К содержанию
РецензированоUZ2026

TUGʻILISH KOMPLEKSI

TUGʻILISH KOMPLEKSI · Ortiqova Sevinch Berdimurod qizi (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)

Исследователь · 2026

Аннотация

si: Mazkur maqolada tugʻilish kompleksi tushunchasi inson hayotining ilk bosqichi sifatida ko‘rib chiqiladi va u psixologik, biologik hamda ijtimoiy jihatlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Zigmund Freydning tugʻilishni birinchi travma sifatida baholashi, Jon Bowlbyning bogʻlanish nazariyasi, Erix Frommning ijtimoiy ajralganlik g‘oyasi va Margaret Midning antropologik yondashuvlari asosida tugʻilishning inson ruhiyati va shaxsiyat shakllanishidagi roli yoritiladi. Shuningdek, fiziologik o‘zgarishlar hamda bolaning jamiyatga moslashuvi jarayonlari batafsil tahlil etiladi. Maqola tugʻilish kompleksini inson taraqqiyotining asosiy determinanti sifatida talqin qilishga urinishdir. Ilmiy mulohazalar asosida bu kompleksning kelajakdagi psixik barqarorlik va ijtimoiy moslashuvga ta’siri ochib beriladi. Kalit so‘zlar Tugʻilish kompleksi, psixologik rivojlanish, biologik jarayon, ijtimoiy ta’sir, shaxsiyat shakllanishi, tug‘ilish travmasi, bola rivoji, onalik, psixologik bogʻlanish, jamiyat va bola. Inson hayoti murakkab va bosqichma-bosqich kechadigan jarayon boʻlib, uning ilk bosqichi tugʻilish hodisasi bilan boshlanadi. Tugʻilish biologik hodisa sifatida ko‘rinsa-da, unda psixologik va ijtimoiy jihatlar ham muhim ahamiyatga ega. Aynan shu asosda “tugʻilish kompleksi” tushunchasi paydo boʻlgan bo‘lib, u insonning hayotga kelishi bilan bogʻliq bo‘lgan dastlabki ruhiy holatlar, hissiy tajribalar va jismoniy kechinmalarning murakkab majmuasini ifodalaydi. Tugʻilish kompleksi insonning keyingi hayotida uning shaxsiyat rivojiga, ijtimoiy munosabatlariga va psixik barqarorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tug‘ilish kompleksi insonning hayotidagi eng muhim va dastlabki bosqichlardan biri bo‘lib, uning psixologik va biologik rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu tushuncha tug‘ilish jarayonining, shuningdek, odamning dunyoqarashi, ijtimoiy munosabatlari va psixologik holatiga bo‘lgan ta’sirini ifodalaydi. Tug‘ilish kompleksi, shuningdek, insonning hayotining dastlabki bosqichlarida yuzaga keladigan bir qator psixologik holatlar va hissiy tajribalardan iboratdir. Tug‘ilish kompleksi psixologik nuqtai nazardan insonning birinchi tajribalariga o‘xshab, bu jarayon davomida bolaning hissiy holati va uning dunyoqarashi shakllanadi. Tug‘ilish jarayonining intensivligi va tabiati bolaning keyingi rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng https://inlibrary.uz 2 7 1 61-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali muhim omillardandir1. Tug‘ilishdan oldingi davr, onaning ruhiy holati, tug‘ilish jarayoni va uning bolaga bo‘lgan ta’siri psixologik rivojlanishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu jarayonni o‘rganish psixologiyaning yangi imkoniyatlarini ochish va insonning rivojlanishini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi. Tug‘ilish jarayoni faqat biologik yoki psixologik jihatlarni o‘z ichiga olmaydi, balki uning ijtimoiy o‘lchamlari ham bor. Jamiyatning bolaning tug‘ilishi va uning rivojlanishiga qanday munosabatda bo‘lishi, bolalarning ijtimoiy muhitda qanday rivojlanishini belgilaydi. Jamiyatning bola tarbiyasiga ta’siri uning keyingi hayoti va shaxsiyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy sharoitlar va ota-onaning tarbiyasi, bolaning ijtimoiy hayotda qanday o‘zini tutishini shakllantiradi. Tug‘ilish jarayoni biologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Tug‘ilishning biologik jarayoni bolaning jismoniy rivojlanishiga ta’sir etadi. Bu davrda bolaning nerv tizimi, a’zolarining rivojlanishi, birinchi marta nafas olish va boshqa fiziologik jarayonlar amalga oshadi. Biologik jihatlar bolaning ruhiy holati va ijtimoiy aloqalarini shakllantiruvchi asosiy omillardandir. Tug‘ilish kompleksi bolaning psixologik rivojlanishiga ta’sir qiladigan eng asosiy bosqichlardan biridir. Bu jarayon bolaning hissiy holatini, uning ijtimoiy aloqalarini va shaxsiyatini shakllantiradi. Psixologik rivojlanishning dastlabki bosqichlarida bolaning hayotga nisbatan tajribalari va ularning ruhiy holati juda muhimdir. Tug‘ilishdan keyingi davrda bolaning ota-onalari bilan bo‘lgan aloqalari, ularning tarbiyasi, va jamiyatda o‘z o‘rnini topish jarayoni davom etadi2. Tug‘ilish jarayonining ijtimoiy ta’siri bolaga ijtimoiy o‘rganish va rivojlanish imkoniyatlarini beradi. Onaning ijtimoiy holati, oila va jamiyatning bolaning hayotiga ta’siri muhim omillardandir. Ijtimoiy ta’sirlar bolaning kelajakdagi shaxsiyatini shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ota-onaning bolaning ijtimoiy munosabatlari, uning o‘rganishi va rivojlanishiga qanday yondoshuvi bu jarayonning muvaffaqiyatli o‘tishini belgilaydi. Tug‘ilish kompleksi insonning hayotida juda muhim o‘rin tutadi, chunki bu jarayon bolaning psixologik, ijtimoiy va biologik rivojlanishiga ta’sir etadi. Tug‘ilish jarayonini o‘rganish nafaqat bolaning hayotidagi birinchi tajribalarini, balki uning keyingi rivojlanish bosqichlarini ham tushunishga yordam beradi. Tug‘ilish kompleksining psixologik, ijtimoiy va biologik jihatlari bolaning rivojlanishiga va shaxsiyatining s

Доказательный фрагмент

«si: Mazkur maqolada tugʻilish kompleksi tushunchasi inson hayotining ilk bosqichi sifatida ko‘rib chiqiladi va u psixologik, biologik hamda ijtimoiy jihatlar asosida tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

si: Mazkur maqolada tugʻilish kompleksi tushunchasi inson hayotining ilk bosqichi sifatida ko‘rib chiqiladi va u psixologik, biologik hamda ijtimoiy jihatlar asosida tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shaxsiyat shakllanishi, psixologik rivojlanish, bola rivoji, tug‘ilish travmasi, Kalit so‘zlar Tugʻilish kompleksi, biologik jarayon, ijtimoiy ta’sir, psixologik bogʻlanish, jamiyat va bola., onalik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники