Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHDA O‘QITUVCHINING SHAXSIY SIFATLARI VA KASBIY KOMPETENSIYASINING O‘RNI
SCIENCE SHINE · Qo‘chqorova Sitora Otamurod qizi
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
в данной статье анализируются современные научные исследования в области инклюзивного образования, а также подходы к подготовке учителей к инклюзивному обучению. Особое внимание уделяется значению педагогических компетенций в системе образования при реализации инклюзивного обучения. Ключевые слова: инклюзивное образование, компетенция, личное качество, ребёнок с инвалидностью, педагогическая компетенция, особая потребность, интеграция, потребность в специальном образовании. Annotation: this article analyzes modern scientific research in the field of inclusive education, as well as approaches to preparing teachers for inclusive teaching. It highlights the importance of pedagogical competencies in the education system for the successful implementation of inclusive education. Keywords: inclusive education, competence, personal quality, child with a disability, teacher competence, special need, integration, need for special education. Bugungi ta’limga keng imkoniyatlar yaratib berilayotgan bir vaqtda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning ta’limga qamrab olinishi ham alohida dolzarb jarayon sifatida qaralmoqda. Nogironligi bo‘lgan bolalarning jamiyatdagi boshqa bolalar bilan birdek ta’lim olishi ularni jamiyatga integratsiyasining ilk qadamlari sifatida namoyon bo‘ladi. 396 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 Inklyuziv ta’lim—hamkorlikdagi ta’lim bo‘lib, butun jahon hamjamiyati tomonidan eng insonparvar va samarali ta’lim sifatida tan olingan. Inklyuziv ta’lim bu shunday ta’lim-tarbiya jarayoniki, unda jismoniy, ruhiy, aqliy va boshqa muammolaridan qat’iy nazar barcha bolalar umumiy tarzda, o‘z uyi va hududida, ehtiyojlariga mos barcha sharoitlar yaratilgan maktablarda, o‘z tengqurlari bilan birga ta’lim olishi demakdir.60 O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni”ning 20-moddasida: “Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi. Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”61.-deya ta’kidlangan. Inklyuziv ta’limni keng targ’ib qilinishi odatiy ta’lim sinflarida dars berayotgan o‘qituvchilardan bir qator qo‘shimcha ko‘nikma va kompetensiyalar talab qilayotgani ham bejiz emas. UNESCO (2001) tomonidan tayyorlangan “Inklyuziv ta’lim bo‘yicha ochiq fayl”da o‘qituvchilardan inklyuziv o‘quv dasturlari nuqtayi nazaridan bir qator talablar ko‘rsatilgan, jumladan: 1. O‘qituvchilarning mahalliy darajada o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishi; 2. O‘quv dasturlarini moslashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishi; 3. Sinfda turli faoliyatlarni boshqarish; 4. O‘quvchilarning o‘quv jarayonini qo‘llab-quvvatlash; 5. An’anaviy fan doirasidan tashqarida va madaniy jihatdan sezgir usullarda ishlash.62 Kompetensiya(lotincha:compete-erishyabman, munosibman, loyiqman)-u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba.63 O‘qituvchi o‘quvchilarning o‘z-o‘ziga bahosini oshirish uchun alohida e’tibor ko‘rsatishi kerak. O‘qituvchining yangi roli — maxsus ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan o‘quvchilarning o‘z-o‘zini qadrlash hissini mustahkamlashni o‘zining asosiy 60 Ibadullayeva Sh.N.,Nuriddinova M.O‘., “Inklyuziv ta’limning mohiyati”, Международный научный журнал «Научный импульс» № 5 (100), часть 1 Декабрь, 2022 61 O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g’risidagi Qonuni” // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son. 62 Kumar Pawan “Teachers Role in Inclusive Education”, 2019 JETIR June 2019, Volume 6, Issue 6 www.jetir.org (ISSN-2349-5162) 63 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_milliy_ensiklopediyasi 397 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025 maqsadi sifatida ko‘rishni o‘z ichiga oladi64, shuningdek, barcha bolalarda ham shu tamoyil amal qiladi, chunki o‘z-o‘zini qadrlash har qanday rivojlanishning asosiy omilidir. Bu holat o‘z vaqtida “ongning immunitet tizimi” sifatida ta’riflangan.65 Inklyuziv ta’limga jalb qilingan o‘qituvchi quyidagi yettita asosiy kompetensiyalarni o‘zida jamlagan bo‘lishi lozim: 1. Kasbiy bilim; 2. Sinfni boshqarish; 3. Hamkorlik; 4. Baholash va tahlil; 5. Ta’limiy (o‘qitish) uslublari; 6. Individual va moslashtirilgan o‘qitish; 7. Yordamchi texnologiyalar. Inklyuziv ta’lim yondashuvi orqali o‘qituvchilar quyidagi jihatlar bo‘yicha foyda oladilar: Inklyuziv ta’limni rivojlantirishda o‘qituvchining shaxsiy sifatlari quyidagicha bo‘ladi: 64 Dellasoudas, L. (2005). School integration of students with special educational needs: from theory to practice: current trends in general education, vocational education and training, the status of spec
Доказательный фрагмент
«в данной статье анализируются современные научные исследования в области инклюзивного образования, а также подходы к подготовке учителей к инклюзивному обучению.»
Образец извлечения
Демо-превьюв данной статье анализируются современные научные исследования в области инклюзивного образования, а также подходы к подготовке учителей к инклюзивному обучению. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- inclusive education, competence, personal quality, child with a, alohida ta’limga ehtiyoj., shaxsiy sifat, pedagog kompetensiyasi, maxsus ehtiyoj, nogironligi bo‘lgan bola, kompetensiya, inklyuziv ta’lim, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026