К содержанию
РецензированоEN2026

QURILISH MATERIALLARI SANOATIDA INNOVATSION KLASTERLAR SAMARADORLIGI

Yuldasheva Kamola Miraliyevna

Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026

Аннотация

The importance of clusters in the innovative management of construction material production enterprises, organization algorithm and specific features of network innovation clusters are considered in the article. The economic efficiency of the cluster was evaluated. Key words: innovation, innovative process, management, cluster, innovative industrial cluster, production of building materials. Zamonaviy raqamlashtirish sharoitida mamlakatimizda qurilish sohasini va qurilish materiallari ishlab chiqarish kompleksini yanada rivojlantirish, hududlarda aholi uchun arzon uy-joylar qurilishini taʼminlash, uy-joy qurilishi bozorida talab va taklif nomutanosibligini qisqartirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun sohada faoliyat olib borayotgan korxonalarda xorij tajribasi asosida mahalliy sharoitni hisobga olgan holda innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, istiqbolli loyihalarni joriy etishi moliyalashtirish masalalari hal qilinishi kerak boʼlgan dolzarb muammolarga aylangan. Milliy iqtisodiyotning real sektorini iqtisodiy rivojlantirish maqsadida korxonalar, davlat organlari, fan va ta’lim manfaatlarini yagona bir butunlikka bog‘lash imkonini beruvchi klasterli yondashuv qo‘llaniladi. Shu bilan birga, korxonalar innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish doirasida raqobatbardoshlikni ta’minlash, sotish geografiyasini kengaytirish, ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish, yangi talabgir ish o‘rinlarini yaratish, moliyaviy, mehnat va moddiy resurslarni olish kabi imkoniyatlarga ega bo’ladi. Ushbu yondashuv o'ziga xos xususiyatlari, xususiyatlari va rivojlanish xususiyatlariga ega bo'lgan mustaqil tizim sifatida emas, balki hozirgi vaqtda qurilish klasterining elementlaridan biri sifatida qaraladigan qurilish materiallari sanoatida ham qo'llanilishi mumkin. Bugungi kungacha iqtisodiyot tarmoqlarini innovatsion klaster asosida rivojlantirish muammosi bo'yicha muhim nazariy va uslubiy asoslarni yaratish ustida bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. Klasterlarda innovatsion faoliyat jarayonlari, klaster ichidagi o‘zaro hamkorlik masalalari, klister loyihalarni tashkil etish, ularni strategik rivojlantirish masalalari o‘rganildi, shu bilan birga qurilish materiallari sanoati korxonalarini klaster rivojlanishining ayrim masalalari, xususan, qurilish materiallari sanoati klasterlarini yaratish modellari va mexanizmlarini shakllantirish, ularning faoliyati va rivojlanishi samaradorligini baholashga yondashuvlarni ilmiy tadqiqot qilish taqozo etiladi. Raqobatbardosh tarmoqlarni tanlashga muvofiq innovatsion sanoat klasterlarni shakllantirish mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirishning yangi strategiyasini ishlab chiqishni talab qiladi, uning me’yoriy-huquqiy bazasini ishlab chiqish yangi raqobatbardosh ishlab chiqarish va korxonalarni – yuqori texnologiyali tarmoqlar va xizmatlarni shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilishi lozim, bu esa mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi. 41 Turli tadqiqotlarni tahlil qilish natijasida sanoat klasterlariga xos xususiyatlarning quyidagi ro'yxatidan foydalanishni taklif qilamiz: fazoviy mezon; funktsional mezon; xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ko'pligi; umumiy axborot maydoni; ijtimoiy yo'nalish; nostandart hayot aylanishi; innovatsiyalar, ishbilarmonlik obro'si. Jahonning eng ilg’or mamlakatlarida klasterlar faoliyatini tashkil etish, samaradorligini oshirish, iqtisodiy munosabatlarning nazariy va uslubiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’kidlash kerakki, bu boradagi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qurilish materiallari sanoati samaradorligini oshirish, sohani rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolar yechimini ilmiy asoslash, klasterlar faoliyatini samarali tashkil etishda ular hamkorlik qiluvchi boshqa xo‘jalik yuritish subyektlari bilan klasterlar faoliyatini mos tashkil etishga e’tibor qaratilmoqda. Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish istiqbollari va soha innovatsion klasterini yaratish nuqtayi nazaridan eng istiqbolli hududlardan biri Toshkent viloyatidir. U O‘zbekistonning eng investitsion jozibador hududlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonning mazkur viloyatida qurilish materiallari innovatsion sanoat klasterining tashkil etilishi ham sanoat salohiyati bo‘yicha Toshkent viloyatining hududlar orasida 3-o‘rinni egallab, O‘zbekistonda sanoat yuksalishining yetakchilaridan biri bo‘lgani bilan bog‘liq. Toshkent viloyatida qurilish materiallari innovatsion klasterini tashkil etishning afzalliklari quyidagilardan iborat: - poytaxtga yaqin, tobora kuchayib borayotgan anglomeratsiya ta’siri; - mintaqani eng yirik sanoat va transport markazi sifatida belgilovchi qulay transport tizimi, transport-logistika markazining joylashuvi; - aholi zich joylashgan hududligi tufayli mehnat salohiyati va iste’mol bozori hajmining ahamiyatini oshirish omili mavjudligi; - inson kapitalining salohiyati, ularning malakasini muntazam oshi

Доказательный фрагмент

«The importance of clusters in the innovative management of construction material production enterprises, organization algorithm and specific features of network innovation clusters are considered in the article.»

Образец извлечения

Демо-превью

The importance of clusters in the innovative management of construction material production enterprises, organization algorithm and specific features of network innovation clusters are considered in the article. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovation, innovative process, management, cluster, innovative industrial, production of building materials., innovative industrial cluster
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти