Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INQIROZLI OILAGA PSIXOLOGIK KO'MAK BERISH YO'LLARI
Maxmudov Salimjon Uralovich · Ataboyeva Shaxnoza Kulibayevna
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 4 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada inqirozli oilalarga psixologik ko‘mak berishning samarali yo‘llari yoritilgan. Oilaviy inqiroz sabablari, psixologik belgilar va ularni bartaraf etish strategiyalari haqida aniq ma'lumotlar beriladi. Muallif psixologik suhbat, oilaviy terapiya, stressni boshqarish va resurslarni aniqlash texnikalariga e'tibor qaratadi. Maqola real hayotiy misollar asosida inqirozli vaziyatlarda qanday yondashuvlar natija berishini ko‘rsatib beradi va amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan. Material psixologlar, ijtimoiy ishchilar hamda oilaviy muammolarni chuqurroq tushunishni istaganlar uchun mo‘ljallangan. Kalit so‘zi: Psixologik yordam, oilaviy inqiroz,stressni boshqarish, oilaviy terapiya, psixologik suhbat, emotsional qo‘llab-quvvatlash, resurslarga asoslangan yondashuv, oila tizimi, rollar va chegaralar, oilaviy konfliktlar, muammolarni hal qilish, oila moslashuvi, shaxslararo munosabatlarva oila barqarorligi. Kirish: Inson hayotida oila eng muhim ijtimoiy institutlardan biri bo‘lib, uning barqarorligi jamiyatning umumiy farovonligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Biroq hayot sharoitlari, iqtisodiy, psixologik va ijtimoiy omillar ta’sirida ba’zi oilalar inqiroz holatiga tushib qolishi mumkin. Inqirozli oilalarda nizolar, emotsional beqarorlik, stress va tarbiya muammolari ko‘payadi. Bunday vaziyatda psixologik ko‘mak nafaqat oilaning ichki munosabatlarini yaxshilash, balki uning barqarorligini saqlab qolishda ham muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada inqirozli oilalarga samarali psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy tamoyillari, amaliy usullari va natijador strategiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, real hayotiy misollar asosida yordam ko‘rsatishning dolzarb yo‘llari ko‘rib chiqiladi . Oila — inson hayotining tayanch ijtimoiy instituti sifatida shaxs kamoloti va jamiyat barqarorligining negizini tashkil etadi. Oila a'zolari o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘ri rivojlanmaganda esa, oilaviy inqirozlar yuzaga keladi. Zamonaviy psixologiya fanida inqirozli oilalarni aniqlash, ularning muammolarini tushunish va samarali psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘plab nazariyalar va amaliy usullar ishlab chiqilgan 1. Inqirozli oilalarning shakllanishi va ularning xususiyatlari-Oilaviy inqiroz tushunchasini dastlabki bor psixoanalitiklar, xususan, Z. Freyd va uning izdoshlari oiladagi ichki ziddiyatlar va emotsional muammolar bilan izohlaganlar. Freydning fikricha, oila a’zolari o‘rtasidagi ichki konfliklar, o‘zaro qoniqarsiz ehtiyojlar va repressiya natijasida oilada muammolar yuzaga keladi. K. Levin esa oila tizimini o‘zaro ta’sir qiluvchi kuchlar maydoni sifatida tasvirlab, oiladagi barqarorlik va inqiroz dinamikasini "kuchlar maydoni nazariyasi" orqali izohlagan. Levinning ta’kidlashicha, oiladagi ichki va tashqi kuchlar muvozanatida buzilish yuzaga kelsa, inqiroz paydo bo‘ladi. So‘nggi yillarda A. Cherlin, J. Hill va R. McCubbin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar oilaviy stress va moslashuv mexanizmlari (family stress and adaptation) nazariyasini 1 Yusupova, M. (2018). Oila psixologiyasi asoslari. Toshkent: fan va texnologiya. 142 rivojlantirdi. Bu nazariyaga ko‘ra, oilalar turli hayotiy sinovlar (ishdan ayrilish, kasallik, migratsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar) oldida o‘zlarining ichki va tashqi resurslari yordamida moslashishga intiladi. Agar resurslar yetarli bo‘lmasa yoki yordam tizimlari zaif bo‘lsa, oilada inqiroz kuchayadi. Inqirozli oilalarning asosiy belgilari - Tadqiqotlarga ko‘ra (Olson, Russell, Sprenkle, 1989), inqirozli oilalarni quyidagi xususiyatlar ajratib turadi: Emotsional beqarorlik: A’zolar o‘rtasida doimiy ziddiyat va salbiy hissiy munosabatlar ustunlik qiladi. Kommunikatsiya muammolari: Muloqot qiyinlashadi, to‘g‘ri va samimiy fikr almashish susayadi. Rol va vazifalarning buzilishi: Oiladagi an’anaviy rollar (masalan, ota sifatida qo‘llab- quvvatlovchi yoki ona sifatida tarbiyachi) o‘z funksiyalarini yo‘qotadi. Muammolarni birgalikda hal qila olmaslik: Oila a’zolari individual tarzda muammolarga yechim izlaydi, lekin birgalikda harakat qila olmaydi. Inqirozli oilalarga psixologik yordamning nazariy asoslari - Psixologik ko‘mak ko‘rsatishda K. Rojersning shaxs markazli terapiya yondashuvi muhim ahamiyatga ega. Rojers (1951) insonning o‘z-o‘zini rivojlantirish salohiyatiga ega ekanligini va qabul qiluvchi, empatik muhit mavjud bo‘lsa, insonlar va oila tizimlari o‘z-o‘zidan sog‘lom holatga intilishini ta’kidlaydi. Boven oilaviy tizim nazariyasida oila a’zolarining o‘zaro bog‘liqligiga e'tibor qaratadi. Boven (1978) fikricha, oilaviy inqirozlarni hal qilish uchun shaxslar o‘z emotsional avtonomiyasini kuchaytirishi va oilaviy tizimda haddan tashqari hissiy reaktivlikdan qochishi kerak. Minuchin (1974) esa strukturaviy oilaviy terapiya orqali inqirozli oilalardagi chegaralarning (boundary) buzilishi muammosiga e'tibor qaratadi. U oilada sog‘lom chegaralar va rollarni tiklash orqali inqirozdan chiqishga erishish mumkinligini isbotlagan. Amaliy yondashuvlar va samarali metodlar 1. Psixologik s
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada inqirozli oilalarga psixologik ko‘mak berishning samarali yo‘llari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada inqirozli oilalarga psixologik ko‘mak berishning samarali yo‘llari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- emotsional qo‘llab-quvvatlash, muammolarni hal qilish, oila tizimi, shaxslararo munosabatlarva oila barqarorligi., rollar va chegaralar, psixologik suhbat, oila moslashuvi, resurslarga asoslangan yondashuv, Psixologik yordam, oilaviy terapiya, oilaviy konfliktlar, stressni boshqarish, oilaviy inqiroz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025