Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VOYAGA ETMAGANLAR O’RTASIDA SUISID HOLATLARI: SUISID SABABLARI VA PROFILAKTIKASI
SABABLARI VA PROFILAKTIKASI · Mo'minova Hilola Kibriyoyevna
Исследователь · 2026
Аннотация
Suisidologlar fikricha, o'z joniga qasd qilish 10 yoshdan keyin boshlanadi. Bu davr avval yuqori bo'lgan, ya'ni 14-15 yosh. Suisidning “yosharishi” avvalambor axborot texnologiyasi juda yuqori sur'atlarda rivojlanishi, inson hayotiga internet kirib kelishi bilan bog'liq. Ayniqsa, suisidga undovchi turli xil saytlar ko'payib borayotgani va ota-onalar o'z farzandlarini nazoratsiz qoldirishi 10 yoshgacha bo'lgan bolalar orasida ham suisidlar soni ko'payishiga turtki bo'lmoqda. Kalit so'zlar:Suisid, suisidni oldini olish, voyaga etmaganlar, psixologlar, psixoterapevt, ruhiy kasalliklar, suisidolog. XX asr boshida buyuk psixoanalitik Zigmund Freyd “Hayot qoniqishdan iborat” degan edi. Demak, har bir inson hayotdan qoniqib yashashi kerak. Aks holda uning miyasiga turli yomon fikrlar kelaveradi. Suisidni oldini olish bilan asosan tibbiy va umumiy psixologlar, sosiologlar hamda psixiatrlar shug'ullanadi. Suisidologlar esa, asosan, suisidga urinishlar ro'y berib tirik qolganlar bilan ishlashadi. Suisidologning o'zi ham kuchli psixolog bo'lishi kerak. Psixiatrlar ruhiy kasalliklarni (12-18 foiz) davolab suisidning oldini olsa, tibbiy psixologlar nevroz, depressiya va fobiyani (72- 80 foiz) davolab suisidning oldini oladi. Bu raqamlardan ko'rinib turganidek, suisidning oldini olishda asosiy yuk tibbiy psixologlar va psixoterapevtlarga tushadi. 1. Insonlarni davolaydi. (shifokor) 2. Fazoda uchuvchi (fazogir) 3. Ekinlarga suv (obi hayot) tarqatuvchi (suvchi) 4. Mevazor bog'larni parvarish qiluvchi(bog'bon) Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to'g'risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat bilan quyidagilar: kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ro'yxati; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi qoshidagi Kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ro'yxatiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha takliflarni tayyorlash ekspert guruhi tarkibi tasdiqlandi. Bemor albatta suisidologga boradi, uning suhbatlariga quloq tutadi. Odamlarni o'z joniga qasd qilishdan saqlab qoluvchi ushbu mutaxassisning nimalar deyishi va https://scientific-jl.com 1 5 61-son_5-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali qanday usullarni qo'llashi uning uchun qiziqarli tuyuladi. Bunday paytlarda noo'rin aytilgan bir og'iz so'z yoki suisidni aniqlash uchun qo'llanilgan savolnomadagi biror jumla ushbu shaxs tomonidan noto'g'ri talqin qilinishi mumkin. SHu bois ular bilan savol-javob nega suisidga qo'l urgani haqida emas, balki mutlaq boshqa narsalar, masalan, uning kasbiga oid savollar bilan boshlanishi kerak. Masalan, u musiqashunos bo'lsa, “Sizni juda talantli inson deyishadi, agar mumkin bo'lsa bitta kuy chalib bering” , agar u soat ustasi bo'lsa, “Qo'l soatimni bir ko'rib berasizmi, anchadan buyon ishlamayapti”, rassom bo'lsa, “Agar mumkin bo'lsa mening portretimni chizib berasizmi”, u kompyuter ustasi bo'lsa, “Mana shu noutbukni bir ko'rib berasizmi, antivirus yaxshi ishlamayapti” qabilidagi savollar bilan unga murojaat qilib, ruhiy karaxt holatga tushib qolgan insonni sekin-asta hayotga qaytarish mumkin. Buning uchun avvalo bir-ikki psixologik suhbat orqali bemorning ishonchiga kirib olish va uni muloqotga juda ehtiyotkorlik bilan chorlash kerak. CHunki suisidga urinib tirik qolganlar ancha muddat hech kim bilan suhbatlashgisi kelmay yuradi. “Sog'lom shaxs”da ro'y bergan suisidal urinishlar va davom etayotgan suisidal fikrlar sababini aniqlashda psixoanalitik uslub juda qo'l keladi. Psixoanaliz har doim bunday shaxslar bilan ishlashda yuqori natija bergan. SHu bois “Krizis markazlar”da faoliyat ko'rsatadigan tibbiy psixologlar, psixoterapevtlar, psixiatrlar va suisidologlar psixoanaliz va psixodinamik terapiya bo'yicha malaka oshirib turishadi. SHuni alohida ta'kidlash lozimki, suisid muammosi bilan nafaqat tibbiyot xodimlari va psixologlar, balki keng jamoatchilik ham shug'ullanishi kerak. Bu borada har bir sektorning o'ziga yarasha qiladigan ishlari mavjud. Biroq jamoatchilik “Krizis markazlari” tomonidan ishlab chiqilgan keng ommaga mo'ljallangan adabiyotlar, metodik ko'rsatmalar asosida ishlashi talab etiladi. Bolalar va o'smirlar orasidagi suisidal urinishlarga nafaqat oiladagi muhit, balki maktab va liseylarda o'quvchi shaxsiyatiga tegadigan noto'g'ri xatti-harakatlar ham sabab bo'ladi. Bu yoshdagilarda suisidga undovchi asosiy omillar isteriya va autoagressiyadir. Uning kelib chiqishiga yo'l qo'ymaslik uchun maktab psixologlari faol ishlashlari kerak. Xorij tajribasida jarayonga qanday yondashiladi? AQSHda suisidning oldini olish ko'nikmalari maktab o'quv dasturiga kiritilgan. Bolalar bilan bevosita ish olib borilib, quyidagi tamoyillar o'rgatiladi: - tengdoshlarning muammolariga e'tiborli bo'lish; - qiyin ahvoldagi odamga hamdardlik ko'rsatish; - muammo bilan yolg'iz qolmaslik, balki bu haqda kattalarga aytish. Ushbu tamoyillar «muammoni erta aniqlash» va
Доказательный фрагмент
«Suisidologlar fikricha, o'z joniga qasd qilish 10 yoshdan keyin boshlanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюSuisidologlar fikricha, o'z joniga qasd qilish 10 yoshdan keyin boshlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Suisid, suisidni oldini olish, voyaga etmaganlar, psixologlar, suisidolog., ruhiy kasalliklar, psixoterapevt, Kalit so'zlar:Suisid
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025