К содержанию
РецензированоUZ2025

“TARIXI MULUKI AJAM” ASARIDA QISSA ELEMENTLARI

SCIENCE SHINE · Robiyaxon Sobitova Salohiddin qizi

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Adabiyot — xalq tafakkuri, ruhiy olami va estetik qarashlarining in'ikosi bo‘lib, uning taraqqiyoti davomida turli janr va shakllar paydo bo‘lgan. Jumladan, qissa janri o‘zining an’anaviy syujet qurilishi, obrazlar tizimi va badiiy tasvir vositalari bilan adabiy merosimizda alohida o‘rin egallaydi. Ayniqsa, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida ushbu janr elementlari o‘ziga xos badiiy mahorat bilan uyg‘unlashtirilgan. Ushbu maqolada Navoiyning “Tarixi muluki ajam” asarida uchraydigan qissa janriga oid unsurlar qanday ifoda topgani tahlil qilinadi va ularning badiiy-estetik ahamiyati yoritiladi. Annotatsiya: literatura — eto vospriyatie narodnoy mыsli, duxovnogo mira i esteticheskix vozzreniy, v xode razvitiya kotorыx voznikali razlichnыe janrы i formы. V chastnosti, janr rasskaza zanimaet osoboe mesto v nashem literaturnom nasledii s yego traditsionnыm postroeniem syujeta, sistemoy obrazov i sredstvami xudojestvennogo izobrajeniya. Osobenno v tvorchestve velikogo mыslitelya Alishera Navoi elementы etogo janra sochetayutsya s osobыm xudojestvennыm masterstvom. V etoy state budet proanalizirovano, kak vыrazilis elementы, otnosyaщiesya k janru rasskaza, vstrechayuщiesya v proizvedenii Navoi “Tarix Mulyki Adjam”, i osveщeno ix xudojestvenno-esteticheskoe znachenie. Annotation: Literature is a perception of folk thought, spiritual world and aesthetic views, during the development of which various genres and forms have appeared. In particular, the genre of short stories occupies a special place in our literary heritage with its traditional plot construction, a system of imaGES and means of artistic representation. Especially in the work of the great thinker Alisher Navoi, the elements of this genre are harmonized with a special artistic skill. This article analyzes how the elements of the narrative genre found in the work of Navoi “the property of history of a novice” found expression and highlights their artistic and aesthetic significance. Kalit so‘z: Adabiyot, qissa, janr, Navoiy, “Tarixi muluki ajam”, shohlar, ajam, fors, sulola, tarix. Klyuchevoe slovo: literatura, rasskaz, janr, Navoi, “Tarixi Mulyki Adjam”, koroli, Adjam, Persiya, dinastiya, istoriya. 433 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 Keyword: Literature, short story, genre, Navoi, “history property novice”, Kings, novice, Persian, dynasty, history. Adabiyot tarixida qissa janriga alohida e’tibor qaratilsa, uning ildizlari uzoq o‘tmishga aqalishini ko‘rishimiz mumkin. Qissa janri zamonaviy adabiyot mahsuli emas, u qadimdan xalq og‘zaki ijodining qissago‘ylik, qissachilik an’analari zamirida shakllanib kelgan. Farqli jihati shundaki, folklordagi qissalar voqeaband xarakterga ega bo‘lib, qahramon hayoti va boshdan o‘tkazgan kechinmalari hikoya qilingan rivoyaviy asar sifatida ko‘rilgan. Qissalar xalq og‘zaki ijodida dostonlar singari og‘zaki hikoya qilinib, variantlilik xususiyatiga ega bo‘lgan. Bular sirasiga xalqda afsona bo‘lgan Mashrab, Ibrohim Adham haqidagi qissalari misol bo‘la oladi. Keyinchalik bu an’ana yozma adabiyotda davom etib, qissa janri badiiy-falsafiy jihatdan yanada boyib bordi.73 O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, lirik turning nasrga qaraganda ko‘proq taraqqiy etganini ko‘rishimiz mumkin. Biroq, nasriy janrning elementlari boshqa turdagi asarlar zamirida, xususan, tarixiy mavzudagi asarlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, Hazrat Alisher Navoiyning “Tarixi muluki ajam”, “Tarixi anbiyo va hukamo” singari asarlari tarkibida qissa janrining shakllanish, rivojlanish jarayonlari namoyon bo‘lgan. “Tarixi muluki ajam” ni tadqiq etish jarayonida uning badiiyati, g’oyaviy- falsafiy xususiyatlarini to’g’ri baholay bilish uchun mif va afsonalar davri, darxiy shaxs va romantik obrazlar davri, shuningdek, hayotiy voqelikni nisbatan haqqoniy tasvirangan davr singari bosqichlarda o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ayniqsa, muallifning har bir hukmdor saltanati tarixidan so’ng sh’er bilan qissadan hissa chiqarishi, ya’ni nasr va nazmning sinkretik uyg’unlikda kelishi, bundan ko’zda tutilgan maqsad masalalarini ilmiy tekshirish ham yangicha ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishga turtki beradi. Shu tarzda”Tarixi muluki ajam “asariga adabiy-badiiy manba sifatida yondashishga asos bo’ladi.”74 Hazrat Navoiy fors shohlari tarixiga bag‘ishlab 1488-yilda “Tarixi muluki ajam” asarini yozadi. Shohlar tarixini bayon qilishda xalq afsonalari, islom manbalari, folklor namunalaridan, bir qator qissalardan mahorat bilan foydalanadi. Asar kompozitsion jihatdan 4 qismga ajratilgan bo‘lib, har bir qismda ma’lum sulola vakillari haqida ma’lumotlar berib o‘tadi. Har bir shohga ta’rif berilgandan so‘ng ijodkor tomonidan “she’r” deb nomlangan to‘rtliklar berib o‘tildi. Asarda nomi 73 https://phoenixpublication.net/index.php/TANQ/article/view/2947 74 Saidakbarova M. “Tarixi muluki ajam”asining hozirgi o’zbek adabiy tiliga tabdili.Farg’ona,2024.4-bet. 434 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL

Доказательный фрагмент

«Adabiyot — xalq tafakkuri, ruhiy olami va estetik qarashlarining in'ikosi bo‘lib, uning taraqqiyoti davomida turli janr va shakllar paydo bo‘lgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Adabiyot — xalq tafakkuri, ruhiy olami va estetik qarashlarining in'ikosi bo‘lib, uning taraqqiyoti davomida turli janr va shakllar paydo bo‘lgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Navoiy, “Tarixi muluki ajam”, Adabiyot, shohlar, qissa, sulola, tarix., janr, fors, ajam
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники