К содержанию
РецензированоUZ2026

AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK TARJIMONNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI

KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI · Mamarajabov Botir Baxodir o‘g‘li

Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026

Аннотация

The content of developing the professional competence of a future translator based on the acmeological approach is highlighted. An analysis of approaches to developing the professional competence of a future translator based on the acmeological approach is carried out. Keywords: Acmeological approach, future translators, professional competence, integral quality, important professional qualities, competence, competence, professional competence, knowledge, skills, abilities, approaches Dunyodagi ilmiy tadqiqot tashkilotlarida bo‘lajak tarjimonlarining kasbiy muloqat kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligini oshirish, ta’lim jarayonini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida loyihalashtirish, kasbiy tarjima tayyorgarligini maxsus maqsadlar uchun akmeologik yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv jarayonida lingomadaniyatshunoslik va madaniyatlararo kommunikativ sifatlarni va til kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar amalga oshrilmoqda.Bo‘lajak tarjimonlarga chet tilini o‘qitish va kasbga tayyorlash infrostrukturasining kasbiy faoliyatiga alohidor parametrlar doirasida rivojlantirish ta’lim sifatini xalqaro darajaga ko‘tarish, xorijiy til ko‘nikmalarini rivojlanish darajasini diagnostikasini amalga oshirish, modulli ta’limni yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy kommunikativlikni faollashtirish, tarjimonlar professionalligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarga aloxida e’tibor berilmoqda. Hozirgi dunyoda kechayotgan integratsiya jarayonlari, xalqaro hamkorlik sohalari kengayishi tubdan yangi, ko‘pqirrali ijtimoiy-madaniy makonni shakllanishiga olib kelmoqda. Bu sharoitda barcha sohalarda madaniyatlararo kommunikatsiyani ta’minlash birinchi darajali masalaga aylanmoqda va bu va bu masalani professional darajada chet tillarni egallagan mutaxassis- tarjimonlarsiz hal etish mumkin emas. Shu munosabat hozirgi vaqtda akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak tarjimonlarni tayyorlash masalalari alohida dolzarb bo‘lib qolmoqda. Respublikamizda so‘nggi yillarda bo‘lajak tarjimonlarini tayyorlash jarayonini xalqaro malaka talablari asosida tashkil etish, ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan lingvomadiniyatshunoslik yondashuvi asosida xorijiy tillarda erkin muloqot qila oladigan mutaxassislar tayyorlash, jaxon sivilizatsiyasi yutuqlaridan keng foydalanishning me’yoriy asoslari yaratilmoqda va moddiy-texnik bazasi boyitilmoqda. “Xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish va ta’lim sifatini baholash asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyati sifati va samaradorligini oshirish” ustuvor vazifa etib belgilandi. Natijada, oliy ta’lim muassasalarida tillarning fanlarga integrallashtirilgan holda o‘rgatish imkoniyati kengaytirildi. 8 Faoliyatli yondashuvi nuqtai nazaridan kasbiy kompetentlik faoliyatda doimo namoyon bo‘ladi. E. Giddens, P. Burde, P. Shtompka, V.A. Yadov, T.P. Zaslavskaya e’tiroficha, sub’ektning faoliyati va faolligi jamiyat va shaxsni rivojlantirishga rag‘bat bo‘ladi.Biroq, faoliyatli yondashuv odamni vizual qabul qilinadigan harakatlardan tashqarida turadigan hamma narsani ko‘rishga imkon bermaydi. Shu sababli, ba’zi olimlar bu murakkab hodisaga bir vaqtning o‘zida bir nechta fanlarning imkoniyatlaridan foydalanib yondashadilar. Masalan, sinergetik yondashuv vakillari G. Xaken, I. Prigojin, Yu. Lotman, S.P. Kapitsa, S.P. Kurdyumov, G.G. Malinetskiy kasbiy kompetentlikni shaxsning umumlashtirilgan va chuqur shakllangan fazilatlari, uning olgan bilimlaridan universal foydalanish va qo‘llash qobiliyati hamda kasbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida ko‘nikmalar sifatida aniqlaydilar[4]. Tizimli yondashuv nuqtai nazaridan L. Amirova, 3. Bagishayev kasbiy kompetentlikda o‘z negizida shaxsiy faollikka ega bo‘lgan kasbiy ishbilarmonlik, shaxsning moslashuvchanligiga asoslangan kasbiy egiluvchanlik, psixologik poydevori ijodiy faoliyat ko‘rsatish qobiliyati bo‘lgan kasbiy innovatorlik bilan bir qatorda kasbiy mobillik ham ajratadilar[1]. Kompetentli yondashuv doirasida V.A. Bolotov, J.L. Piter, J. Raven, V.V. Serikov, A.V. Xutoskoy kasbiy kompetentlikni shaxsning bilim, malaka, qobiliyatlari va uni shakllanayotgan vaziyatda harakat qilish va yuqori darajadagi noaniqlikka ega bo‘lgan kasbiy vazifalarni hal etishga tayyorgarligi birligi hamda mehnatning sifatliroq natijasiga erishish qobiliyati va tayyorligi, kasbga qadriyat sifatida munosabat deb tushunishni taklif etadilar.J. Raven kasbiy kompetentlik deganda nafaqat bevosita amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlarni, balki insonning dunyoqarashini, uning tabiat, jamiyat va odamlar haqidagi umumiy g‘oyalarini ham tushungan [3]. Turli olimlarning tahlil qilingan nuqtai nazarlarini umumlashtirib, quyidagi xulosa qilish mumkin: kasbiy kompetentlik muayyan sohalarda umumlashtirilgan malaka va bilimlar bilan uyg‘unlashgan holda faoliyat ko‘rsatish xususiyatiga ega; aniq kasbiy vaziyatda o‘zini adekvat baholashdan kelib chiqqan holda, shaxsni tanlashni amalga oshirish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Kompetentli mutaxassis kelajakka intiladi, o‘zgaris

Доказательный фрагмент

«The content of developing the professional competence of a future translator based on the acmeological approach is highlighted.»

Образец извлечения

Демо-превью

The content of developing the professional competence of a future translator based on the acmeological approach is highlighted. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Acmeological approach, future translators, professional competence, qobiliyatlar, yondashuvlari, Akmeologik yondashuv, ko‘nikmalar, kasbiy kompetentlik, bilim, integral sifat, bo‘lajak tarjimonlar, kompetentlik, kompetensiya, malaka, kasbiy muhim xislatlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники