К содержанию
РецензированоUZ2025

SHAXSIY VA IJTIMOIY IDENTIFIKATSIYANING SHAKLLANISHIDA GENDER SOTSIALIZATSIYASINING ROLI

NEW RENAISSANCE · SOTSIALIZATSIYASINING ROLI · Sipatdinov Arman · Bekbergenova Diynara · Tursınbaeva Jansulu · SOCIAL IDENTITY

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

This article analyzes the role of the gender factor in the process of socialization. It examines how the family environment, the education system, mass media, and cultural traditions influence the formation of a person's gender identity and social role. The psychological and social aspects of gender socialization are explored, as well as its impact on social equality and individual freedom, based on both national and international perspectives. The article also provides recommendations for fostering a flexible and gender-sensitive social environment that promotes personal development. Keywords: Gender, socialization, individual, social role, gender stereotypes, culture, education, identity. РОЛЬ ГЕНДЕРНОЙ СОЦИАЛИЗАЦИИ В ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТНОЙ И СОЦИАЛЬНОЙ ИДЕНТИЧНОСТИ Аннотация. В данной статье анализируется роль гендерного фактора в процессе социализации личности. Раскрывается влияние семейной среды, системы образования, 719 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 средств массовой информации и культурных традиций на формирование гендерной идентичности и социальной роли человека. Рассматриваются психологические и социальные аспекты гендерной социализации, а также её воздействие на социальное равенство и личную свободу на основе национальных и международных подходов. Также предложены рекомендации по созданию гибкой и гендерно-чувствительной социальной среды для гармоничного развития личности. Ключевые слова: Гендер, социализация, личность, социальная роль, гендерные стереотипы, культура, образование, идентичность. Shaxsning sotsializatsiyasi – bu insonning ijtimoiy hayotga moslashuvi, jamiyat qoidalari, qadriyatlari va me'yorlarini o‘zlashtirishi jarayonidir. Bu jarayonda gender – ya'ni erkak yoki ayol sifatidagi ijtimoiy rol va identifikatsiya – muhim o‘rin egallaydi. Har bir jamiyatda genderga oid an'analar, stereotiplar va kutilmalar mavjud bo‘lib, ular shaxsning ijtimoiylashuviga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada aynan gender omilining shaxsning sotsializatsiyasidagi rolini yoritish va uni ijtimoiy rivojlanish kontekstida ko‘rib chiqish maqsad qilingan. Shaxsning sotsializatsiyasida gender omili bir necha bosqichda o‘z aksini topadi. Avvalo, oilaviy tarbiya orqali bola o‘z jinsiga mos ijtimoiy rolni o‘zlashtira boshlaydi. Masalan, qiz bolaga mehribonlik, itoatkorlik, tartib-intizom singari xususiyatlar singdirilsa, o‘g‘il bolalarga jasorat, mustaqillik va qat’iyatlilik targ‘ib qilinadi. Bu jarayon ko‘pincha ongsiz tarzda amalga oshadi va jamiyatdagi gender stereotiplarini mustahkamlaydi. Ikkinchi bosqichda – ta’lim tizimi orqali – genderga oid rollar yanada mustahkamlanadi. O‘quv darsliklaridagi tasvirlar, o‘qituvchilarning yondashuvi, maktab muhitidagi rollar gender asosidagi ijtimoiy kutilmalarni mustahkamlab boradi. Natijada, shaxs o‘zini jamiyat tomonidan belgilangan "erkaklik" yoki "ayollik" roliga moslashtira boshlaydi. Uchinchi bosqich – ommaviy axborot vositalari va madaniyat. Reklama, seriallar, kino va ijtimoiy tarmoqlar orqali genderga oid tasavvurlar ommaga yetkaziladi. Bu esa shaxsning o‘zini anglashiga va gender identifikatsiyasiga bevosita ta’sir qiladi. Xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, genderga asoslangan sotsializatsiya jamiyatda tengsizlik, cheklovlar va diskriminatsiyaning ildiziga aylanadi. Shu sababli zamonaviy pedagogika va psixologiyada gender sezgir yondashuvlar rivojlanmoqda. Bu yondashuvlar har bir shaxsning o‘z qobiliyatlari va qiziqishlariga asoslangan holda rivojlanishiga sharoit yaratishga qaratilgan. O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda gender tenglik va sotsial teng huquqlarni ta’minlash bo‘yicha bir qator huquqiy va ijtimoiy islohotlar olib borilmoqda. 720 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 Shu bilan birga, gender asosida sotsializatsiya jarayonini ijobiy yo‘nalishga burish uchun ota-onalar, pedagoglar va jamoatchilik o‘rtasida gender madaniyatini shakllantirish zarur. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, gender shaxsning sotsializatsiyasida hal qiluvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Uning orqali shaxs jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilaydi, o‘zini anglaydi va o‘zaro munosabatlar tizimini shakllantiradi. Agar gender sotsializatsiyasi ijtimoiy tenglik, erkinlik va inklyuzivlik asosida olib borilsa, shaxsning har tomonlama rivojlanishiga zamin yaratiladi. Shu bois, gender stereotiplaridan xoli, sezgir va tenglikka asoslangan yondashuvlarni ommalashtirish shaxs taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the role of the gender factor in the process of socialization.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the role of the gender factor in the process of socialization. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Gender, socialization, individual, social role, gender stereotypes, culture, ta’lim, sotsializatsiya, shaxs, madaniyat, gender stereotiplari, identifikatsiya., ijtimoiy rol
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники