К содержанию
РецензированоUZ2025

“JORJ GERBERT MID’’ NING RAMZIY INTERAKSIONIZM NAZARYASI

NEW RENAISSANCE · Ganiyeva Madina Ozodovna

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

this article is an approach in which George Herbert Mead's theory of symbolic interactionism explains Social Dialogue in the human race and the formation of identity through this dialogue. According to this theory of George Herbert Mead, people communicate through symbols (language, gestures, signs) in interaction and, by giving meaning through these symbols, determine their place in social life. J.G.Mead explains the development process of personal 698 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 consciousness through his concepts of ‘I’ and ‘I’. J.G.This theory of mead is widely used in sociology and psychology in the analysis of human behavior. Keywords: social communication, symbolic interactionism, social consciousness, symbols, personality, Social Psychology, Sociology. Ramziy interaksionizm nazaryasi insonlarning o‘z tajribalarini va ijtimoiy o‘zaro aloqalarni ramziy simvollar orqali shakllantiradi. Bularga so‘zlar, mimikalar, harakatlar shu turdagi kommunikatsiya shakllari ijtimoiy guruhlarda ma‘no va qiymatlarni yaratadi. Ramziy interaksionizm ma‘lum darajada strukturaviy funksionalizmga qarshi turadi. Agar strukturaviy fimksionalizm vakillari sotsial jarayon strukturasidan odamlaming harakatlariga tomon yo‘nalgan bo‘lsa, ramziy interaksionizm tarafdorlari esa harakatdagi shaxsdan sotsial struktura tomon yo‘naladi. Shu tariqa, bu strukturaga sub'ektivistik qarash shakllanadi. Strukturaviy funksionalizmning nazariy yo‘nalganligidan farqli , ramziy interaksionizm asosan empirik yo‘nalgandir. Jorj Gerbert Mid (1863-1931) Massachusets shtatida tug‘ilgan. Garvard universitetini tugatgach va Germaniyada tajriba oshirgach, u Chikago universiteti professoriga aylanadi va u yerda 1931-yilga qadar o‘qituvchilik qiladi. Ko‘p vaqt davomida Mid faqat ikkinchi o‘rindagi ijtimoiy psixolog sifatida qabul qilindi; faqat 1950-yillaming oxiri — 1960-yillarning boshida u o‘ziga xos falsafiy-sotsiologik konsepsiya muallifi, tez orada esa — sotsiologiya va falsafaning mumtoz namoyandasi sifatida tan olindi. Bu ham uning o‘ziga xos ijodiy yondashuvi, ham asarlari taqdiri bilan izohlanadi. Mid hayotligida iste'dodli ma‘ruzachi va turli nashrlarda bosilgan ko‘plab maqolalar muallifi kabi tanilgan edi. U kitoblar chiqarmas va zamondoshlari aytganidek, o‘z ijodini juda past baholardi. Hatto u o‘zini haddan tashqari, patologik qobiliyatsiz, deb baholagani haqida gapirishad. Midning vafotidan so‘ng uning sobiq talabalari o‘z konspektlariga tayanib, maqolalar va ma’ruzalar matnlarini to‘plashdi va 1930-yillar mobaynida ulami to‘rt jildlik kitob ko‘rinishida nashr etishdi, va aynan ular Midga shuhrat keltirdi Mid to‘rtta asosiy o‘zaro aloqa bosqichlarini ajratib ko‘rsatdi: Impuls, his etish (persepsiya), manipulyasiya va iste'mol (konsummatsiya). Ular uyg‘un birlikni hosil qiladi. Tuban hayvonlar ham, odamlar ham harakat qiladi. Midni ular o ‘rtasidagi o‘xshashliklar va ayniqsa farqlanishlar qiziqtiradi. Ulami birma-bir qarab chiqamiz: Birinchi bosqich - impuls bosqichi bo‘lib, u «bevosita hissiy rag‘batni» va aktoming bu da’vatga reaksiyasini, bu borada biror ishni bajarish ehtiyojini o‘z ichiga oladi. 699 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 Harakatning ikkinchi bosqichi - his etish, aktor uning yordamida impuls bilan bog‘liq rag‘batlami izlaydi va ularga javob qaytaradi hamda uni qoniqtirishning qulay usullarini aniqlaydi. Uchinchi bosqich - manipulyasiya. Impuls aniqlangan, obyekt esa his etilganidan keyingi qadam shundaki, aktor obyekt bilan manipulyasiya qiladi yoki kengroq ma’noda, unga nisbatan ma’lum harakatlar bajaradi. Harakatning so'nggi bosqichi - iste'molni yoki boshlang‘ich impulsni qanoatlantiradigan harakatni amalga oshirishni nazarda tutadi, ya’ni boshqacha qilib aytganda obyektdan foyda olish va uni baholash jarayonidi. Mid doim ta’kidlaganidek, inson va insoniyatning sotsial dunyosi sotsial o‘zaro aloqalar jarayoni ta’sirida shakllanadi. Bunda "ramziy muhit" katta rol o'ynaydi. Midga ko‘ra, odamlar o‘rtasidagi muloqot maxsus vositalar - ramzlar yordamida amalga oshiriladi. Ishora va lilni u shu ramzlarga kiritadi. Insonni qurshagan ramziy muhit unga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi, chunki shaxs ongi va inson Meni shakllanishiga yordam beradi. Ishora - bu inson harakatining boshlang‘ich, tugallanmagan unsuridir. Ishora va unga javob go‘yoki ishora va uni qabul qiluvchi odam o‘rtasida "joylashadigan" mohiyat bilan ifodalanadi.1 J.G.Midning aasosiy nazariy g’oyalari quyidagicha: 1. “Men” va “Menlik” tushunchasi: Mid inson ongini ikki qismga bo‘ladi – “I” (faol, ichki men) va “Me” (ijtimoiy men). “Me” – bu jamiyatning shaxsga bo‘lgan ta’siri natijasida shakllangan “men”dir. “I” esa shaxsning mustaqil ravishda javob berish xususiyatidir.2 2. O‘zini anglash: Midga ko‘ra, inson o‘zini boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabat orqali anglaydi. Bu o‘zaro ta’sir jarayonida inson o‘zining ijtimoiy rolini tushunadi va

Доказательный фрагмент

«this article is an approach in which George Herbert Mead's theory of symbolic interactionism explains Social Dialogue in the human race and the formation of identity through this dialogue.»

Образец извлечения

Демо-превью

this article is an approach in which George Herbert Mead's theory of symbolic interactionism explains Social Dialogue in the human race and the formation of identity through this dialogue. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
social communication, symbolic interactionism, social consciousness, symbols, ijtimoiy psixologiya, ramziy interaksionizm, ramzlar, shaxs, ijtimoiy muloqat, sotsiologiya., ijtimoiy ong
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники