К содержанию
РецензированоUZ2023

YANGI O‘ZBEKISTONNI BARPO ETISH YO‘LIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR

Inatullayeva Intizor Jamshid qizi · Sirliboyeva G.

Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2023

Аннотация

Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, mazmun-mohiyati hamda ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda “Taraqqiyot strategiyasi”, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi va Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘rni haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Yangi O‘zbekiston, islohotlar, Yangi tahrirdagi Konstitutsiya, referendum, Taraqqiyot strategiyasi, O‘zbekiston-2030 strategiyasi, adolatli jamiyat, inson qadri, mahalla instituti, Ombudsman. Kirish: Bugungi kunda mamlakatimiz yangi davr sari dadil qadam tashlamoqda. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko‘plab jadal islohotlar olib borilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan so‘nggi yillarda yurtimizda boshlangan islohotlar “Yangi O‘zbekiston” tushunchasi bilan ifodalanmoqda. Islohotlar davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va sud-huquq tizimlarida tizimli tarzda amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng-ko‘lamli islohotlar bevosita xalq manfaatlariga qaratilgan. “Yangi O‘zbekiston”ni barpo etishdan asosiy maqsad – xalqimiz farovonligini ta’minlash, adolatli jamiyat qurish va har bir fuqaroga munosib shart-sharoitlarni yaratishdan iboratdir. Asosiy qism: Yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O‘zbekistonni barpo etishning konstitutsiyaviy asoslarini mustahlab berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 2023-yil 30-aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha Referendum o‘tkazildi. Referendumda qatnashgan fuqarolarning 90,21 foizi yangi tahrirdagi Konstitutsiyani yoqlab ovoz berdi [2]. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida “Inson qadri uchun” tamoyili ustuvor ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Bosh Qomusimizning 26-moddasida: “Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas. Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas”. deb belgilab qo‘yilgan [1]. Konstitutsiyaning yangi tahririda ta’lim, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, gender tengligi haqida va yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari borasida keng imkoniyatlar belgilangan. Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida Bosh qomusimiz asosiy huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar tizimli va uzoq muddatli strategiyaga asoslangan holda olib borilmoqda. 2022-yilda qabul qilingan “Taraqqiyot strategiyasi” — bu faqat hujjat emas, balki amalda Yangi Oʻzbekiston sari olib borayotgan ishonchli va qatʼiy yoʻldir. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda 33 uni amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari shunday degan edi: “Inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlashni nazarda tutamiz. Inson qadri deganda, biz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishni, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya tizimi, sog‘lom ekologik muhit yaratib berishni tushunamiz. Bu maqsadga erishish uchun esa dunyodagi noyob demokratik tuzilma bo‘lgan mahalla instituti imkoniyatlaridan samarali foydalanish, uning vakolatlarini yanada kengaytirish, pirovard natijada mahallani jamiyatimizning hal qiluvchi bo‘g‘iniǵa aylantirish vazifasini o‘z oldimizga qo‘ymoqdamiz. Mahalla tinch bo‘lsa, yurt tinch bo‘ladi. Mahalla obod bo‘lsa, butun mamlakat obod bo‘ladi” [3]. Taraqqiyot strategiyasi Yangi Oʻzbekiston gʻoyasining asosiy yoʻnalishlarini belgilab berar ekan, eng avvalo inson qadri, uning huquq va erkinliklarini taʼminlashni bosh maqsad qilib olgan. Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot yoʻlida muhim bosqichlardan biri boʻlgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi davlatimiz tomonidan olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ochiqlik siyosati va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy harakatlarning uzviy davomi hisoblanadi. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar aks ettirilgan: barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish; aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish; aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish; xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish; mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash. [4] Shubhasiz, “O‘zbekiston-2030” strategiyasini

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, mazmun-mohiyati hamda ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, mazmun-mohiyati hamda ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ombudsman., O‘zbekiston-2030 strategiyasi, Taraqqiyot strategiyasi, adolatli jamiyat, islohotlar, Yangi O‘zbekiston, inson qadri, mahalla instituti, referendum, Yangi tahrirdagi Konstitutsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники