К содержанию
РецензированоUZ2025

HOJIB VA QOFIYA MUNOSABATI

SCIENCE SHINE · VA SOLISHTIRMA · Akbarova Mushtariy Abdurashid qizi · Ilmiy rahbarr:Prof. F.f.f Orzigul Hamroyeva

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

This article analyzes the views of Alisher Navoi and Abdurauf Fitrat on rhyme. Navoi highly valued rhyme as an artistic and aesthetic tool in poetry, emphasizing its harmony with meaning. Fitrat, on the other hand, approached rhyme from a pedagogical and practical perspective, playing an important role in teaching poetry composition to students. The article compares their approaches to rhyme, highlighting both theoretical differences and similarities. Additionally, it discusses the poetic and aesthetic functions of rhyme and its significance in Uzbek literature. Keywords: rhyme, Alisher Navoi, Abdurauf Fitrat, poetry, literary theory, poetic functions, Uzbek literature. Аннотация. В данной статье анализируются взгляды Алишера Навои и Абдурафа Фитрата на рифму. Навои высоко ценил рифму как художественное и эстетическое средство в поэзии, подчеркивая её гармонию с содержанием. Фитрат, в свою очередь, рассматривал рифму с педагогической и практической точки зрения, играя важную роль в обучении поэтическому искусству. В статье сравниваются подходы этих двух мыслителей к рифме, выделяются теоретические различия и сходства. Также рассматриваются поэтические и эстетические функции рифмы и её значение в узбекской литературе. 212 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 Ключевые слова: рифма, Алишер Навои, Абдураф Фитрат, поэзия, литературная теория, поэтические функции, узбекская литература. Mumtoz qofiya ilmi Sharq aadabiyotining ajralmas qismi bo‘lib, uning shakllanishi qadimgi arab, fors va turkiy adabiyotlar bilan uzviy bog‘liqdir. Qofiya nazariyasi dastlab arab adabiyotida shakllangan bo‘lsa, keyinchalik fors va turkiy adabiyotlarida o‘ziga xos rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tgan. Ushbu ilmning nazariy asoslari ko‘plab ilmiy manbalarda o‘z aksini topgan. Mumtoz qofiya qadimiy she’riyat an’analarining tarkibiy qismi sifatida shakllanib, uning rivojlanishi uzoq tarixiy jarayonni o‘z ichiga oladi. Ilmi bayon, ilmi maoniy, ilmi badi’ tarkibidagi shakl va mazmun mutanosibligi, ritm, ohangdoshlik, qofiya, nasrdagi she’riy shakl va unsurlar dastlab tilshunoslik bo‘limlarida o‘rganilgan bo‘lsa, keyichalik bu ilm shakllanib alohida ajralib chiqdi. Poetika va uning tarkibiy qismlari muayyan bir davrga kelib ma’lum vaziyat va sharoitlar asosida rivojlanib, takomillashib bordi. Qofiya ilmi nazariyasi asoslari badiiyat ilmiga oid kitoblarda dastlabki ilmiy qarashlar asnosida paydo bo‘la boshladi. Badiiylik va uning o‘ziga xosliklari, so‘z san’ati, she’r shakli va mazmuniga mos qofiya tanlay olish, she’rdagi mazmuniy muvozanatni saqlash kabilar nafaqat shoir balki olimlarning ham diqqat e’tiborida bo‘lgan. Mumtoz qofiya ilmiga oid dastlabki qarashlar sifatida she’r tuzilishi, uning tarkibi, she’rning shakliy xususiyatlari borasidagi umumiy ma’lumotlarni keltirish mumkin. Har bir xalq adabiyoti bevosita boshqa xalq adabiyotidan ta’sirlanib, rivojlanib, shu til imkoniyatlari orqali mukammallashib boradi. Sharq adabiyotida qofiya qadimdan muhim san’at vositasi sifatida ishlatilgan. O‘zbek mumtoz adabiyotida qofiya o‘zining yuksak badiiy ahamiyatini saqlab qolgan va she’rning tashqi shaklini o‘zgartirish orqali, uning ichki mazmunini ham boyitgan. Dastlabki davrda Fors va Arab adabiyotida qofiya asosan she’rning tashqi ko‘rinishi sifatida qabul qilingan. Adabiyotshunoslikda qofiya nazariyasi she’riyatning muhim unsurlaridan biri sifatida o‘rganilib keladi. Qofiya, eng avvalo, she’rning tashqi ko‘rinishiga, ohangiga va estetik ifodasiga xizmat qiluvchi vosita bo‘lsa-da, uning mazmun bilan uyg‘unligi, poetik funksiyasi va badiiy san’at darajasiga ko‘tarilishi turli davrlarda turlicha talqin qilingan. Ushbu maqolada o‘zbek adabiy tanqidiy tafakkurining ikki muhim vakili — Alisher Navoiy va Abdurauf Fitrat qarashlarida qofiya nazariyasi tahlil qilinadi va o‘zaro solishtiriladi. Navoiy o‘zining “Mezon ul-avzon” asarida qofiya, vazn, radif va bahr masalalarini keng nazariy asosda tahlil qiladi. Uning nazarida qofiya — nafaqat she’rning tashqi tuzilmasi, balki mazmunni kuchaytiruvchi, poetik ohangni 213 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 boyituvchi san’at vositasidir.21 Navoiy “Mezon ul avzon” asarida qofiyada raviyning ahamiyatli ekanini, raviy, odatda, harfdan tashkil topishi, ba’zida esa qofiyadagi ayrim kamchiliklar tufayli ham zarurat yuzasidan harakatlar ham raviy sifatida olinishini ta’kidlaydi. Beling-u zulfung xayolin sharh etarmen mo‘-bamo‘, Tashnadurmen la’linga to bordurur jonimda su. Ushbu baytda asosiy qofiya hisoblangan “mo‘-bamo‘ – su” ohangdosh so‘zlari tarkibidagi arabcha vov( ) harfi kamchilik tufayli zarurat uchun harakat hisoblansa- da, raviy sifatida qo‘llangan. Navoiy “Muhokamat ul lug‘atayn” asarida turkiy til ifoda imkoniyatlarini kengaytirish va qofiyalashtirishni qulaylashtirish maqsadida ba’zi harflarni bir-biriga sherik qilishlarini ta’kidlaydi. Navoiy qofiyani tanlashda nozik did, s

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the views of Alisher Navoi and Abdurauf Fitrat on rhyme.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the views of Alisher Navoi and Abdurauf Fitrat on rhyme. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rhyme, Alisher Navoi, Abdurauf Fitrat, poetry, literary theory, qofiya, Alisher Navoiy, Sakkokiy, zulqofiy, muvozanat san’ati., ichki qofiya, mahjub bayt, radif, forsiygo‘y risolalar, mumtoz poetika, hojib, aruz vazni
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти