuning uchun uning oldiga juda katta pedagogik va psixologik talablar qo‘ygan, bu talablar tarbiyaviy ishlarni yuqori darajaga ko‘tarishda muhim rol o‘ynaydi. Demak yuqoridagilarga tayangan holda sinf rahbarining faoliyatiga nisbatan qo‘yilgan talablar quyidagilardan iborat. Yuqori g‘oyaviylik va onglilik. Sinf rahbari katta obro‘ga ehtiromga va hurmatga ega bo‘lishi Pedagogik mahorat Madaniy qobiliyatning mavjudligi Pedagogik odobga ega bo‘lish Yosh avlodga nisbatan hurmat va ehtiromda bo‘lish Tashkilotchilik malakasi va mahoratiga ega bo‘lish Tarbiya ishlariga nisbatan ijodiy munosabatda bo‘lish Sinf rahbari kasbini yuqoriga ko‘tarish mustaqil bilim olish qobiliyatiga ega bo‘lish. Rasmiy hujjatlarga sinf rahbarining vazifalari qisman bayon qilingan bo‘lsa ham biz quyida sinf rahbarining vazifalarini aniq tarzda ko‘rsatishni zarur deb bildik. Sinf rahbarining vazifalari: O‘quvchilarning anatomik, fiziologik va psixologik xususiyatlarini o‘rganish. O‘quvchilarning kundalik davomati odob, xulqi va jamoat ishlariga qatnashishini tekshirib borish. O‘quvchilarning rejimga rioya qilishlari va uyga berilgan vazifalarni
Доказательный фрагмент
«Данная статья посвящена методике организации классной воспитательной работы классного руководителя, освещающей основные направления деятельности классного руководителя в образовательном процессе.»
Образец извлечения
Демо-превьюДанная статья посвящена методике организации классной воспитательной работы классного руководителя, освещающей основные направления деятельности классного руководителя в образовательном процессе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- form-master, pupils, team, competenty, creative work, work plan, ish reja, ota-onalar hamkorligi., о‘quvchilar, Sinf rahbari, kompitentlik, ijodiy faoliyat, jamoa
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014